Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#Islohotlar
#Jarayon

“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘lib, alyumin qadoq ishlab chiqarish, salqin ichimliklar quyish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda sanoatlashtirish siyosati yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘ziga xos ishlab chiqarish quvvati va xalqaro texnologik standartlar asosidagi iqtisodiy o‘sish modeli shakllandi.
“Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi davlatimiz rahbarining 2024-yil 20-martdagi tegishli qaroriga asosan tashkil etilgan. U zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi, qulay logistika imkoniyatlari va investorlar uchun yaratilgan keng imtiyozlari bilan ajralib turadi. Batafsil

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
#Startap
#Uchrashuv

Kecha 15-oktabr kuni Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti dekani Abdullayev Temurbek Marufjonovich hamda Startup markazi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalar uchun startap yo‘nalishidagi imkoniyatlar, innovatsion loyihalar va ularni amalga oshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur muloqot talabalarda yangi g‘oyalar yaratish, jamoada ishlash va amaliy tajriba orttirish motivatsiyasini oshirdi.

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
8👍1
#Xalqaro_ilmiy_amaliy_konferensiya

Turkiy davlatlar tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamkorligida tashkil etildi. Batafsil

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dual_taʼlim
#Jarayon
#Amaliyot

DUAL TA'LIM TIZIMI AMALDA

Fargona davlat texnika universitetida "tarmoq-oliygoh-korxona" tamoyili asosida ko'plab amaliy ishlar bajarilmoqda.  Ana shulardan biri, Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti Yengil sanoat muhandisligi kafedrasining 4-bosqich 88-22 guruh talabalari dual ta’lim dasturini tashkil etish maqsadida Toshloq tumani erkin iqtisodiy zonasida joylashgan "Amira Textile" korxonasida bo'lishdi. Korxonada talabalar eng so'nggi model namunalarini o'rganishmoqda.


"Yengil sanoat muhandisligi" kafedrasining assistenti M.M.Raxmonova boshchiligida 88-22 YSBKIT guruh talabalari "Amira Textile MCHJ" korxonasi ning faoliyati,  texnologik jarayonlari hamda jihozlari bilan yaqindan tanishib, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlarni korxona mutaxassislari ishtirokida amaliy tarzda olib borishdi.
Talabalar bu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaga oid bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlashdi.

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
👍3
#Eʼlon

🎓 Xalqaro grant imkoniyati!

Farg‘ona davlat texnika universiteti o‘qituvchi va ilmiy xodimlari uchun ajoyib yangilik!
Universitetimiz Lund Universiteti (Shvetsiya) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
“MOCCA: Multilevel Orders of Corruption in Central Asia” xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda.

🇪🇺 Ushbu loyiha Yevropa Komissiyasining HORIZON-MSCA-2021-SE-01 dasturi doirasida moliyalashtiriladi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida korrupsiya muammosini ilmiy jihatdan o‘rganishga qaratilgan.
💼 Loyiha doirasida FDTU xodimlari uchun 20 tagacha grant o‘rni mavjud!

Imkoniyatlar:
Xorijda ilmiy faoliyat (staff exchange / visiting researcher)
Barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi ✈️🏨
Oylik 2300 yevro stipendiya 💶
Xalqaro tajriba

📌 Jami o‘rinlar soni: 20 tagacha
📆 Ariza topshirish tartibi va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
✉️ FDTU: Xalqaro Loyihalar ofisi (batafsil malumot ilova qilindi)
📞 Ravshanbek Abdurahimov (Loyiha kordinatori)
Batafsil

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
👍21
#Dual_taʼlim
#Jarayon

Farg'ona davlat texnika universiteti “Energetika muhandisligi” fakulteti 4-bosqich talabalari uchun dual taʻlim dasturi asosida oʻtkazilayotgan ishlab chiqarish darslarining keyingi manzili “Sirdaryo-So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida boʻldi.

“Elektr muhandisligi” kafedrasi assistenti B.K. Xaliljonov tomonidan talabalarga tashkil etilgan mashgʻulotlar nasos stansiyalarida nazariy bilimlariga qo’shimcha ravishda tashkil qilindi. Bu yerda talabalar “Sirdaryo-So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi ishlab chiqarish va texnika bo'limi katta muhandis-mexanigi F.X. Buribekov bilan suhbat oʻtkazishdi. Mashg‘ulot davomida talabalar nasos agregatida qo'llaniladigan elektr dvigatellar va nasos stansiyalarida foydalaniladigan yangi turdagi transformatorlar haqida batafsil maʼlumot olishdi.

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
2👍2🔥2👏1
#FDTU
#Mehr_ulashamiz

Mehr — insonning eng buyuk fazilati

Farg‘ona davlat texnika universiteti Kimyo texnologiya fakulteti tyutori Firdavs Boyqo‘ziyevga biriktirilgan faol talabalar hamda fakultet koordinatori Zikirillo Tojimatov tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida talabalar markazdagi keksalar holidan xabar olishdi, ular bilan suhbatlashishdi, iliq so‘zlar, samimiy tabassumlar va mehr ulashishdi.
Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat mehr-oqibatni, balki insoniylik, g‘amxo‘rlik va hamjihatlik qadriyatlarini yanada mustahkamlaydi.

Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
8🔥5
2025/10/17 00:45:18
Back to Top
HTML Embed Code: