Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Dasturchilarning kelajagi qanaqa? Ishsiz qolasizmi?
Yohud “Layofflar, ChatGPT va boshqalar haqida”
Katta katta korxonalar minglab ishchilarini haydab yuborishyapti. Undan tashqari ChatGPT va boshqa AI loyihalar shiddat bilan rivojlanmoqda. Huddi 3-4 yil ichida dasturchilarga talab qolmaydigandek. Keling shu haqida ozgina fikrlashamiz.
Amazon bu yili 27000 ishchisini ishdan ketqizdi. Meta o’tgan yili Noyabrda 11 mingtani ketqizgan, yaqinda yana 10 mingtani. Google 12mingta ishchisini ketqizgan. Bu raqamlar kichik raqamlar emas. Ahvol qo’rqinchiliga o’xshaydi. Rostdan shundaymi? Bunga nima sabab? Menimcha buning sababi 2ta:
- Covid
- Dunyodagi makroekonomik xolat (Ukrainadagi urush)
Covid boshlanganda odamlar asosan uyda vaqtlarini sarflashni boshlashdi va internet hizmatlariga bo’lgan talab kutilmaganda juda katta tezlikda o’sishni boshladi. Talab ko’paydi degani ish ko’paydi degani. Shu talabni qoniqtirish uchun yani ko’proq pul topish uchun kompaniyalar ham kutilgandan ancha ko’proq ishchilarni tezroq ishga olishni boshlashdi. Masalan Amazon 2021da 310000ta ishchi, 2020da esa yarim million ishchi olgan. 2021 ohirida Amazonda 1.6 million ishchi bo’lgan, ularning 300000tasi ofis ishchilari (dasturchilar va hokazo).
Hozirgi kunda esa Covid chegarali 100% olib tashlangan. Natijada odamlar uyda kamroq vaqt sarflashyapti va internet xizmatlaridan kamroq foydalanishyapti. U degani kompaniyalar xizmatlariga talab kamaygan. Uning ustiga Ukraindagi urush dunyodagi makroekonomik xolatga ancha tasir o’tkazyapti. Natijada kompaniyalarda foyda kutilgandan ancha kamaygan. Shuning uchun ham eng katta harajatlardan biri bo’lgan ishchilarni ketkazib yuborishyapti.
Bundan 2ta xuloasa qilish mumkin. Ohirgi yilni emas, ohirgi 2-3 yilni oladigan bo’lsak kompaniyalar yaxshigina o’sgan, pasaymagan. Qachondir dunyodagi holat sal yaxshilanishni boshlaganda bu kompaniyalar yana ishchi olishda va yanada ko’proq o’sishda davom etadi. Agar dunyoda holat yaxshilanmasa nafaqat dasturchilar, nafaqat bu kompaniyalar, boshqa kompaniyalar ham, boshqa ishchilar ham qiynalishadi.
ChatGPT va dasturchilarning ishsiz qolishiga keladigan bo’lsak. Mening bu sohada bilimim kam, shuning uchun tajribaliroq tanishlardan so’rab ko’rdim. Bir hamkasbimda Zurichning ETH universitetida (Einstein o’qigan) Machine Learning bilan shug’illanidagn PhD o’rtog’i bor ekan. Uning aytishi bo’yicha hozirgi modellar “dogshit” emish, yani yumshoq qilib aytadigan bo’lsak “ishga uncha yaramaydi”. Dasturlash kontekstida berayotgan javoblari juda ham noaniq. Ayniqsa savollar qiyinlashgan sari. Hali uni qiyin sistemalar quradigan darajaga olib kelish uchun ko’p vaqt va ish kerak ekan. Bu vaqtlar kelgan taqdirda ham dasturchilarga talab kamaymaydi. Dasturchilar uchun bu AI sistemalar yordamchi bo’ladi. Dasturchilar ishsiz qolmaydi, ular qilayotgan ishlar o’zgaradi.
@jakhonrakhmonov

👍9🔥1
Rizqim.uz
[Yangilik] Senior dasturchi tomonidan Android + Flutter Bootcamp kursi Sizni ishga kirishingizga sabab bo'ladigan va siz kutgan formatdagi Android + Flutter kursi uchun qabul boshlandi. Eng asosiysi, darslar "0" dan boshlanib bu darslarni barchasini Senior…
Bugun onlayn kursimizni 1-darsini boshlaymiz. Kursga qatnashmoqchi bo'lsangiz hali ham imkoniyat bor, @fulfiledu ga murojaat qiling
➖ @flutter_uzbek➖
➖ @flutter_uzbek➖
👍3🔥2
Forwarded from IT Park Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi tarixiga kirmoqchimisiz? Startap yaratish va bu haqda butun mamlakatga aytishni istaysizmi? Sizda gʻoya bor, lekin uni amalga oshirishga mablag'ingiz yoʻqmi?
Barchasi juda oddiy:
1. awards.gov.uz saytiga o‘ting;
2. Oʻzingizni va jamoangizni roʻyxatdan oʻtkazing;
3. Loyihangizni yuklang;
4. Gʻalaba qozoning!
Prezident Tech mukofotida nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki IT Park rezidentlarining xorijlik xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin!
Batafsil | Telegram | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saud Abdulwahed
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT dasturchilarni ishini olib qo'ya oladimi deb haliham siqilib yurgan do'stingizga jo'natib qo'ying 😉
Youtube | Linkedin | Instagram
@saudabdulwahed
Youtube | Linkedin | Instagram
@saudabdulwahed
👍4🔥1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Savoliga javob ola olmagan yigit haqida ertak
Bir yigit dasturchilikka juda qiziqib qolibdi va uni o’rganishni boshlabdi. O’rganayotganida turli qiyinchiliklarga duch kelibdi. Bu sohani yaxshiroq biladiganlardan savol so’rashga qaror qilibdi. So’ramoqchi bo’lgan insondan shaxsan so’ramoqchi bo’libdi. Qayerda yashashini qidirib topib uyiga boribdi. Eshikni taqillatibdi, hech kim ochmabdi. Keyin telefon qilishga harakat qilibdi. Nomerini topib telefon qilibdi. Hech kim olmabdi. Ohiri telegramdan qidirib topib unga yozibdi.
“Assalomu aleykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Bir narsa so’ramoqchi edimda” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka bir yordam qilingey iltimos” deb yozibdi. Ohiri savol so’ragan inson jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka qiynalib ketdimda” deb yozibdi. Yana javob olmabdi. “Aka?” deb yozibdi. Yana jahli chiqib “Savolingiz qani?” deb yozibdi. “Aka, shu Pythonda bir ish qilayotgandim xato chiqyaptida. Yordam bervoring debdi”. Haligi inson ohiri bloklab qo’yibdi. Natijada bu yigit savoliga javob ola olmay haftalab vaqti o’tib ketibdi. Har safar savol paydo bo’lganda shunday hatti harakatlar bilan u ko’p vaqt bekorga sarflaydigan bo’libdi.
Shu yigit bilan dasturlashni bir vaqtda boshlagan Toshmat degan yigit esa sal boshqacharoq ish qilibdi. Savol bermoqchi bo’lgan insonga bittayu bitta xat yozibdi:
“Assalomu aleykum. Yaxshimisiz? Men shu kursni o’tayotgan edim. Unda aytilishi bo’yicha shu ishni qilishim uchun quyidagi kodni yozishim kerak ekan. Huddi aytilgandek qildim. Screenshotlar jo’natyapman, ularda kodimni ko’rishingiz mumkin. O’zim Google ham qilib ko’rdim. Lekin Googleda sal boshqacharoq holatlar tushuntirilgan ekan. Iltimos ko’rib bersangiz. Qayerda hato qilyapman?”
Yani bitta xatda savolini zo’r qilib tushuntirib yozibdi. Oradan bir soat o’tar o’tmas o’z savoliga javob olibdi. Har safar savol so’ramoqchi bo’lganda huddi shu tarzda barcha kerakli ma’lumotlar bilan maqsadga o’tib yozishni odat qilib olibdi. Oradan 1 yil o’tib o’zining birinchi ishini topibdi. Oradan 5-6 yil o’tib esa o’ziga eng yoqqan kompaniyaga ishga topshirib interyudan bemalol o’tib olibdi. Hozirda esa o’zining kichik startupini ustida ishlayotgan ekan.

👍3😁3
Google I/O 23 da AI bo'yicha ko'p yangiliklar yangramoqda )
Shulardan biri Android Studio ichidagi Studio Bot ! . Endi ChatGPT Android Studio ichida 😅
➖ @flutter_uzbek➖
Shulardan biri Android Studio ichidagi Studio Bot ! . Endi ChatGPT Android Studio ichida 😅
➖ @flutter_uzbek➖
🔥3👍1
Forwarded from Android Uzbek | Mobil dasturlash
Endi google search qilish shartmas ekan )
Studio Bot bizga Android Studio ichida yordam beradi
➖@android_uzbekk➖

👍9
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Savol so’rashdan uyalmang
Ishxonada har kuni ko’pchilikdan savollar so’rayman. Bilmaydigan narsalarim juda ham ko’p, o’rganishim kerak. Lekin oldin savol so’rashdan oldin juda qo’rqardim. Agar noto’g’ri savol so’rab qo’ysam nima deb o’ylashadi? Juda ham oson narsa so’ramayapmanmikin? degan hayollar o’tardi.
Shuning uchun ham savol berayotib “Noob question: ”, “Beginner question:” deb huddi ogohlantirib qo’ygandek bo’lardim.
Keyin qarasam, senior engineerlari ham, principal engineerlari ham oddiy oddiy savollar so’rashyapti. Yana uyalmasdan so’rashyapti. Hali jamoada 3 oy ishlamagan men ularga kerak bo’lganda javob beryapman. WTF?
Men ham ulardan o’rnak oldim. Savol berishdan umuman uyalmayman, qo’rqmayman. Qanchalik oddiy bo’lmasin beraveraman. Chunki qiladigan ish ko’p va hamma narsani bir kishi bilishi mumkin emas. Bekorga biz jamoa emasmiz. Eng asosiysi savolni to’g’ri so’rash holos.

Ko'pincha Flutter uchun roadmap so'rab qolishadi
roadmap.sh
shu saytda barcha yo'nalish uchun roadmap topish mumkin, flutter uchun roadmap.sh/flutter
➖ @flutter_uzbek➖
roadmap.sh
shu saytda barcha yo'nalish uchun roadmap topish mumkin, flutter uchun roadmap.sh/flutter
➖ @flutter_uzbek➖
👍11
Forwarded from Osmondagi bolalar
Oʻzbek tilida sun’iy intellekt asoschisi, Google’dan $100,000 grant yutgan professor bilan suhbat
«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni, Yeungnam universtiteti axborot texnologiyalari muhandisi PhD olimi, «Mohirdev »platformasi hamda Mohir AI asoschisi, «Universiti Sains Islam Malaysia» oliygohi professori va «Pythonda dasturlash asoslari» kitobi muallifi Anvar Nazrulloh bo'ldi.
🎯 Bu galgi sonda sun'iy intellekt, Malayziyadagi hayot, ChatGPT va mualliflik huquqi, dasturlash sohasidagi yoshlarga tavfsiyalar, Mohir AI hamda odamlar nega AyTi sohasidan foydalanishi kerakligi haqida o'zingiz uchun kerakli ma'lumotlarni olasiz degan umiddamiz.
🛎 Premyerani hoziroq tomosha qiling!
👉 https://youtu.be/qDo6lkkPkMI

Telegram
Osmondagi bolalar
👍8
Forwarded from giglink
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sovrin jamgʻarmasi 1 000 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi tanlov videoklipi omma e’tiboriga havola qilindi
Klipda isteʻdodli sanʻatkor Konsta bilan bir qatorda, yagona maqsad – texnologiyada burilish qilish uchun birlashgan mashhur blogerlar ham bevosita ishtirok etgan.
💥 Betakror vizual effekt va reperning sohir ovozi klip darajasini yuqoriga olib chiqqan. Reklamamisan reklama bo‘pti o‘ziyam. Aslida reklama shunday bo‘lishiyam kerak-da o‘zi.
🐦 President Tech Award 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi startap loyihalar tanlovi sanaladi.
Asosiy toifa g'oliblari mukofoti ham ko‘zni qamashtiradi:
💲 1-o‘ringa — $100 000
💲 2-o‘ringa — $50 000
💲 3-o‘ringa – $30 000
Shuningdek, maxsus yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan jamoa $100 000 oladi.
⏰ Tezroq ro‘yxatdan o‘ting va yirik mukofot egasiga aylaning!
Ariza topshirish uchun: awards.gov.uz
Savollar boʻyicha: @PresidentTechAward
Klipda isteʻdodli sanʻatkor Konsta bilan bir qatorda, yagona maqsad – texnologiyada burilish qilish uchun birlashgan mashhur blogerlar ham bevosita ishtirok etgan.
Asosiy toifa g'oliblari mukofoti ham ko‘zni qamashtiradi:
💲 1-o‘ringa — $100 000
💲 2-o‘ringa — $50 000
💲 3-o‘ringa – $30 000
Shuningdek, maxsus yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan jamoa $100 000 oladi.
Ariza topshirish uchun: awards.gov.uz
Savollar boʻyicha: @PresidentTechAward
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Flutter Organization (Jasur Jakhongirov)
EPAMda intervyu jarayoni:
1) Dastlab, Òzbekistonda yashashimni bilgani uchun qaysi tilda gapirishimni afzal kòrishimni sòradi ( rus yoki ingliz ).
2) Bòladigan intervyu haqida qisqacha ma'lumot berib òtildi. Unga kòra, intervyu uch qismga: tanishish, texnik intervyu va kod yozish qismlariga bòlinishi aytildi.
~ Tanishuv qismi:
3) Qayerlarda ishlaganim, qanday proyektlarda qatnashganim ( agar proyektlar maxfiy saqlanishi kerak bòlgan bòlsa, aytsangiz tushunishadi ), Flutterni nega tanlaganim va Software Engineering bilan qancha vaqtdan beri shuğullanishimni sòrashdi. Proyektlarda mening ahamiyatim, kim sifatida qatnashishim, jamoada va yolģiz ishlaganda qanday ishlashim haqida qiziqishdi.
~ Texnik Intervyu
4) Test Driven Development:
- Testlarning proyektdagi ahamiyati
- Test qachon yozilishi kerakligi
- Mockito
- Unit Test va Widget Test orasidagi farq
5) Static Alaysys ( Linter rules ) - ahamiyati, qanday ishlatilishi, undagi qoidalar. Masalan, info, warning, erro va hokazo
6) Git.
- Git haqida
- merge va rebase orasidagi asosiy farq
7) State Managements
- BLoC, Provider va GetX haqida fikrimni sòrashdi ( agar middle kerak bòlsa, GetX haqida ular istayotgan narsani ayting )
8) REST Api, GraphQL, WebSocket
9) Dio va http package'lar haqida
10) Dio va http orasidagi farq. Qaysi biri afzalroq va buning sabablari haqida
11) Retrofit
12) Interceptors
13) Packages for local database. SharedPreference, SQFlite, ObjectBox, Hive.
14) Relational va NoSQL database'lar orasidagi farq.
15) Deeplinks. Navigator 2.0 orqali deeplinking qilishning yòli haqida
16) Implementing Native Code -> Method Channels, Event Channels
17) App LifeCycle for deeplinking ( foreground, background, cool restart )
18) Flutterni mobile ilovalardan boshqa maqsadlarda foydalanish haqida
19) SOLID haqida
20) Dependency Inversion va Dependency Injection orasidagi farq 😅
21) Statefull Widget Lifecycle.
22) Statefull Widget Lifecycle step by step explanation ( rebuilding times and so on )
Qolgan texnik savollar esimda emas.
~ Koding qismi:
1) Data member'lari hashlanmagan class'lar orasida compering ( equations )
2) Future, Future microtask, async await, sync vs async kodlash, logging qilish
Qolgan savollar aniq esimda emas. Yodimdan kòtarilibdi.
Recruiter menga yuborgan xabardan parcha:
"Hello!
Thank you for taking time to pass a technical interview in our company. Our expert have estimated you as a middle Flutter developer. Unfortunately, now we are looking for senior+ developers and can not make you an offer. Let's be in touch so that in the future we will be able to connect with and offer an interesting position for you!!!"
( 2022 yil, Iyul oyi )

🔥5
Forwarded from Najot Ta'lim
«Najot Ta'lim»da turli soha mutaxassislari bilan mahorat darslari davom etadi
Dastlabki master-klassimiz bugungi kunda dasturlash sohasidagi eng aktual mavzulardan biri bo'yicha tashkil etilmoqda.
🔥 Master-klassimiz mehmoni ayni vaqtda «Workly» kompaniyasida Team Lead sifatida faoliyat yuritayotgan Sardor Dushamov bo'ladi.
Suhbat uchun «Juniorlar hech kimga kerak emas(mi?)!» mavzusi tanlandi. Master-klass yakunida mavzu yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
📅 Qachon: 17-iyun, shanba, soat 10:30
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha uchun
📍Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida
***
Ta'lim va tarbiya mavzusida maxsus suhbat
Kunning ikkinchi qismida esa, taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov va Muhammad Temur Aʼzam ishtirokida «Najot Taʼlim»da master-klass bo‘lib o‘tadi.
🎙 Suhbat davomida taʼlim va tarbiyaning ahamiyati hamda har ikki yoʻnalishni doimiy rivojlantirib borish bo‘yicha qimmatli maʼlumotlarga ega bo‘lasiz.
📅 Qachon: 17-iyun, shanba, soat 14:30

👉 Ro'yxatdan o'tish
Havola orqali ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qilishni unutmang!

🔥4👍2