Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2683 - Telegram Web
Telegram Web
ilm → manfaat → daromad.

Bu iqtibosdagi so'zlar tartibini o'zgartirib – birinchi ilm, undan keyin manfaat va so'ngida daromadni qo'ygan bo'lardim.

Daromad topish uchun shunchaki ilmning o'zi yetarli emas, ilm manfaat keltirishi kerak.

Daromad dunyoqarashni o'zgartirishiga kelsak, bu uni qanday sarflashimizga bog'liq.
311💯156🤣8648👍33😁14🏆10👾106😭4
Bizni aldashdi
Oddiylikni sog’indim…
780💯217😭14569👍44❤‍🔥36😍14🤯9🫡8👾5
Qishloqdagi 6 oy.

2020-yil Varshavaga ko’chganimda uy masalasi qiynagandi — narxlar qimmatlik qilardi.

Qishloqqa ko’chish g’oyasi keldi — xona narxida butun uyni berardi. Yangi qurilgan mahallaga birinchilardan ko’chdim, yaqin atrofda odam ko’rinmasdi.

Narxni optimizatsiya qilaman deb, tasodifan samaradorligimni 10x oshirib yubordim.

6 oyda bir necha kitoblarni o’qib chiqdim, 500dan ortiq algoritmik masalalar yechib, blog’larim ham o’sha yerda rivojlandi.

Ko’p g’oyalar kelardi va ularni bajarishga vaqt ham yetardi. Ammo bu samaradorlik ortidagi yolg’izlik qiynardi. 6-oy zo’rg’a turdim.

Blez Paskal aytganidek — insoniyatning barcha muammosi uning bir o’zi bir xonada o’tira olmasligidan keladi.

Men esa bir xonada o’tirib, ko’p muammolarimni yechdim — 6 oy o’tirib chiqqandek bo’ldim.

Qiyin bo’ldi, ammo arzidi.
383👍233🏆89😁8145❤‍🔥9🤝7🕊3😭3😱2
20 yoshga maslahat.

Kapitalizm shu yerda. Keldi. Ikki ko'zi cho'ntagingda.

Til o'rgan deydi. Sport bilan shug'ullan deydi. Dasturlash kelajak deydi. Diplom ol deydi – xullas xarajatlarga o'tirg'izadi.

Mayli, sotib ol - olaman desang, faqat umring bilan to'lama. Kelajaging bilan to'lama. Qarzga kirma. Qarzdan uzoq yur.

Ovqat tashima. Ertaga qarzga botganingda oldingda bo'lmaydigan oshnalaring uchun choyxonaga pul yig'ma.

Toqqa chiqolmadingmi? Ho'p bugun Amirsoyga borolmasang, ertaga Shvetsariyaga borasan nasib, faqat o'ksinma.

Taksida yurma – piyoda yur. Musiqa eshitma – o'zing bilan gaplash. Kino ko'rma – hikoyangni yoz.

Pul topishga shoshilma, sarflashdan oldin 100 marta o'ylab ko'r.
👍811255133💯63🏆34❤‍🔥19🤯18🤝16🫡10🐳8
Nimasiga to'layapsiz?

Chanqadim – do’kondan suv sotib oldim. Nima uchun to'ladim? Suv - tekinku.

Aslida suvdan boshqa hamma narsaga to'ladim. Plastik baklashkaga, olib kelinganiga, sotuvchi maoshiga, joy ijarasiga, ....

Beli sinay deb xalqaro universitet kontraktiga pul yig'ayotgan ota-ona, farzandi bilim olishiga to'layaptimikan?

Yoki, yoz bo'yi "a patsa patsi, aha aha" degan qo'shiq million marta eshitilishi uchun to'ladimikan?

Agar c*ca c*la daromadini 40%ini ($4 milliard/yiliga) reklamaga sarflamaganida odamlar icharmidi?

Marketing qurboni bo'lmang.
Arzimaydi.
👍553146💯11842🤣35😭14👀10🤝10🫡9🤩4
Quti.

Inson tug‘iladi va qutiga solinadi.
U uyiga qutida yashagani boradi.
U quti
(katak)larni to’ldirib ta’lim oladi.
‘ish’ deb atalmish joyga boradi – qutida o’tiradi.
U oziq-ovqat sotib olishga qutiga minib boradi, ovqat ham qutida.
U ‘qutidan tashqarida o‘ylash’
haqida gapirib yashaydi.
Va vafot etgach, u qutiga solinadi.


Nassim Taleb
👍444💯1427750👀28👏15❤‍🔥13🕊6🏆5🍾4
O'gut

Og'ir yigit, sening go'zal, nurli ko'zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o'qudim.
O'ylashingda, turishingda hamda o'zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko'rdim.

Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo'rqma - yopish, yo'rilma - qo'zg'al!

Yel yo'lini to'sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo'y, yirtib tashla, barchasin yo'q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo'rlikdir bu...
Yiqil, yo'qol, ket!

Abdurauf Fitrat
347👍13975🫡32❤‍🔥24😱9💯9😭9🐳5👾4
Erkak va oyoq.

Arab tilida erkak - rajul (رجل) va oyoq - rijl (رجل)

O’tgan yili Shvetsariyada velosport jahon chempionatida testesteron so’zini tez-tez eshitdim. Nega velosport desangiz, testesteron - deyishadi.

Muskullarning 2/3 qismi oyoqlarda. Ularni harakatga keltirib, testesteron yig’iladi.

Testesteron esa erkaklik garmoni va O’zbekiston bu garmon darajasi bo’yicha jahonda 1-o’rinda! Ammo…

Qorin - og’ir masala.
Qorin qo’yganlarda testeston ishlab chiqarish keskin kamayadi. Atrofda esa qorin qo’ymaganlarni topish qiyin.

Piyoda yurmaydigan, oxirigi marta qachon yugurganini eslay olmaydigan erkaklar qanday qilib jahon miqyosida eng yuqori natijani ko’rsatadi? Demak - yolg’on statistika.

Xullas, zaif oyoq - zaif erkak.
330💯23097👍87😁31🫡18❤‍🔥10👏7🏆6🙈3
Qaysini qilay - qiyinini qiling.

Qachon qilay - qizig’ida qiling.
Qanday qilay - qalbdan qiling.
Qiynaldim - qilganizcha qiling.
Qilibo’ldim - qolganini qiling.

Qiyinchilik qiynayaptimi?
Qanoat qiling.

Qiling.
851👍225123🤣78😁51💯24🏆16🫡14👏11🤝8
So'z o'yini

Nasiya, muddatli to'lov, bo'lib to'lash – har yerda ko'rasiz.

Ammo nega hech qayerda "Qarz" deb atashmaydi.

Sababi oddiy.
Og'ir mavzuga yengil qaratish.

Ribo'ni 100 xil yangi nomlar bilan atagani kabi qumorni ham, zinoni ham yangi nomlari topilaveradi.

Aldanmang.
496💯301👍14154🫡31😭19👀13🏆9👾6👌4
Ko'p kulish qalbni ...
Anonymous Quiz
19%
Yoshartiradi
12%
Yayratadi
70%
O'ldiradi
😭215👍50💯43😍37😡14❤‍🔥139🕊97🏆4
Ko'p kulamiz.

Bizdek ko'p kuladiganlar bo'lmasa kerak.

Kulgu bizda ko'p pul topadi.
Million, milliard topadi 1 kunda.

Ko'p kulish samimiylikdan yoki xursandchilikdan emas.

Balki, tashvishlarni unutish, reallikdan uzoqlashish vositasi bo'lib qolgan.

Musofir yurtdagi 1-tongni yaxshi eslayman...
💯258🤣7550👍40🤯1110😁85🐳3👌2
Musofir yurtdagi birinchi tong

O'zimni juda hafa his qilyapman. Oilamdagilar bilan bir necha yillarga xayrlashganimning birinchi tongi. Uyni sog'indim.

Yotoqxonadaman.
1 xonada 8 kishi yashayapmiz. Atrofimdagilar ham men his qilayotgan g'ashlikni his qilishyapti. Ular ham o'zimizning qora ko'z talabalar.

Bu g'ashlikni yo'qitish - unutish uchun hamma o'zini qandaydir ovutish bilan ovora. Kimdir instagramda, kimdir youtubeda "million" ko'ryapti.

Ovqat tashib, charchab keldi.
Endi yotib komediya ko'rsa nimasi yomon?! indamadim, ammo xiringlashlar asabimga tegyapti.

Tezroq bu holatdan chiqishim kerak.
Melanxoliya yuqumli...

2020-yil, 1-fevral
Varshava
430👍15656😭31💯20🏆20❤‍🔥8🕊8👀6🫡6
Musofirga maslahat.

Quyoshli Movarounnahrni tark etgan kuningiz "Vitamin D" ichishni boshlang.

Vitaminga vaqt yoki pul bormi deysizmi? To'g'ri aytasiz.

Ammo "Vitamin D" vitamin emas. U aslida garmon. Olimlar shoshilib noto'g'ri nomlagan. Hazillashib bo'lmaydi.

5 yil quyoshsiz Polshada yashab, tanamda vitamin D miqdori 13.3 ng / ml ga tushib ketibdi. Sog'lom insonda 30-50 ng / ml bo'lishi kerak.

Musofir yurtda (ayniqsa sovuqroq o'lkalarda) kayfiyatingiz tushib ketganini his qilsangiz, bu katta ehtimollik bilan Vitamin Dga bog'liq.

Million ko'rish kutib turadi.
Vitamin D ichib turing.
❤‍🔥447👍341😁14463💯2722👌9🤝6🏆43
progresscha
😁501👏306131👍79🏆52❤‍🔥1714👀13🤩6👌6
Gym’da shu 3 narsa qiynaydi

1. Sohta mehnat.
- Yuguraman, hech yoqqa bormayman
- Tosh ko’taraman, ammo tashimayman
- O’zimdan boshqa narsa qurmayman

2. Ayollar.
- Sport zaldagi eng katta fitna
- Google’dagi gym’da ko’pincha ayollar bo’lmasdi, mazza edi
- Faqat ayollar uchun bo’lgani kabi, faqat erkaklar uchun gymlar bo’lsa yaxshi

3. Musiqa.
- Juda baland bo’lib ketadi
- Bass boshni og’ritib yuboradi
- Yoqimsiz taronalar miyyani to’ldirib yuboradi

Qiyin bo’lsa ham qilaman.
Ammo mazmun bo’lmasa qila olmayman.
👍470💯172🏆4543😁3514👌14🤯9🕊6😱5
Amerikaning eng katta muammosi - ta’lim tizimi.

AQShdagi bitiruvchilari uchinchi darajadagi davlatlar bilan teng bilimda.

Endi savol tug‘iladi:
Agar shuncha yildan beri “ahmoq avlod” yetishtirayotgan bo‘lsa, Amerikadagi ilm-fan nega qulamayapti?

Har yili Amerikadagi “ahmoqlik darajasi” oshib boryapti, ko‘rib turibmiz - realiti shoular, ahmoqona ko‘rsatuvlar…

Unda qanday qilib ilm-fan joyida turibdi? Nega AQShdagi texnologiya va ilmiy muassasalar hali ham kuchli?

Amerikada yashirin qurol bor - H1B

H1B bu - “geniylar uchun viza”, ya’ni chet ellik eng aqlli odamlar AQShga kelib ishlashi uchun beriladi.

Agar shu viza bo‘lmaganida, Google ham, Silicon Valley ham bo‘lmasdi.
Butun texnologik sanoat qulab tushardi.

Manba: youtu.be/NK0Y9j_CGgM?t=30
👍251🤯101💯483612🏆6😁2
Ekran.

Uygo’nib kichkina ekranga qaraydi.

Kun bo’yi o’rtacha erkanda ishlaydi.

Kechqurun katta ekranga termuladi.

Uxlashdan oldin kichigini siypalaydi.

U hozir ham ekranga qarab turibdi.
😭622😁371👍62💯44👾20🤯1512🐳10😡8🤝6
Mas’uliyatni bo’lish formulasi

M=100 mas’uliyat 1, 2, 3, …, N ga bo’linsa, u qanday taqsimlanadi?

Bir qarashda M/N dek ko’rinadi. Ya’ni 2ga bo’lsak 50/50, 3ga bo’lasak 33/33/33 dek.

Ammo unday emas.
Aniqroq formulasi: M^1/N

1 kishi olsa 100 mas’uliyatni oladi.
2 kishi bo’lsa, har biriga 10 tushadi.
3 kishi bo’lib olsa, har biri 4.6 oladi.

Omma so’zi bekorga omi so’zidan kelib chiqmagan - guruh IQsi uning a’zolari o’rtacha IQsini a’zolar soni nisbatiga teng.

Voydod, kimdir tez yordam chaqirsin deyilmaydi - undan foyda yo’q. Barmoq bilan ko’rsatib, “sen chaqir” deyiladi.
👍276115😁85👏37🤯2620💯15👾149❤‍🔥7
2025/12/11 16:50:41
Back to Top
HTML Embed Code: