Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2598 - Telegram Web
Telegram Web
Bugun bog’chada google’da “Goldberg Mashina”si qurdik.

Jamoalar aro kelishib ishlash, ish taqsimoti, test qilish va integratsiyalashni o’rgandik.
Bog’cha.

Bog'chaga tahminan 1 hafta borganimni eslayman. Tarbiyalanuvchi sifatida.

Hozirgidek, o'sha paytlarda ham uyquga ketishim qiyin bo'lgan - soatlab uyqu kelmasdi. Ximchalanayotganlar ovozini eshitib ko'zimni qattiq yumib, o'zimni uxlaganga so'lardim.

Uyda buvam bilan o'tirib Mustang (o'sha yovvoyi ot) haqidagi multfilmni qayta-qayta ko'rardik. Bog'cha aynan shu tutqinlikdek ko'ringan. Ertalab bo'lishi bilan buvamni qo'yniga kirib olardim, ayam meni bog'chaga obormasin deb. Taktika ishlagan.

Buvam olamdan o'tib qolganlaridan keyin endi panoh yo'q. Shunda 5 yosh bo'lsam ham, ayam meni eshitgan. Bog'chaga oborgan, faqat endi ishga - bog'chada hamshira bo'lib ishlardi. Soat 2gacha oldilarida o'tirib, keyin birga uyga qaytardik.

O'zim so'rab, 6 yoshda maktabga chiqdim. 1-kundan keyin afsuslanib kelganimda, ayam o'zing xohlading - "endi ortga yo'l yo'q" deb ma'suliyatni o'zimga topshirgan. Maktab yodlatishini hisobga olmasak (90%), aql ishlatish kerakligi (10%) ancha yoqqan.
Google’dagi Azimjon, bog’chadagi Azimjondan ko’p farq qilmaydi. Ikkisi ham erkinlik uchun kurashadi.

5 yoshda 7 kun bog'chada
25 yoshda 7 yil ishda o'tdi.

Google’da ishlash qiyin va men qiyinchilikni sevaman. Katta muammolar, aqlli yechimlar meni bu yergacha olib keldi. Aqlli insonlar bilan birga ishladim, ko'p narsa o'rgandim, ozmi-ko'pmi pul topdim. Endi esa qolishim uchun eng muhim narsa yetishmayapti: mazmun va maqsad.

Kuni kecha anchadan buyon xohlab yurgan ishni qildim: -7 ºC da muzlagan ko’lga tushdim - mazza qildim. Endi o’ylab ko’ring: kimdir meni shu sovuqda ko’lga itarib yuborsa qanchalik razil inson bo’lardi. Sizni siz ko’tara oladigan qiyinchiliklarga majburlay oluvchi yagona inson - o’zingiz. O’sish qiyinchiliksiz bo’lmaydi.

Men ustida ishlaydigan loyihalarning maqsad & mazmuni va eng muhimi ularning taqdiri menga bog’liq bo’lishini, o’zimni qay darajada o’stira olishimni haqiqatda bilmoqchiman. Google bilan xayrlashish vaqti keldi va Google men uchun so’ngi ish beruvchi bo'lganidan xursandman.

Katakli ko'ylakni yechdim.
employee entrepreneur
2022-yilgi podkastdan: Sizni kutyapti?

Yozda Londonda Facebookda amaliyot o'tayman. Keyin Varshavaga o'qishni bitirish uchun qaytaman. So'ngra eng katta texnologik kompaniyaga ishga kirmoqchiman (Google va Amazon) va u yerda 1-2 yil ishlayman.

Ishdan ketib, o'z kompaniyamni quraman - ta'lim sohasida. Ta'lim orqali insonlar o'z orzu-maqsadlariga yetishiga va o'zlarining eng yaxshi versiyasini qurishga yordam bermoqchiman.

youtu.be/BPhX9lXIvfw?&t=2214
Nima maslahat berasiz: X qilaymi yoki Y?

ijtimoiy tarmoqlarda mendan eng ko'p so'raladigan savol shu. Tanlov ko'p bo'lganida, qaror qilish qiyin bo'ladi - tanlov paradoksi.

Odamlar tanlov paytida optimizatsiya qilishga (eng yaxshisini topishga) harakat qiladi. Vaholangki eng yaxshisi bo'lganida, tez qaror qila olgan bo'lardi.

Dasturchi bo'lishim, Google yoki universitetga kirish yoki ketishim qarori yaxshi/yomon bo'lgan deb aytishim yoki boshqalarga bunday maslahat bershim axmoqlik bo'lardi. Gap qarorlarda emas.

Aslida eng muhimi:
Qaroringizdan keyin nima qilasiz?
Qilgan qaroringiz ustida qancha ter to'kasiz?

Adashib dasturchi bo'lib qolgan insondan, dasturlashni qaysi sohasini o'rganay deb savol so'ravermang. Qarorda adashib ketib, zo'r arxitektor bo'lib ketsangiz ham, adashib doktor bo'lsangiz ham yomon bo'lmaydi.

Demak qaysi qaror bo'lmasin, muhimi unga qanchalik sodiqsiz?
🌙️
Google’ga ishga kirishdan ko’ra, ishdan ketish qiyinroq.

Ketmoqchilgim haqida menejerimga aytdim. Menejerim sen bizga keraksan, qancha uzoq qola olsang shuncha yaxshi dedi.

Yengilroq ishlashing uchun imkoniyat qilib beramiz, ketib qolma - yangi kelganlarga bilganlaringni o'rgat, tajribangni qadrlaymiz dedi.

2024-yilda Google’da qo’shgan hissam uchun yillik maoshim ustiga $40k qo'shdi. Mart oyi bonus oyi, oylik oshadigan oy.

Qarorim qat'iy ekanligini aytdim. Unda ham yana imkoniyat - qiziqqan boshqa jamoa, boshqa google mahsuloti va istalgan boshqa davlatga ko'chish. Yana oila bilan! Uylantirib qo'yamiz demadi xolos.

Qanchalik zo'r imkoniyatlar. Lekin...
Qarorim qat'iy.
Kimning qarorini yashayapsiz?

18 yoshimda inhadan o'qishdan ketganman - o'z qarorim bilan. Yaxshi qaror bo'lganmi, yomon qaror bo'lganmi - muhimi mening qarorim bo'lgan.

25 yoshimda googledan ishdan ketyapman - o'z qarorim bilan. Yaxshi qarormi, yomon qarormi - muhimi mening qarorim.

O'zgalar siz uchun eng zo'r qarorni qilib bermasin, unga sodiq bo'lmasangiz - u qaror bilan uzoqqa bormaysiz. U sizniki bo'lmasa, qanday unga sodiq bo'lasiz?

Baxtsiz bo'lish oson - o'zgalarni ayblang, vaziyatni ayblang, maslahat bergan insonni ayblang.

O'zingnizni ayblang - baxtga yaqinroq bo'lasiz. Qarorlarni o'zingiz qiling - u bilan yashaysiz.

Qaror qila olmayapsizmi? Istixora o'qing.
O’ldirish.

Qaror qilish ingliz tilida “decide” degani.

Boshqa “-cide” bilan tugadigan so’zlarni eslang:
- suicide (sui: o’zi, cide: o’ldirish)
- genocide (geno: irq, cide - o’ldirish)
- homocide (homo: odam, cide: o’ldirish)

Nimadirni qaror qildingizmi — undan boshqasi siz uchun o’lgan. Qaror qilish — o’ldirish demakdir.

Qaror qilish erkinlik - qaytib yana bu masalaga/muammoga qaytmaysiz. Hayolingiz, ko’nglingiz taskin topadi.

Kasb - ishsizlikni o’ldiradi
Uylanish - bo’ydoqlikni o’ldiradi
Maqsad - maqsadsizlikni o’ldiradi

O’ldiring, o’z qo’llaringiz bilan.
O’ldirmasangiz - sizni o’ldiradi.
Tungi soat 2. Bakudaman.

Aeroport avtobusi soat 6dan yurarkan, taksi chaqirishga to’g’ri keldi.

Taksist aka zerikkanimdan taksi qilyapman, o’zi taniqli qo’shiqchiman dedi. Ramazonda to’ylar juda kam — uyda o’tiraverib zerikdim dedi.

Taksist: Nima ish qilasan?
Men: Dasturchi-muhandisman

T: Ko’p pul topsang kerak.
M: Soliq katta.

T: Uying bormi?
M: Yo’q

T: Mashinang bormi?
M: Yo’q

T: Xotining bormi?
M: Yo’q

T: Unda nimang bor?
M: Iymonim bor

Aka azoblash xizmatida ham ishlasa kerak, zerikkanidan.
Baku, Ozarbayjon haqida men bilmagan 3 “Sh”

Kaspiy dengiz, hamyonbop narxlar, go'zal arxitektura va yana ko'p boshqa abzalliklari bo'lishiga qaramay - shu 3 "Sh" meni bu yerda ko'proq qolmasligimga sabab bo'ldi.

- Shamol
Baku shamol shahri deb 2 yil ilgari aytgandim. Bu shamol faqat yozda mayin ekan, bahorda 10 °C ob-havoni -2 °C dek izg'irin qilib qo'yarkan. Shamollab qoldim.

- Shovqin
~20ta davlatda bo'lib, bunchalar ko'p musiqa eshitadiganlarni ko'rmagandim. O'zi eshitsa ham mayli, baland qilib hammaga eshittiradi. Ko'chada ham, kafeda ham, taksida ham baland musiqa.

- Shia
75-85% aholisi Shia mazhabiga ergashar ekan, ~15% esa Sunni. Ko'p masjidlar ham aynan Shia mazhabidagilar uchun - Ramazonda nega bu yerga keldim deb ozgina siqildim, keyin Turklarni masjidini topdim.

Shunday qilib, ijod qilish uchun menga Baku to'g'ri kelmas ekan.
Ehtiyot bo'ling, eshiklar yopiladi.
Keyingi bekat: Toshkent ✈️
Hayit ayyomi muborak!
Nega taksiga chiqmayman?

Ilgari qo’l ko’tarib taksi chaqirardik, endi bu usul ishlamayapti - tekshirib ko’rdim.

Taksi onlayn chaqirish kerak.
Onlayn uchun internet kerak.
Internet uchun sim karta kerak.

3 oy oldin olgan sim kartam o’chib ketibdi. Yangi sim kartani telefonim o’qimadi.
UzIMEI 🤬

UzIMEI da registratsiya qilishim uchun muddat o’tibdi.

Endi eski telefonimni tannarxini hisoblatib, bojxonaga to’lov qilishim kerak ekan.

Shuning uchun metroda yuribman deb o’ylasangiz adashasiz.

Metroda yurish baxt.
5 yil Varshavada yashab, Toshkentga kelsam

Bazilar:
- "Varshava Toshkentdan 5-10 yil olinda bo'lsa kerak-a?" deb so'rashadi.

Men ularga:
- "Yo'q, Toshkent oldinda" deyman.

Toshkent 3 soat oldinda Varshavadan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Notiqlik san’ati musobaqasida qatnashib, 1-o’rinni oldim 🎉

9 yil kech bo’lsa ham ilinay dedim. O’sha payt ham “qaror qilish” haqida gapirgan ekanman.
2025/06/13 22:07:02
Back to Top
HTML Embed Code: