Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2488 - Telegram Web
Telegram Web
42.uz ni boshlaganimizga 1 yil to’ldi.

5 yil haqida bilmayman ammo keyingi 3 oy uchun 3 rejamiz bilan bo’lishaman.

1. Matematika:
Dasturchilar uchun muhim bo’lgan elementar va diskret matematika, chiziqli algebra hamda statistika o’qitishni boshlaymiz.

2. Ingliz tili:
Yer usti va yer osti tirbandliklar siz uchun emas. Endi ingliz tili bo’yicha eng yaxshi repetitorlar darslarida onlayn qatnashishingiz mumkin bo’ladi.

3. Dasturlash:
Tizim dizayni, Ma’lumotlar ombori, Cloud & Kubernetes va boshqa yangi darsliklar qo’shishda davom etamiz.
Oyligim tushdi (76 USD).

Sentabrda “unpaid leave” olib O’zbekistonga borgandim.

Ishlamagan tishlamaydi-da.
Oylik tugadi - kitob sotib oldim.
$1000 ga nechta kitob beradi?
Tahminan shuncha!

Texnik kitoblar qimmat.
Arziydimi? Ha - o’qisangiz.
Quloqchin nima uchun kerak?
- Musiqa eshitish uchun
- Ishlayapman, menga tegma deyish uchun.

Dasturchilar kelishgan qoida.
Forwarded from 42⚡️
🗓️ 1-noyabr, 42.uz ta'lim platformasi tug'ilgan kuni 🎂

⚡️ Bugun jamoamiz siz bilan suhbat quradi va yangiliklar bilan bo'lishadi.

👇 Qo'shiling, 18:00da:
youtu.be/MmJWmFsbkcw
Qo'shiqlarda:
Kechalari yoqimli, yoqimli
Kechalari sehrli, sehrli
Kechalari orzuli, orzuli


Hayotda:
Kechalari yolg'izli, yolg'izli
Kechalari homushli, homushli...


Yechim topdim:
Ertaroq uxlash kerak!

3 kundan buyon soat 8da uxlab, 4da turishni boshladim. Yordam beryapti.
Nega Azimjon Pulatov?

Polshada J harfi Y deb o’qiladi:
Azimjon - Azimyon bo’ladi. 5 yilda kamida 5000 marta Azimyon emas, Azimjon deb o’qiladi degan bo’lsam kerak.

Ammo bu o’zgarish familiyamdan -ov (-ev) suffiksini olib tashlash bilan boshlandi.

Bunga sabab ko’p - eng asosiylaridan biri bu xorijda shunchaki familiyangizga qarab: Sen Sobiq Sovet davlatidansan deya olishi bo’ldi. Buni ortidan esa diskriminatsiya kelishi mumkin.

Google Nyu Yorkdan bir qiz "hey familiyamiz bir xil ekan" deb yozdi. Familiyasi “Pulodi” - ha o’xshash ekan dedim, keyin u - yo’q men “Pulatova”man, o’zgartirganman dedi.

Hamma familiyasi -ov/-ev bo’lgan joyda buning ahamiyati yo’q, ammo xorijda yaxshigina ajratib qo’yadi.

Hamid Olimjonni sovetchasiga “Hamid Olimjonovich Azimov” deb atasak u qanchalar O’zbek shoiri bo’lardi? Ular ijodkor bo’lishgan deysizmi?

Demak familiyamiz bizni ijod qilishimizga to’sqinlik qiladi deb aytsak bo’ladimi? Menimcha yo’q - ammo paxta terishga chaqirgan.
10 yil.

2014: Westminster litsey imtihonidan yiqildim
2016: IELTSdan 6.0 bal oldim (speaking: 5.5)
2017: Inha universitetiga 4-o'rinda kirdim
2018: Universitetdan ketdim - qimmatlik qildi
2018: Ta'limga oid startup - tajriba yetmadi
2018: Ish topdim (workly) - 3 oyda haydaldim
2019: Varshavaga o'qishga kirdim - viza kechikdi
2020: Universitetdan 2-marta ketdim, pandemiya
2021: Yandex, Bloomberg - suhbatdan yiqildim
2022: Facebook (Meta) da amaliyot o'tadim
2023: Amazonda 1 yildan so'ng, ishdan ketdim
2024: PJAIT universitetini qizil diplomga bitirdim
2024: 9-5 Googleda ishlab, 5-9gacha 42.uz da
2025: 42.uz da 10,000+ kishi tahsil olyapti
Nimadir
Nimadir qilishga arzisa...

Yurishni o'rganish arziydimi? Unda 100 marta yiqilish arziydi.
O'qishni o'rganish arziydimi? Unda harflab sekin o'qish arziydi.
IELTS olishga arziydimi? Unda birinchisida 5.5 olishga arziydi.
Universitetni bitirish arziydimi? Unda qayta topshirishga arziydi.
Ishga kirish arziydimi? Unda 100 marta rad javobini olish arziydi.
Dastur qurishga arziydimi? 1-versiyasi oddiy bo'lsa ham arziydi.
Maqola yozish arziydimi? Unda 1ta so'z bilan boshlash ham arziydi.

Nimadir qilishga arzisa, birinchisida yomon qilishga ham arziydi.
2025/06/26 02:03:15
Back to Top
HTML Embed Code: