Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2621 - Telegram Web
Telegram Web
Sog’lom bo’lish qiyin.
Kasal bo’lish undanda qiyin.

Boy bo’lish qiyin.
Kambag’al bo’lish undanda qiyin.

Ilm olish qiyin.
Bilimsizlik undanda qiyin.

Ba’zida qaysi qiyinni tanlash o’zimiz qo’limizda.

Tanlang.
25-may.

Bugun men uchun so'ngi qo'ng'iroq chalinganiga 11 yil to'ldi.

2 hafta ilgari o'zim o'qigan maktabga borib, 11-sinf bitiruvchilar bilan ko'rishdim. Bosib o'tgan yo'lim haqida gapirib berdim.

Vaqt buyog’iga tez o’tadi — chunki endi mahalladagi kichik ko’chadan katta trassaga o’tyapsiz.

Trassada tabiiyki sizdan tezroq, siznikidan yaxshiroq ulovlar bo’ladi. Ularga qarab, yo’lingizda chalg’ib qolmang.

E’tiboringizni yo’lga qarating. Vaqti vaqti bilan to’xtab yoqilg’i quyib, xordiq chiqarishni ham unutmang.

Qisqa yo’ldan yuraman deb, qiyshiq ko’chalarga kirmang — adashasiz. To’g’ri yo’l uzoq bo’lsada sizni manzilga olib boradi.

Oq yo’l.
Yoz.

Yozda uyimizga buvim kelardi. Ertalab 5da uyg'otib, qo'limga lug'at tutqazib, ko'chaga chiqarvorardilar. Toza havoda (15 yilcha ilgari), 1 bet lug'at yodlab uyga kirardim.

Buvim muhim darslik kitoblarni maktabga qaytarmaslikni va yozda takrorlashni buyurgandilar. Keyin jarimasini to'lardim.

2009-yil Toshkentga ko'chganimizda, sinf reytingidagi eng pastdagi o'quvchidan, 2ta yoz o'tib 1-o'ringa chiqqanman.

Yozda o'quvchilar bilganlarini unutadi. Qaytganlarida hammasini yana qaytadan boshlash kerak. Bilimlar esa bilimlar ustida quriladi va takrorlash bilimning onasi.

Yozgi ta'til unutish emas, takrorlash davri bo'lishi kerak.
Dam olishga 90 kun ko'plik qiladi.
Hayit ayyomi muborak!
Ishsiz 21 kun.

Google'dan tanaffus olib, ishdan chiqqanimga bugun 21 kun to'ldi. 21-may kuni o'zimni ishdagi vazifalardan "ozod" qilgandim.

O'tgan 7 yil davomida doim ish, universitet va loyihalarim bilan bo'lib, bo'sh vaqt nimaligini unutgandim.

Shu kunlarda ko'p jismoniy harakatda bo'ldim – velosipedda o'rtacha kuniga 21km yuribman. Tabiiyki, ko'p uxladim – miriqib uxladim.

Ta'lim berishni sog'inib, 42'da FaangPrepni e'lon qildik – 21 soatda guruh to'ldi, yangi joylar qo'shdik – u ham darrov to'ldi. Ilmga chanqoq yoshlar yig'ildi.

Toshkentga qaytish oldidan, Londonda bir fursat bo'lmoqchiman. Kecha vizam chiqdi.

Shunday qilib "sabbatical" yaxshi boshlandi (bu so'zni yaqinda o'rgandim).
Atrofdagilarni o'zgartira olmaysiz,
ammo atrofdagilarni o'zgartira olasiz.
Birinchi kompyuterim.

Yoz. Kunlar isigan, yeguliklar aynib qolyapti – muzlatgich olishimiz kerak. Ijara, to'lovlardan ortib muzlatgich uchun bir necha oy pul yig'dik.

Aya, kompyuter olaylik - so'radim, sabablarini keltirdim. Biroz qarz olishimizga to'g'ri keldi. Kichkina muzlatgich oldik, ammo endi kompyuter uchun ham pul yetardi.

Uyimizga mehmonga kelgan qarindoshimiz:
- Nima qilardiz kompyuter olib?! Katta muzlatgich olib, mazza qilib yashamaysizmi? Eeee...

Odamlar nima deb o'ylashi ayamni qiziqtirmasdi. Chunki o'g'li uchun sarmoya qilganliklariga ishonardi.

Oradan 14 yil o'tdi.
Birinchi kompyuterim (2-qism).

Kompyuterni uyga olib keldik, o'zimda yo'q xursandman. Uzoq vaqt orzu bo'lgan kompyuter endi uyimizda edi.

Sotuvchi yigit 100tacha o'yin o'rnatib bergandi. O'rnatib bermaganida ham baribir o'yin topib o'ynardim, ishonchim komil.

O'sha kunni o'zida kechgacha NFSMW o'ynadim. Keyin qayoqdandir qattiq g'ashlik paydo bo'ldi, bu g'ashlikni yo'qotishni 2 yo'li bor edi. 1-si ko'proq o'yin o'ynab, unutish. Ammo ayamni keyingi 3-4 oy shu kompyuter uchun ishlashini o'ylab vijdonim qiynaldi.

Hamma o'yinlarni o'chirdim, o'zim bilgan usulda: C diskga kirib, fayllarni o'chirib chiqqandim. Shu bilan kompyuter qaytib ishga tushmadi, o'sha mashxur ko'k ekran: windows xp o'lim ekrani.

Kompyuterni bozorga qaytib obordik. Qandaydir disk solib, F8-F12 tugmachalarini bosib, BIOS ochganligini ko'rdim. Keyinroq yana 2-3 marta buzib qo'yaverib, tuzatishni o'zim ham o'rganib oldim.

Kompyuter ustasiga aylandim.
Birinchi kompyuterim (so’ngi qism).

O’yinlarsiz kompyuter zerikarli tuyulardi, shu voqea bo’lmagunigacha.

Maktab o’quvchilarni bedjik taqib yurishini majburiy qilib qo’ydi. Oddiy bedjik — oq qog’ozda yozilgan harflar e’tiborni tortmasdi.

O’zim uchun Photoshopda maxsus dizayn qildim, juda go’zal edi. Ko’chada chop ettirib, bedjikni maktabda taqib yurishni boshladim.

Ustozim ko’rib qolib butun sinfga shunaqa bedjik tayyorlab berishimni so’radi. Tannarxi 200 so’mga ham tushmaydigan bedjikni, 1500 so’mdan butun sinfimga tayyorlab berdim. Pul topdim.

Kompyuter qobiliyatlarimni ishlatib pul topish — o’yinlardan ancha qiziqroq edi.

Endi tushungandim nega Amerikada yosh bolalarga issiq kunda limonad sottirishlarini.

Sotishni o’rgandim, 2-marta.
10 yil ilgari birinchi marta IELTS topshirdim.

Hayajon tufali olishim mumkin bo’lgan balni ola olmadim. Juda hafa bo’ldim, yana topshirish uchun mablag’ yo’q edi.

Keyin g’oya keldi:
- Kursdoshim Ismoil uyidan katta karnaylarini olib keldi.
- Singapurskidan do’stim Abdunabini speaking olishga taklif qildim.
- Internetdan hali ko’pchilik ko’rmagan test topib, ko’p nusxada chop qildim.
- Litsey zamdirektori Marhabo opadan kutubxonani ishlatib turishni so’radim.

Mock imtihon haqida e’lon berdik. 10 dan ortiq o’quvchilar yig’ildi, diplomatiya litseyidan ham 2 kishi keldi.

Imtihonni o’tkazdik — xuddi Britaniya konsulligidagi kabi. Imtihonga ilgari kirmaganlar uchun haqiqiy tayyorgarlik bo’ldi.

Ozgina pul ishladim. Ammo eng shirin qismi — vaqt o’tib, bir qiz xursand bo’lib kelib haqiqiy IELTS imtihonida birinchi urinishda 7.5 olganlini bildirib, bizga rahmat aytdi. Biz qilgan imtihonda 7.0 olgandi.

Muammolar faqat sizda emas.
Siqilmang — imkoniyatdan foydalaning.
10 yil o'tib eslaganda, qiyinchiliklar unitiladi.

Aslida qanday bo'lgan edi:
Litseydagi hamma kursdoshlarim 1-avgust uchun tayyorlanyapti.
Men esa bu yerda "bekorchilik" qilib yuribman – o'zgalar nazarida.

Do'stim kelib, akasi biz qilayotgan ishlarimizni qoralashini aytdi - shu paytlar dasturlashni o'rganayotgan edik. "Kattalar" yaxshiroq biladi - DTM bu hayot/mamot.

Tizim shu. Har doim nimadir bor.

Bog'cha bor, maktab bor, imtihon topshir, universitetga kir, bitir.
Ish top, ishla, ko'taril, oila qur, beshik to'y...

Tanaffus oling.
Mono kinoni ko'ring:
youtu.be/53JGpKRIT9s
Ba’zida bolaligim esimga tushib qoladi.

Har kuni ovqatlantirishim, yuvintirishim, toza havoga olib chiqishim kerak.

Necha yoshda bo’lsangiz ham, o’zingizni bolalardek parvarishlang:
- Kitob o’qib bering.
- Sayrga olib chiqing.
- Mashq qildirib turing.
- Shirinlik ko’p yemasin.
- Ko’p telefon o’ynamasin.

Vaqtida yetarlicha uxlasin, aks holda injiq bo’lib qoladi.
2025/06/26 02:12:31
Back to Top
HTML Embed Code: