Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from XGROUP BOOKS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌌 “Sen bir olam, men o‘zga olam” – nihoyat siz bilan! 🌌

Har bir inson ichida bir olam yashaydi. Ba’zan bizning olamimiz boshqasiniki bilan to‘qnashadi, ba’zan esa yonma-yon kechib, jim qoladi…
Feya Moran yangi asarida shu ikki olamning iztirobu va sehrini ochib beradi.

📖 Kitobni bugundan oldindan buyurtma qilishingiz mumkin.
💰 Narxi: 45 000 so‘m

🎁 Sovg‘a shartlari:
1️⃣ Post ostida izoh qoldiring: “Men ham Sen bir olam, men o‘zga olamni kutgandim” ✍️
2️⃣ Ushbu postni ulashing va screenshotni 📩 @factorbooks_info manziliga yuboring.

👉 Eng ko‘p ulashgan bir kitobxon va izohlarda eng faol bir o‘quvchiga kitob hadya qilinadi.

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@www.tgoop.com/xgroupbooks🤗
13😁4🎉2
Forwarded from XGROUP BOOKS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸 “Hijob shunchaki ro‘mol emas. Bu – ayolning bor go‘zalligini mahram saqlaydigan umumiy libos.”

Fey Moran qalamiga mansub 🕊 “Sen bir olam, men o‘zga olam” – insoniylik, e’tiqod va qalbning chuqur izlanishlari haqida.

Bu kitob sizni 🌍 o‘zingizni va atrofingizdagi olamni yangidan kashf etishga chorlaydi. Ruhiy ozuqa, qalbga yaqin satrlar, o‘ylantiruvchi hikoyalar – hammasi bir asarda jam.

📖 Sizningcha, hijob qanday ma’noni ifodalaydi?
Izohlarda fikringizni yozib qoldiring! 💬👇

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@www.tgoop.com/xgroupbooks🤗

#SenBirOlamMenOzgaOlam #FeyMoran #FactorBooks #KitobTavsiya
16😍2💯2
Forwarded from XGROUP BOOKS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Siz kutgan qo‘ng‘iroq yangradi!

Feya Moranning eng mashhur asari — “Sen bir olam, men o‘zga olam” endi sotuvda!

💵 Narxi: 45 000 so‘m
📍 O’zingizga eng yaqin bo’lgan do‘konlaridan va onlayn buyurtma orqali xarid qilishingiz mumkin.

Bugun buyurtma bering va bu olamni birinchilardan bo‘lib kashf eting! 🚀
Kitobni qo‘ldan boy bermang — tiraj cheklangan.

👉 Xarid uchun @factorbooks_info havoladan foydalaning.
❤‍🔥12👏31💘1
#yangilik 😍🥳

😌 Keyingi postda qaysi yangilikni aytsak, juddddaalar xursand bo‘lasiz? 🤩👇
10👍4🥰2🤔2
📚 Yangi kitoblar endi sotuvda!

Feya Moranning “Sen bir olam, men o‘zga olam”
Badri Rahmiy Hametdinning “Feride, yoxud Choliqushining baxti”


Uzoq kutganingiz asarlar nihoyat qo‘lingizda bo‘lishi mumkin. Har bir sahifasi sizni boshqa olamlarga yetaklaydi, qalbingizni rom qiladi.

📖 O‘qing, his qiling, o‘zingizni kashf eting!

Kitoblar soni cheklangan – imkoniyatni boy bermang!
🛒 Hoziroq buyurtma bering va eng birinchilar qatorida o‘qing.

👉 @factorbooks_info orqali xarid qiling!

#SenBirOlam #Feride #FactorBooks #YangiKitoblar #OqishdanRohatlaning
10🤩3🥰2😍1
Forwarded from XGROUP BOOKS
Random orqali yutgan omadlilarni hamda postni eng ko’p ulashgan obunachilarimizni tabriklaymiz. Demak, ular:

▪️Asaloy Rajabboyeva
▪️Go’zal


Gʻoliblarga sovgʻalari 2-3 kun ichida yetkaziladi.Bu kabi tanlovdan tez-tez foydalanib turmoqchimiz.

Keyingi safar siz ham gʻoliblar qatorida boʻlishingiz mumkin. Shunday ekan, bizdan uzoqlashmang.

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@www.tgoop.com/xgroupbooks🤗

#SenBirOlamMenOzgaOlam #FeyMoran #FactorBooks #KitobTavsiya
👍21
📢 Yangi kitob endi Uzum Marketda! 📚

🌌 Feya Moran qalamiga mansub “Sen bir olam, men o‘zga olam” endi Uzum Market orqali ham sotuvda!

🔹 Ichki olamlar to‘qnashuvi, sirli kechinmalar va hayotiy iztiroblarni o‘zida mujassam etgan bu asar endi sizga bir necha bosish orqaligina yaqin.

Qulay buyurtma
Tezkor yetkazib berish
Asl nusxada

👉 Bugunoq Uzum Market ilovasi orqali buyurtma bering va o‘zingizni yangi olam bilan tanishtiring!

https://uzum.uz/product/1907874?&utm_source=sharing&utm_medium=product_page_ios&utm_campaign=native
5🥰5
Forwarded from XGROUP BOOKS
#asardanparcha

– Nega iljayasan? – ovozim o‘ta ayanchli eshitildi. Arang chiqqan titroq ovoz. Ko‘zlarim esa sotqinlarcha yoshlarimni fosh qildi. Ilk bor qalbimdagi og‘riqni sirtimga chiqardim.
– Ular yolg‘on gapirishyapti, de.
– Kechir, – u shunday deb, yelka qisdi. – Hayot shunaqa, sharq go‘zali.
O‘zim aybdorman. Hammasiga o‘zim aybdorman.

📚 Feya Moran "Sen bir olam, men o‘zga olam"

❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@www.tgoop.com/xgroupbooks🤗
13❤‍🔥3
Forwarded from XGROUP BOOKS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez orada kutubxonangizni boyitadigan yangi kitob!

Uch yuz yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, uning maslahatlari hamon dolzarb! 🔑
Buyuk mutafakkir, ixtirochi va davlat arbobi Benjamin Franklinning hayotiy donishmandlikka boy asarlari endi o‘zbek tilida!

📚 “Yosh savdogarga maslahatlar. Ko’rgan-kechirganlarim”
💡 Halollik, tejamkorlik va mehnatsevarlik sirlarini ochib beradi.
🌍 Franklin tomonidan yozilgan avtobiografiya: oddiy hunarmand shogirdidan ilm-fan va siyosatda ulkan cho‘qqilarga ko‘tarilgan hayot yo‘li.

🔸 Bugun ham sizni ilhomlantiradigan, hayotga yangicha qarashni o‘rgatadigan hikmatli kitob!
🔸 Yoshlarga yo‘l-yo‘riq, savdogarlarga ibrat, har bir kitobsevar uchun esa bebaho durdona!

📖 Tez kunda do‘konlarda!

👉 Siz Franklinning maslahatlarini hayotingizda qo‘llab ko‘rishga tayyormisiz?
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

Anons: Bank va Ma’rifat Forumi — uch kun davomida kitob, bilim va yangi g‘oyalar manzili

24–26 sentyabr.

➡️Ro‘yxatdan o‘ting va Forum ishtirokchisiga aylaning!

#BankvaMarifatForumi #BankvaKitob #MahallaKutubxonasi
#BookandbankForum

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
✍️Feya Moran
📖”Sen bir olam, men o’zga olam”

“Ba’zan sevgi bizni ikki olam orasida ko‘prik qurishga majbur qiladi. Chegaralar odamlar o‘rtasida emas, qalblar orasida bo‘ladi.”

Asar nomidan ko’rinib turganidek, yozuvchi kitobning ilk sahifalaridanoq bizni “ikki olam” orasidagi chegaralarga olib kiradi. Chunki asar markazida ikki xil dunyo vakili bo’lgan yoshlarning munosabati turadi. Albatta anglaganingizdek, ularning orasidagi munosabat faqatgina muhabbat bilangina cheklanmaydi, balki bu ikki olamning qadriyatlari, diniy qarashlari, dunyoqarashlarining ham to’qnashuvi sodir bo’ladi.
Yozuvchi personajlarning ruhiy kechinmalarini juda jonli ochib bergan. O’zimni asar ichida yurgandek his qildim. Dastlab o’smirlarning navbatdagi sho’xliklari yoritilgan navbatdagi asar deb ham o’yladim, lekin asar zamirida bundanda katta mavzular birin-ketin ochib beriladi. Bosh qahramon qiz Lamiya misolida o’zga jamiyat, o’zga din, o’zga dunyoqarashli insonlar orasida yashash, muomala qilish qanchalik og’irligini tushunasiz. Uning jasorati, o’zini himoya qilishi, e’tiqodiga sodiq qolishi, xuddi boshqalardek inson ekanligini isbotlashga harakat qilishini ko’rib uni yoqtirib ham qolasiz.

Lamiya o‘zining islomiy qadriyatlarini himoya qiladigan, e’tiqodini hech kim tushunmasa ham tashlab qo‘ymaydigan qiz. U atrofdagilarning bosimi, tushunmovchiligi va ba’zan keskin qarshiligiga qaramay, o‘z yo‘lidan chekinmaydi. Bu uning ichki kuchi va mustahkam irodasidan dalolat beradi. Qiyin vaziyatlarni ham shu irodasi va sabri yordamida yengib o’tadi. Asarni o’qish davomida shunday savollar hayolimdan o’tdi: “Haqiqiy sevgi insonning e’tiqodini o‘zgartirishi kerakmi yoki yo’q? Umuman olganda, muhabbatga erishish uchun e’tiqod to’siq bo’la oladimi?” O’zim ham ba’zan hayotda umuman boshqa olam insonlarining turmush qurganini ko’rib qolaman. Ba’zan o’z dinlarida qolganliklarini, ba’zan esa juftlarining dinini qabul qilganliklarining guvohi bo’lganman. Demak, sevgi uchun e’tiqod to’siq bo’la olmaydi.

Asarda shunday jumlalar bor: “Sevgi insonni zaif qilmaydi, aksincha, uning ishonchini sinovdan o‘tkazadi.” Lamiyaning hikoyasi orqali yozuvchi sevgi va e’tiqodning o‘zaro bog‘liqligini, bir-birini boyitishi yoki qarama-qarshi qo‘yilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Haqiqiy kuch - bu o‘z qadriyatidan voz kechmaslik, o‘zligini asrab qolishdir.

Umuman, “Sen bir olam, men o’zga olam” - muhabbat, jasorat va e’tiqod haqida yozilgan samimiy, chuqur asar. Kitobni 1 kunda o’qib tugatdim. Kimlar uchundir bir martalik asar bo’lishi mumkin, lekin bu samimiy sevgi qissasini vaqt o’tib yana o’qib chiqishni xohlagan bo’lardim.

@doctorsmind📖
9🔥1😍1
#asardanparcha😍

Uning yuzida yaqqol ko‘rinib turgan afsus va ovozidagi ehtiyotkorlikdan taajjublanmaslik imkonsiz edi. Dabdurustdan nima deb javob berishni ham bilmay qoldim.
– Kechir... Ko‘proq tilimni tiyishim kerakka o‘xshaydi. Seni xafa qilib qo‘yishni yoki kalaka qilishni umuman xohlamayman, shuning uchun... Mendan biron xato o‘tsa, darhol burnimga musht tushirishing mumkin, bo‘ptimi? Mutlaqo jiddiy aytyapman. Ayab o‘tirma, har doim chegaramni ko‘rsatib qo‘y, chunki menda bu chegaralarning o‘zi yo‘q.


📚 Feya Moran "Sen bir olam, men o‘zga olam"


❤️ Eng sara kitoblar olami:
📘
@www.tgoop.com/xgroupbooks🤗
❤‍🔥104
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚#yangikitob

Taniqli turk yozuvchisi
Badri Rahmiy Hametdinning
“Feride” romani mashhur “Choliqushi” asariga mehr qo‘ygan va sevimli qahramonlari bilan xayrlashishni istamagan millionlab o‘quvchilar uchun ajoyib tuhfadir. Unda sevimli qahramonlaringiz bilan
yana uchrashasiz. Mazkur asarni o‘qir ekansiz, Feride bilan birga ko‘plab ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechirasiz. Ayriliq azobini chekasiz, yana baxtli bo‘lishga qalban umid qilasiz, u bilan birga xavf-xatarga duch kelasiz, haqiqiy sevgini topish uchun sermashaqqat yo‘lni birga bosib o‘tasiz...


📚Badri Rahmiy Hametdin
“Feride yoxud Choliqushining baxti”


❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ammo hayot murakkab... Vaqti kelsa u bizni shunday girdobga tashlaydiki, undan chiqish uchun g‘ururimizdan ham voz kechishimizga to‘g‘ri keladi. Mana hozir Kamron uchun hamma narsaga tayyor bo‘lib turibman...

📚Badri Rahmiy Hametdin
“Feride yoxud Choliqushining baxti”

❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
6🥰1
📚#yangilik

🫠Elektron va audio kitoblar ixlosmandlariyuuuu, shu yerdamisiz? Qo'l ko'taring 🤓

😍Siz uchun ajoyib yangilik hozirladik. Endilikda sevimli kitobingiz Badri Rahmiy Hametdinning
“Feride
yoxud
Choliqushining baxti” asarini Mutolaa ilovasida xarid qilib o'qishingiz mumkin🥳


📖 Elektron kitob narxi: 15.000 so'm
🎧 Audio kitob narxi: 21.000 so'm


🙃 Sevimli nashriyotingiz hamisha sizga qulaylik yaratish haqida qayg'uradi🤗

🙈 Tabriklab qo'ying, ilovadagi ilk kitobimiz bu, yutug'ingiz bardavom bo'lsin deng🫠

❤️ Sizning sevimli manzillaringiz 🤗
10👍4😍1💯1
2025/10/16 04:19:16
Back to Top
HTML Embed Code: