Telegram Web
Bugun sartaroshga borgandim va soqolimni olyabganda(mashinkada) ozgina tomoq qismimni yara qilib qo'ydi va bola(Shogird ekan) juda ham qo'rqib ketgani ko'zlaridan va harakatlaridan bilinardi.

Keyin, xatosini tuzatish uchun bir nimalar qildi va tipirchiladi, jimgina kuzatdim... Keyin "leukoplast" olib kelishini so'radim va qon oqishdan to'xtadi.

P.S. Barcha xato qiladi, shu holatda 2 xil yo'l tutish mumkin edi... Chuqur kirmayman. Bola asosiysi bundan keyin ehtiyotkor bo'ladi. Yoshlarga imkoniyat berish kerak va shart!
Maktab direktori bilan bo'lgan suhbat(U:Ustoz, m:man):

U: Bolalarni o'qitishimiz qiyinlashib ketyabdi, ota-onalar bolasi tezroq pul topishini xohlayabdi, bir marta motiv berilgandan keyin tez o'chib qolyabdi.
M: Buni sababi ijtimoiy tarmoqda ko'pchilik faqat o'zini yaxshi tomonlarini qo'yishi, oyiga $3-4k daromad qilishi va tez boyib ketish haqidagi postlar barchani hayolini buzyabdi. Va bolasi tezroq pul topishini istayabdi.....

P.S. Ular o'z orzulari bilan yashamayabdi va harakat qilmayabdi. Yoki, orzularini tortib olishyabdi. Orzularing o'zingnikimi?
Bugun ko'pdan beri ko'rishmagan o'rtog'im bilan ko'rishdik.

Azizxon bilan Oftobcha(Chodak) lager'da tanishgandik. U hozir ADMI'da o'qiyabdi va Wok&Travel'ga borib keldi(Buni instagramida ko'rganim uchun aytyabman). O'sha paytlar haqida choy ustida gaplashdik, esladik, status alishdik) CS(Computer Science emas) haqida ham so'radim, 1.6 ko'proq o'ynashlari haqida bilvoldim.

Masalan, birinchi marta lager'ga borganimda uydagilar kelishganda yig'laganim esimda. Sababini bilmayman, lekin aniq bilaman, o'sha payt introvert bo'lganim)

U ham media'ga ozroq qiziqishi borligi haqida gaplashdik, tez orada tibbiyot haqida kerakli bo'lgan mavzularda yozsa xursand bo'lardim, to'g'risini aytsam.

Bir nechta loyihalar haqida gapirib berdim(Reliz bo'lsa sizlarga ham aytaman). Keyin esa, @unicrafters haqida aytib berdim ozgina, Work&Travel haqida yozib qoladi degan umiddaman:)

@commeta_sharh'ga masalan, kontent yig'yabman, Toshkentga qaytsam, birinma ketin yozaman:) Bugunchalik shular, see you tomorrow!
Bu kitobda uzoq tarix bor.
Newton'ni 3-qonuni kimdan o'rgangansan desa to'g'ri ustozimni ko'rsataman. Maktabda Rimkevich'ni 6-sinfdan boshlab ishlashni boshlardik.

Rasmda Qo'ziyev Iskandar ustozim. Juda ham sabrli insonlar va hozirgacha ko'rgan sanoqli sabrli odamlarimdan biri. Ustoz bilan bugun ozroq AI haqida gaplashdik va 785-masala(Rimkevich)'ni AI'ga ishlatishni kelishvoldik)

Ustozlarimizni bugun ko'rib, mazza qildik.

Maktab'da bizni yaxshi xotiralar bilan eslasharkan va yaxshi sinflardan biri sifatida tarixda qolibmiz:)
Elzodxon Sharofaddinov
Newton'ni 3-qonuni kimdan o'rgangansan desa to'g'ri ustozimni ko'rsataman. Maktabda Rimkevich'ni 6-sinfdan boshlab ishlashni boshlardik. Rasmda Qo'ziyev Iskandar ustozim. Juda ham sabrli insonlar va hozirgacha ko'rgan sanoqli sabrli odamlarimdan biri. Ustoz…
ETF - Esda tutish foydali.(Maktabda Fizika va matematika darslarida shunaqa qoidachalarimiz bo'lardi)

Uyga qaytganingizda, o'qigan maktabingiz ustozlaringizdan xabar oling, ko'ngillari ko'tariladi va anchagina tarixni esga olasizlar.

Bugun Mamadjonova Sidiqajon ustoz: Deyarli faqat sizlar kelasizlar, boshqalar kelmayabdi...

Maktabga borganda oldilariga o'ting, ko'ngillari ko'tariladi.

Masalan, bugun Olimjon Alijon ustozimiz ehtimollik bo'yicha masala yechishdi)
Soat 12:37, Rulda edim, yo'limni Ichki ishlar xodimi to'xtatdi.

Reydligini tushunib, hujjatlarni olmoqchi bo'lib turgandim, hujjatlar kerak emas desa bo'ladimi?)))

Nima kerak desam? Puflang deb, allaqanaqa apparat tutdi) Qanaqa puflashni o'rgatdi(Chunki bunaqa narsani endi ko'ryabgandimda)

Akaga ichmayman deb qo'ydim ichimda...)
Bugun eng ko'p berilgan savollar va tilaklar qanday deb o'ylaysiz, fikrlaringizni yozib qoldirsangiz bo'ladi)

Keyinroq komment'da o'zim javob beraman:)
Efirni tugatdik. Video ostiga feedbacklar, takliflar bo’lsa, yozib qoldiring va eng yaxshi deb topganimizga Coursera’dan 3 oylik obuna sovg’a qilmoqchimiz.

Ko’rishguncha!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elzodxon Sharofaddinov
https://www.youtube.com/watch?v=1Ut6RouSs0w&ab_channel=TuckerCarlson
Nikolai Durov bilan ham intervyu olinsa, ko’pgina insaytlar olinsa bo’larkan)

Ertalab, office’ga kelyabganda boshlang’ich 10 minutini ko’rdim va Nikolai’ga qiziqishim juda ham ortdi. 2x PHD at math and world champion…

Kechroq yakunlab qo’yaman)
Serverga yangi SSD qo'shish bo'yicha kichik xulosalarim:

- Copy paste'ni yaratgan odamga Nobel berish kerak) Chunki serverga kirish uchun bittalab login parol terish azob ekan:) login parol admin, admin emasdi haha)
- SSD yangi qo'yilsa mount qilib qo'yish kerak ekan, bu ishni oldin qilib ko'rmagandim. Windows'da 3-4 ta click'da hal bo'ladigan narsa, linuxda terminal'da bir nimalar yozish kerak ekan. Google amaki va Sirojiddinga rahmat.
- SSD qo'shilgandan keyin, server internetga ulanmay qoldi, keyin bilsak IP ko'rinmay qolgan ekan. Buni Saydullo aka bilan hal qildik. Kechadan beri 4-5 marta telefonda gaplashdik. Sayohat qilib yuribdilar, shunday bo'lsa ham yordamlarini ayamadilar.
- Hardware bilan ishlashni ham o'rganishim kerakligini, nima qayerga qanday ulanadi, qanaqa ishlashini o'rganish

P.S. Yangi narsalarni shunaqa vaziyatda o'rganib olyabmiz;) Ha aytgancha, Linux server'da bashni yaxshi bilmaslik, odamni anchagina qiynarkan.

Yana nimadirlar esimga tushsa yozaman.
Datacamp'dan kecha kurs sotib oldim, $75 ekan, talabalar uchun(discountlar bilan)

Update'larni shu yerda yozib borishimga qarshi emasmisizlar?)
Upd(2024):

- Datacamp
- Google One
- Salom TV
- 1fit
- Coffee
- Telegram premium(Sovg'a qilishgan). Bundan oldingisini Murodxo'ja akam) Hozircha o'zim to'lamadim.

Datacamp'dan obuna sotib oldim desam to'g'riroq bo'larkan, ozgina oldinroq yozgan postimda kurs deb ketibman. Data Science bo'yicha roadmap boshlagandim.

Siz qaysi servislardan obuna sotib oldingiz?)

Bu postni yozishimdan maqsad, servislar uchun pul to'lashimiz kerakligini eslatish, buni ko'p aytganman va boshqalar ham aytishadi. Agarda bepul alternative'lar bo'lsa ishlating, lekin Crack versiyalarni emas!
An'analarga sodiq qolamiz)

Oldik☕️
2024/04/24 08:09:12
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243