Fasten endi oʻziga kelyapti))
1-rasm oktyabr oyi oʻrtalarida olingan. Jumla juda gʻaliz boʻlgan: past taksi narxlari. Bizda hech kim “past x narxlari” demasa kerak. “Arzon x narxlari” yoki “arzon x” deymiz
2-rasm esa 20 daqiqacha avval olingan. “Arzon” soʻzi ishlatilgan va jumla yaxshi chiqqan.
Yana bir jihat: kassa cheki Baraka market'niki. Fasten arzon narxlarga urgʻu bergan va reklamani toʻgʻri joyda qoʻllagan.
Auditoriya va missiyasi yaqin brendlardan ajoyib master-klass
@copirayt

O'zbek kopiraytinggi
Eng kam o'rganilgan, deyarli statistikalar yuritilmaydigan soha. Bugun ayni shu mavzuda tadqiqot o'tkazmoqchimiz. Natijalar aniq bo'lishi uchun xolis javob berishingizni so'rab qolamiz.
Natijalar blogda e'lon qilinadi
*Kopirayter bo'lmaganlar ham to'ldirishi mumkin, 1-savolda "Kopirayter emasman" javobi bor
Boshladik: https://forms.gle/wDGFPxwpNmbLSoA88

Google Docs
Kopirayterlar uchun
O'zbek kopirayterlari bilan tadqiqot o'tkazyapmiz. Natijalar blogda e'lon qilinadi. Iltimos, xolis to'ldiring
4 ta P da 1-p: Product
Avvalroq bitta pitseriya marketingiga aralashish imkonim boʻlgan.
Oʻzimcha kreativni zoʻrini qilaman deb, Italiyada oʻqiydigan ukamga “Italiyada pitsa bilan bogʻliq qanaqa trendlar, kreativlar, reklamalar bor?” deganman
Uning javobi: Italyanlar SMM, reklama qilmaydi, bu yerda pitsa qilishadi, tamom
1-oʻrinda mahsulot

Tajriba 1 yilga yaqin, daraja esa middle+
O'sha kungi so'rovnoma natijalarini tahlil qilish jarayonida bir javobga duch keldim:
• Kopirayting bo'yicha blog yuritaman
• darajam middle+
• faqat o'zbek tilida ishlayman
Shu joyigacha qilgan xulosam: ha, senior'ga 1 qadam qolibdi, blog ham yuritar ekan. Tanishib olsak bo'lar ekan
Ammo davomini o'qib hafsalam pir bo'ldi
• asosiy ishim boshqa, kopirayting qo'shimcha ish
• daromadim 250$ gacha
• tajribam 1 yilga yaqin
Aytmoqchi bo'lganim, "Darajam middle+" deyish ancha katta da'vo
Keling, endi darajalarni ko'rib o'tamiz
Junior
Tajriba: 6 oydan 1 yilgacha
Junior'lar odatda vazifalarni Team lead, Senior, Middle+ lar nazorati ostida oddiy bajaradi. Ularning ishi mahsulot tavsifi yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun oddiy postlar kabi qisqa matnlar yozishdan iborat.
Junior+ kopirayter
Tajriba: 1 yilgacha
Bu bosqichdagi kopirayterlar asosiy bilimlarni puxta egallab, blog postlari yoki oddiy reklama matnlari kabi qiyinroq yo'nalishlarda ham ishlashni boshlaydi. SEOni bazaviy darajada bilishadi. Sifatliroq hamda maqsadli kontent yaratish uchun zarur tadqiqotlar o‘tkazishni o‘rganadi.
Middle
Tajriba: 3 yilgacha
Middle'lar maqsadli auditoriyani jalb qila oladigan va biznes maqsadlariga erishadigan kontent yoza olishadi. Ular loyihalarni mustaqil ravishda boshqara oladi va kontent strategiyalarini ishlab chiqadi. Ko‘pincha dizaynerlar, marketologlar va kompaniyaning boshqa bo‘limlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Middle+ kopirayter
Tajriba: 3-4 yil.
Bu bosqichda marketing kampaniyalarini strategik rejalashtirishda ishtirok etish boshlanadi. Ular junior'larga rahbarlik qilishlari va bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihaga mas’ul bo‘lishlari mumkin. Kontent sifati va uning brendga muvofiqligi uchun yuqori darajadagi mas’uliyati bilan ajralib turadi.
Senior
Tajriba: 5+ yil.
Senior'lar kopirayting va marketing sohasida chuqur bilimga ega. Ular asosiy kreativ g‘oyalarni ishlab chiqishda qatnashishlari, kopirayterlik bo‘limiga rahbarlik qilishlari va yosh hamkasblarini o‘qitishlari mumkin. Murakkab matnlar yozish, kampaniyalarning asosiy xabarlarini ishlab chiqish va kommunikatsiyaning barcha darajalarida brend bilan nozik aloqani saqlashni o‘z ichiga oladi.
Team Lead / Lead kopirayter
Tajriba: 7+ yil.
Kopirayterlar jamoasi, tahririyat rahbarlari kreativ yo‘nalish va strategik rejalashtirish uchun to'liq javobgar bo'la oladi. Loyihalarda jamoalarni boshqaradi, kampaniyalar uchun asosiy xabarlar va strategiyalarni belgilaydi hamda barcha sifat va uslub andozalariga rioya qilinishini nazorat qiladi. Lead kopirayterlar, shuningdek, mijozlar bilan munosabatlar bilan shug‘ullanib, mijozlar oldida kreativ g‘oyalarni taqdim etadi va himoya qiladi.
Aytish kerak bo'lgan narsalar
1. Kopiraytingda 10 yilga yaqin tajribasi bo'lib, SMM postlar, Telegram bloglardan nariga o'tmagan kishi senior yoki middle+ bo'la olmaydi.
2. SMM agentlikda 10 yildan ortiq tajriba bo'lsa ham team lead'likka da'vo qilish qiyin. U Uzum yoki Yandex'ga kelgan taqdirda ham qiyinchiliksiz ishlab keta olishi kerak
3. Davlat yoki mintaqadagi eng kuchli brendlar, agentliklarda ishlash daraja bo'yicha tezroq ko'tarilishga olib keladi
Endi o'zingiz izohda yozib keting-chi, qaysi darajadasiz?

Statistikalardan lavha
Siz uchun qaysi grafik bog'lanishlari qiziq: o'rtacha yosh, daromad, tajriba, daraja, kuzatiladigan bloglar?
*to'liq statistika ham tez orada taqdim etiladi, rasmda taxminan 5% ma'lumot

Research.pdf
2 MB
Oʻzbek kopiraytingi qay darajada?
Oʻtgan hafta kopirayterlar orasida eng mashhur boʻlgan 6 ta blogda soʻrovnoma oʻtkazdik
4500 ga yaqin ma’lumotlarni tahlil qilgan holda yuqoridagi statistikalarga erishdik. Sifatli va keng qamrovli tadqiqotga oʻz hissasini qoʻshgan barchaga rahmat
*tadqiqot sifatli boʻlishi uchun shubhali javoblarni olib tashladik
M: junior, 18-22 yosh, faqat oʻzbek tilida ishlaydi, daromadi +2500$ kabi

Agar siz Middle+ bo'lsangiz, hayotingizning eng qiyin davriga yaqin qoldi
Kopirayterni 2 ta taqdir kutadi (odatda):
• Bosh muharrir
• Kreativ direktor
Siz esa 2 yo'ldan birini ayni Middle+ (yoki middle) da tanlaysiz va orqaga yo'l yo'q
O'tgan 3 yil davomidagi moliyaviy qiyinchiliklar davomida juda ko'p qo'shimcha loyihalarda ishlash imkoni paydo bo'lgan (bu storytelling emas, qiyinchilik bo'lishi tabiiy narsa).
Matn, g'oya bilan bog'liq hamma ishlarni qilib ko'rdim: tarjima, o'zbekchalashtirish, saytlar, tavsiflar, saytlar, lending peyjlar, senariylar, kreativ, SMM, slogan, neyming, TOV, UX matnlar, PR maqolalar... Bu ro'yxatni istagancha davom ettirish mumkin
Meni senior deb hisoblab boshlashganida ham men aniq yo'lni tanlamagan edim. Hozir ham frilansda UX, tahrir va Kreativda parallel ishlayman
Endi esa juda katta tanlov qarshisidaman, oxirgi nuqta qayer?
payme'dan ketgach, ozroq tanaffus oldim va hozir 6 ta ish taklifi bor: 2 ta Kreativ direktor, 2 ta muharrir
Qolgan 2 tasi esa Head of SMM
Qaysi yo'lni tanlashni hal qilib olarman, ammo boshlovchilarga aniq maslahatim: yo'lning boshida turib, oxirgi manzilni aniqlab oling. 70-80% yo'l bosib o'tilganda qiynalmaslik uchun
Agar maqsad ko'p pul topish bo'lsa, havotirlanmang. 2 ta yo'lning oxiri ham 3-5k

Forwarded from yelvizak
Yana bitta loyihada ishim oʻxshagani uchun tovuqlarga qoʻshimcha yarim kosa don bervordim))
Luish Figu bo'lmang
1995-yilda Figu bir vaqtning o'zida Parma va Yuventus bilan shartnoma imzolaydi. 2000-yilda esa matbuot anjumanida "Men Barcelonada qolaman" deydi va 1 haftaga bormasdan Real Madrid bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qiladi
Ayrim hollarda biz ham shu kabi vaziyatga to'qnash kelamiz. Masalan menda
Bir kompaniyadan seshanba kuni javob olishim kerak edi. Buni boshqa kompaniyalarga ham aytganman: Seshanba kuni ularning javobiga qarab, bir narsa deya olaman, qabilida.
Ammo kompaniya juma kuni aniq javob berishini aytdi.
Ikkinchi tarafda boshqa kompaniyalar "Seshanba kuni, degan eding" deb mendan javob kutishmoqda
Endi nima qilish kerak?
Ayni shu paytda soft skillar yordam beradi. Sixni ham, kabobni ham kuydirmasdan vaziyatni o'nglash kerak.
Bu vaziyatda siz nima qilgan bo'lar edingiz?
*o'zimni javobimni keyingi postda qoldiraman

Kopirayting | Yoʻldoshevdan pinned «Kopirayting kursi bepul boʻlishi kerakmi? Oʻtgan yillar davomida kopiraytingni oʻrgandim, ishladim, oʻrgatdim. Lekin doimo bitta maqsadim boʻlgan: YouTube'ga bepul darsliklar joylab borish. Bu hozircha amalga oshmadi, ammo… Ammo yaxshirogʻi amalga oshdi.…»
Yoshlarga 5 maslahat
(60 yoshli odamdek yozyapman oʻziyam))))
Bu maslahatlar asosan juniorlar uchun.
1. Avval sinab koʻring.
Masalan, kopirayter boʻlmoqchisiz, ammo nimadan boshlashni bilmaysiz.
0 dan oʻrganish uchun avvalgidek kurslar olish shart emas. EdFix platformasida kopirayting kursi mutlaqo bepul
Link: https://edfix.uz/courses/kopirayting-onlayn-kursi
2. Bogʻlanib qolmang, qolib ketmang
6-7 oy bir sohada ishladingiz, ammo oʻsmayapsizmi, boshqa narsalarni ham oʻrganing. “Bir gap boʻlar” deb yurmang. Birorta kursda oʻqib, 1 yilda shu kursni pulini topmadingizmi, menimcha, bu soha siz uchun emas. Pul topishni eng oson yoʻli kopirayting emas. Shunchaki buyam elqatori bitta ish xolos
3. “Odam oʻzi sevgan ishini qilishi kerak”mas
Odam qaysi ishni zoʻr qilsa, shuni sevadi, chunki aynan natija rohat beradi. “Shunga qobiliyatim bor, shu menga yoqadi” kabi oldi-qochdi gaplaringizga ishonmang. Bolaligidan “uchuvchi boʻlaman” degan doʻstlarim, mazza qilib boshqa sohada ishlab yuribdi
4. Tanish-bilish orttiring
Meni eng koʻp qiynagan muammo. Boshida yaxshi kopirayter edim, ammo hech kim meni tanimas edi. Uchrashuvlar, tadbirlarga boring. Odamlar bilan gaplashing, blog yuriting, kimlargadir xolis yordam bering va oʻzingizni taniting
5. Eng muhimi: hammani eshiting va qarorni oʻzingiz qabul qiling
Chunki odamlar hamma narsaga oʻz harakatlari sabab “erishadi”. Yaxshi kunlarga ham, yomon kunlarga ham. “Falonchi shunaqa maslahat beruvdi” deyish hech narsani anglatmaydi
Bosinglar xullas

Forwarded from Marketing bo'limi
⚡️ 605 agentligi xodimlari 8 ta Kann festivali oltin sherini qoʻlga kiritdi
Hozircha 3D printerda chiqarilganini
“Issiq-sovuq qilamiz”, “Onasini emsin” va yana boshqa butun internetda aylangan gʻoyalari bilan mashhur 605 marketing agentligi oʻz xodimlari orasida qiziq ragʻbat yoʻlga qoʻydi.
Agentlik xodimlari bilan ofisdan tashqarida “kick off meeting” shaklida uchrashuv oʻtkazdi. Oxirida esa faol boʻlgan jamoa a’zolari Kann festivalining asosiy sovrini boʻlgan “Oltin sher”mukofotini qoʻlga kiritdi.
Gap shundaki, hali beri Oʻzbekistonda ushbu mukofotni hech kim qoʻlga kiritmagan. Jamoaning gʻoyasi esa xodimlarni uni qoʻlga kiritishga motivatsiya berish edi.
Ushbu mukofot bilan shunaqa messej berilgan: “Sizda endi Kann sheri bor. Endi yangi kreativ gʻoyalar ustida bemalol ishlashishingiz mumkin”.
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tonngimaslahat
Agar matn yozishdan maqsad shunchaki matn yozish bo'lsa, yozilmagani ma'qul