Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#ochiq dars

2025-yil 29-sentyabr kuni rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi A.Sh.Mahmudjonova 1624-guruhida "Rus tilida uslubiyat" mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi. Darsda "Uslub mikrofoni", "Uslubini toping", "Svetofor" kabi interaktiv usullar asosida o'quvchilarning egallagan bilimlari mustahkamlandi va baholandi.

@chdpial
🥰7👏5👍4
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq dars

2025-yil 29-sentyabr kuni rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi A.Sh.Mahmudjonovaning 1624-guruhida  "Rus tilida uslubiyat" mavzusidagi ochiq darsidan videolavha

@chdpial
👍4🥰3👏1
Forwarded from G’ofurjon Muhamedov
Hurmatli hamkasblar, professor-o‘qituvchilar va universitetimiz talabalari!

Sizlarni «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman va eng samimiy tilaklarimni yo‘llayman!

O‘qituvchilik – bu nafaqat kasb, balki o‘quvchilarini o‘z farzandidek ardoqlab, ular uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan fidoyilar missiyasi ham. Bizning ustozlarimiz esa bu ma’noda ikki karra o‘qituvchilardir. Chunki bizning oliy ta’lim muassasamizda kelajak pedagoglarining kasbiy shakllanishi amalga oshadi.

O‘qituvchining vazifasi — faqat o‘zi etuk mutaxassis bo‘lish emas, balki bu bilim va mahoratni o‘z talabalariga ham samarali yetkaza olishdir.

Hurmatli hamkasblar, sizning bilimingiz, donoligingiz va tajribangiz o‘z sohasining haqiqiy professionallarini tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mashaqqatli va fidokorona mehnatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman hamda sizlarga salomatlik, muvaffaqiyat, dars jarayonlarida ilm olish ishtiyoqida ko‘zlari yonib turadigan talabalar nigohi, tinimsiz ilhom va tugalmas energiya tilayman!

Shu o‘rinda, aziz talabalarimizga ham alohida murojaat qilmoqchiman.

O‘qituvchi, tarbiyachi, ustoz bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Oldingizda murakkab, biroq ishonch bilan ayta olamanki, juda qiziqarli va mazmunli faoliyat turibdi. Siz bilim, ko‘nikma va malaka bo‘yicha ulkan tajriba to‘plab, haqiqiy ustozga aylanishingiz kerak bo‘ladi.

Sizlarga bu yo‘lda chuqur bilim, barqaror salomatlik, yangi kashfiyotlar, doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va qo‘yilgan maqsadlarga erishishda omad hamroh bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan
G‘.I.Muxamedov

Telegram | Instagram | Facebook
👏7
Qadrli o‘qituvchi, ustoz va murabbiylar!

Barchangizni 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog‘liq, Yangi O‘zbekistonning bilimli, ma’nan yetuk va barkamol avlodini, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislarini tarbiyalashdagi zahmatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar va muvafaqqiyatlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

ZAKIROV Doniyor Utkirovich
CHDPU akademik litseyi ijrochi direktori.

@chdpial
👏5
#ehtirom

Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir

Ustozlik – jamiyatning ma’naviy poydevorini barpo etadigan oliy maqom. Millatning ertasi maktablardan, dunyoqarashi keng, bilimli, mehrli ustozlarning tarbiyasidan boshlanadi.

Millatning kelajagi, yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodning dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasi avvalo, fidoyi muallimlarning zahmatkorona mehnatlariga bog‘liqdir.

Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim sifatini oshirish, ustoz va murabbiylarning mehnat hamda turmush sharoitini yaxshilash – islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir.”

Bu fikrlar ta’lim sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning, ustoz va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat va ishonchning yorqin ifodasidir.

👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

(Toshkent viloyati hokimi,  senator Zoyir Mirzayevning "Toshkent haqiqati"  gazetasining 2025 yil,  1 oktyabrdagi 74-sonida chop etilgan Ustozlik maqomi, shogirdlik ehtiromi hamda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va uning hayotbaxsh samaralari xususidagi mulohazalari)

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozga_ehtirom

1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 15-25 guruhi o'quvchilarining ustozlarga bayram tabrigi sifatida tayyorlagan videoroligi.

Bayramingiz muborak bo'lsin aziz Ustozlar!
👍11🥰8👏4
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan dolzarb tashabbuslar (video)

O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish

Mintaqa miqyosida Osiyo xotin-qizlar forumini muntazam o‘tkazib borish

EKOSOS va YUNKTAD shafeligida Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish

YUNIDO bilan sanoatda “YASHIL” texnologiyalar mintaqaviy habini tashkil etish

Mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, “yashil” makon barpo etish hamda demografik barqarorlikka erishish bo‘yicha dasturlar qabul qilish

BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy sheriklik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyutsiyasini qabul qilish

Afg‘oniston orqali xalqaro transport va energetika koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha BMTning alohida rezolyutsiyasini qabul qilish

Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari bo‘yicha mintaqaviy kengashni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish

Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini O‘zbekistonda ochish

Xalqaro tranzit koridorlarining xavfsizligini ta’minlash va samarali logistika zanjirini yaratish borasida “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun o‘zaro transport bog‘likligini mustahkamlash” global mexanizmini joriy qilish

Iqlim migratsiyasi kuchayib borayotgan sharoitda xalqaro sheriklik va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritish bo‘yicha Global pakt qabul qilish

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida sun’iy intellektning amaliy yechimlari va modellarini beg‘araz almashishga qaratilgan Xalqaro hamkorlik mexanizmini yaratish taklif etildi.

“Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va uning qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklif etildi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun 6-yo‘nalish bo‘yicha roʻyxatdan oʻtish jarayoni yakunlanadi

Bu tanlovda 56.7 va undan yuqori ball to‘plagan quyidagi ikki toifadagilar:

o‘qishga kirolmagan yoki
testga kirgan-u, OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar ishtirok etadi.

Bunda abituriyent bitta emas, 5 tagacha yo‘nalish tanlashi mumkin. Faqat quyidagi vakant qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha:

Vakant kunduzgi
Vakant kechki
Vakant masofaviy


Tanlash bugun 3-oktyabrgacha, my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Дунёдаги энг ақлли одам эълон қилинди

50 ёшли америкалик математик Теренс Тао IQ тестида 230 балл тўплади. Бу ҳозирги даврда энг юқори кўрсаткич ҳисобланади.

👉 https://kun.uz/kr/63146556

Kun.uz расмий канали
👍1👏1
CHDPU Akademik_litseyda
#Profilaktik_tadbir

Akademik litseyida Chirchiq shahar IIB XPB inspektor, psixologi leytenant U.Jumanov hamda akademik litsey Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari T.Mõminov hamkorligida guruhlarda profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Unda o’quvchilarga jinoyatchilikni oldini olish hamda giyohvandlik uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Suhbat davomida akademik litseyda ichki tartib qoidalarga rioya qilish yuzasidan tavsiya va ko’rsatmalar o’quvchi yoshlarga yetkazildi.
👍3🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlari — tinchlik elchilari!

🇺🇿🇺🇸Davlatimiz rahbarining BMT yubiley sessiyasidagi chiqishi va AQShga tashrifi tarixiy voqea bo‘ldi desak adashmaymiz.

Ayniqsa, yurtboshimiz BMT minbarida ilgari surgan “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” tashabbusi — insoniyatni birlashtiruvchi, yoshlar qalbida tinchlik, birdamlik va barqarorlik g‘oyalarini mustahkamlovchi ulkan chaqiriqdir.

Endi O‘zbekiston yoshlari BMTda nafaqat ishtirokchi, balki tinchlik, vatan sha’nining elchisi, ertangi kunning ovozi sifatida faoliyat yuritadi.

#Mirziyoyev #BMT #Yoshlar

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📚 Endi kitoblar ulashamiz!

Yoshlar ishlari agentligi, Asaxiy Books
va “WikiMarafon” loyihasi hamkorlikda kitobxon yoshlar uchun yangi tanlovni e’lon qiladi.

10–15-oktyabr
kunlari o‘tkaziladigan “WikiKitob” tanlovida qatnashib, kitoblar to‘plamidan birini yutib olish imkoniga ega bo‘ling! 🎁

Tanlov shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz va botdagi test savollariga javob berasiz.

✔️Batafsil - Tanlov nizomi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ESLATMA!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ilk bor Erkin Vohidov nomidagi “E Voh” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkazilmoqda!

Tashkilotchilar:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bolalar Ombudsmani, UzReport axborot agentligi, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi.

📌 Kimlar taklif etiladi: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xorijdagi o‘zbek tili ixlosmandlari.

🕘 1-onlayn bosqich: 12-oktabr, soat 11:00.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot  @tasimo1_bot | @tasimo_bot

📹 Batafsil YO‘RIQNOMA:

🏆 Mukofotlar: g‘oliblarni pul mukofoti va xorijiy stajirovka dasturlariga yo‘llanma kutmoqda.

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun yana katta imkoniyat!

Endilikda yoshlarimiz chet tillarini “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida o‘rganishi mumkin.

Bunda 14–30 yoshdagi yigit-qizlarga ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy tillarini o‘rganishlari uchun subsidiya ajratiladi.

1. Dasturga ko‘ra, birinchi 2 oy to‘lov o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi, keyingi 6 oy uchun to‘lovlar davomatga mutanosib ravishda quyidagi tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.

2. Subsidiya miqdori (oyiga maksimal) Toshkent shahrida 824 ming so‘m (BHM × 2) gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida 618 ming so‘m (BHM × 1,5) gacha, tuman va shaharlarda 412 ming so‘m (BHM × 1) gacha qoplab beriladi.

3. Asosiy shartlari: Ariza beruvchi minimal ko‘rsatkichga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Ariza beruvchi faqat bitta til bo‘yicha subsidiya olishi mumkin.

4. Dastur doirasida har yili 20 ming nafargacha, 2025–2030-yillar davomida 100 ming nafargacha yoshga subsidiya ajratiladi.

Manba: Vazirlar Mahkamasining 632-son Qarori

@alisher_sadullaev
👏1
Forwarded from Alisher Sadullaev
🇺🇿Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ko‘p tomonlama muhim bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.

Xususan, diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/13 02:45:17
Back to Top
HTML Embed Code: