Telegram Web
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Davlat rahbarining 05.03.2025-yilda oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengash yigʻilishida berilgan topshiriqlar xususan, tergov sifatini oshirish va yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganilmoqda.
Jumladan, Olot, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tuman prokuraturalarida va tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tergovchilari hamda surishtiruvchilari ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini olib borilishi, hududda sodir etilib, fosh etilmagan kiberjinoyatlar ahvoli muhokama qilindi.

Shuningdek, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, amaliyotdagi mavjud muammoli masalalar ham tanqidiy muhokama qilindi, tergov sifatini yanada yaxshilash, tergovchilar va yosh mutaxassislarning tergov sifati va ish samaradorligini oshirish maqsadida muntazam ravishda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Oʻrganishlar davom etmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Prezidentning PQ-1, 111 va 253-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ahvoli Buxoro viloyatida oʻrganildi.
Jumladan, ishchi guruhi tomonidan mazkur qarorlar ijrosi Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan “Shayx-ul Olam”, “A.Donish”, “S.Ayniy” va “N.Ganjaviy” MFYlarda oʻrganildi.

Ushbu mahallalardagi mahalla yettiligi va ijtimoiy profilaktikaga masʼul boʻlgan mutasaddilar tomonidan “Yoʻl xarita”larda belgilangan tadbirlar ijrosi taʼminlaganligi, individual profilaktik tadbirlar oʻtkazilganligi, “namunaviy xafvsiz koʻcha” va “namunaviy xavfsiz yoʻlaklar” tashkil etilganligi, hududda mavjud obyektlar texnik qoʻriqlovga olinganligi natijasida “Shayx-ul Olam” va “S.Ayniy” MFY “qizil” toifadan “sariq” toifaga oʻtkazilishi taʼminlangan.

Oʻrganish yakunida, ijtimoiy profilaktik hisobda turuvchi
shaxslarning muammolarini hal qilish va ularni hisobdan chiqarishga qaratilgan tadbirlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mutasaddi idoralar masʼullariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi
Qabul jarayonida, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, 30 dan ortiq ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq sohasiga doir murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilandi hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi qabullar tasdiqlangan reja asosida viloyat hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib borilishi aholiga o‘zlarini qiynayotgan muammolarni bevosita mas’ullarga yetkazish, ularning yechimini joyida topish hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/10/12 13:07:20
Back to Top
HTML Embed Code: