Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
176 - Telegram Web
Telegram Web
Frontend uchun algoritmlar kerakmi?

Kim kerakmas desa yolg'on aytibdi!

Frontendda emas backendda algoritmlar bo'ladi deyishsa bekorlarni beshtasini yeyishibdi!

Backendmi, frontendmi siz kod yozyapsiz. Frontendda algoritm va ma'lumotlar tuzilmalarining ishlatilishi backendnikidan kam emas. Shunchaki ikkalasi 2 xil yondashishga undaydi.

Agar bu narsani hali tushinib yetmagan bo'lsangiz, algoritmlar haqida to'liq tushunchaga ega emassiz. Xatto CSS yozyotganda sizga algoritmlar kerak bo'ladi.

Pinterestga kirganimdan beri bitta ham vazifa bo'lmadiki algoritmlar yozmagan bo'lsam. O'zi umuman olganda 7 yillik frontend tajribamda har doim algoritmlar bilan ishlagan ekanman. Buni faqat hozir anglab yetyapman.

Aytgancha, algoritm ekan deb kodni murakkablashtirib tashlash kerak emas. Siz odamlar uchun kod yozasiz. Boshqalarga aqlli ekanligingizni ko'rsatish uchun emas. Agar kodingiz murakkablashganini sezsangiz demak nimanidir xato qilyapsiz. Ha, ba'zi muammolarning ozi murakkab yechi talab qiladi. Lekin dasturchi sifatida yaxshi yechim topish bizning vazifamiz.

Bu mavzuda misollar bilan albatta bitta maqola yozaman. Bittasi kamlik qilsa ham kerak.

Kanalga yozadigan narsalarim ko'p. Agar kimlardir kutayotgan bo'lsa uzr so'rayman. O'tirib hammasini yozib chiqay desam vaqt yetmaydi. Shunaqa qisqa, tez fikrlarimni berib turay hech bo'lmasa. 🙂️️️️️️
Brogrammist
Frontend uchun algoritmlar kerakmi? Kim kerakmas desa yolg'on aytibdi! Frontendda emas backendda algoritmlar bo'ladi deyishsa bekorlarni beshtasini yeyishibdi! Backendmi, frontendmi siz kod yozyapsiz. Frontendda algoritm va ma'lumotlar tuzilmalarining ishlatilishi…
Disclaimer: Balki men dizayn sistemalar ustida ishlaganim uchun algoritmlarga ko'p ishim tushar. Chunki odatda ko'p narsalar uchun npm library lar ishlatiladi. Hech kim murakkab narsalarni o'zi noldan qurishni xohlamaydi. Bu ko'pincha to'g'ri ham emas. Ortiqcha ish.

Lekin shunday bo'lsa ham dasturingiz talablariga mos kutubxonalar har doim topilavermaydi. Backendda ham shunday.
Ertaga savol-javob qilamizmi? Ko'pchilikka qulay vaqtga belgilayman. (O'zbekiston vaqti bilan)
Anonymous Poll
18%
14:00
19%
16:00
21%
18:00
63%
20:00
Live stream scheduled for
Live stream scheduled for
Ko'pchilikning ovoziga ko'ra suhbat vaqtini 20:00 qo'ydim. Hammasi yozib olinadi. Qatnasholmaydiganlar savollarini shu yerda komment tarzida qoldirishlari mumkin. 🙂
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Barchamizga Ramazon oyi muborak bo'lsin!
Kun mulohazasi

Agar biror dastur yoki veb-saytni ishlatyotganingizda asablaringiz buzilmasdan, xotirjam, hech narsani o'ylamasdan, faqat ishiningiz bitishi haqida qayg'ursangiz,
demak,
buning ortida asablari buzilgan, kodi ishlaguncha bezovta bo'lgan, odamlar mazza qilib ishlatsin deb qayg'urgan dasturchilar bo'ladi.
Kun mulohazasi

Biror bug report yoki xatoliklarni tuzatishga oid vazifalar tushib qo'lsa, aksariyat holatlarda ularning sababi dasturchining xatosi bo'ladi. Bu shaxsiy kuzatuvim. Men shu paytgacha ishlagan kompaniyalarda shu narsani ko'p ko'rganman. O'zim ham anchagina bug reportlarga sababchi bo'lganman.

Nega ko'pincha dasturchi aybdor?

Oldin ham bu haqida yozgandim. 2 ta katta sabab:

1. Dasturchida berilgan vazifaga yaxshi yechim bera olishi uchun vaqt kam. Ya'ni ish shoshib qilinadi.

2. Kommunikatsiya. Vazifaning ba'zi detallariga oydinlik kiritmasdan, o'zining tahminlari va mulohazalariga tayanishi.

Nega degan savolni tepadagi har bir sabab uchun ham berish mumkin. Faktorlar juda ko'p. Nega savollari zanjirining oxiri yo'q.

Xo'sh, sizning kuzatuvingiz qanday?
Brogrammist
Kun mulohazasi Biror bug report yoki xatoliklarni tuzatishga oid vazifalar tushib qo'lsa, aksariyat holatlarda ularning sababi dasturchining xatosi bo'ladi. Bu shaxsiy kuzatuvim. Men shu paytgacha ishlagan kompaniyalarda shu narsani ko'p ko'rganman. O'zim…
Dasturchi aybdor bo'lmay kim aybdor bo'lsin?

Qisqa javob: Dasturni dasturchi qurgani uchun. 😬

Katta team/guruhlarda kod yozadigan dasturchilar asosan junior'lar va middle'lar. Senior dastruchilar esa asosan rejalashtirish, infrastruktura, kattaroq loyihalar fundamentini ko'tarish va hokazolar bilan shug'ullanishadi.

Mayda detallarda gap ko'p. Nisbatan kichik ishlar juniorlar tomonida bajariladi. Boshqalar (senior/middle) esa uni tekshiradi. Ba'zida mayda detallarga tikilib, asosiy narsalarni ko'rmay qolamiz. Bu tabiiy.

Undan tashqari berilgan dastur talablari va arxitekturasida yo'l qo'yilgan xatoliklar ham bor. Bu endi asosiy narsalarga e'tibor qaratib, mayda lekin muhim detallarni ko'zdan qochirish bo'ladi.
Bunday holatda nafaqat dasturchilar, balki biznes tarafidagi odamlar ham sababchi bo'lib qoladilar. Chunki dasturga qo'yilgan talablar o'ta murakkab bo'lishi va ularni aniqlashtirishda dasturchilarga yetarli yordam ko'rsatilmasligi mumkin.

Albatta bularning hammasi shaxsiy mulohazalarim. Sizning fikringiz qanday?
Amalga oshirish juda murakkab bo'lgan ishga o'ta sodda yechim bera oldim. Albatta bu yechimga kelguncha ancha vaqtim ketdi.

Boshqa seniorlardan shunaqa maqtov olish boshqacha zavq beradida 😌. Har holda to'kilgan terga rozi bo'ladi odam. Quvvat beradi.

P.S. Uzr, maqatanishni yomon ko'raman, lekin bunaqa maqtov har doim ham eshitmayman. Shunga sizlarga ham ko'rsatgim keldi.
Live stream scheduled for
Brogrammist
Bu safar YouTube'da qilamiz 🙂 https://www.youtube.com/live/5fMCXjqe7hg?si=cBHIQsFazMcFjXCH
Stream'ga kirganlarga katta rahmat!

Bu uslubda birinchi marta stream qilganim uchun kamchiliklar bo'lsa aybga buyurmaysiz. 🙂️️️️️️
2025/06/30 04:51:34
Back to Top
HTML Embed Code: