Telegram Web
Bored Panda
Real nima qildi?
REAL NIMA QILAYAPTI!
Manimcha, o'yin super darajada o'tdi. Teng kuchli raqiblar o'rtasidagi shiddatli uchrashuv guvohi bo'ldik. Va uning finali o'ta yuqori kulminatsiyada tugadi. Realchilarni tabriklayman!
9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan!

@boredpandablog
​​#review

"Baby Reindeer", 2024

2024-yildagi insonda noqulay tuyg'ular uyg'otadigan nihoyatda dramatik va emotsional seriallardan birini ko'rib tugatdim.

2015-yil. Londondagi odatiy kichik pabda barmen bo'lib ishlayotgan omadsiz komik Donni Dann navbatdagi mijozni kutib oladi. U Marta Skott ismli g'amgin do'mboq ayol bo'lib, uning xatto choyga ham puli bo'lmaydi. Unga rahmi kelgan Donni uni choy bilan mehmon qiladi. Natijada ayol endi har kuni ertadan kechgacha shu yerga keladigan va unga har kuni yuzlarcha sms jo'natadigan bo'ladi. Aloqani birdaniga uzishni istamagan Donni Martani yo'lga solmoqchi bo'ladi, ammo keyin ma'lum bo'lishicha Marta oldin ham ta'qib qilishda ayblanib sudlangan bo'pchiqadi...

Eng qizig'i, mini-serial rejissor va bosh rolni ijro etgan Richard Gedd voqeani o'ylab topmagan. Bu mutlaqo real hikoya. Yetti qismdan iborat serialning har bir qismida voqealar yanada dramatik tus olib, bosh qahramonga achinishni boshlaysan.

Oldiniga buni juda oddiy qabul qilasan. "Xunuk, semiz ayol, buni ustiga boshqa insonni ta'qib qilayapti" deya osongina xulosa chiqarib qo'yasan. Lekin bu noto'g'ri bo'ladi.

Har bir psixologik travmaning o'z manbasi va oqibatlari bo'ladi. "Baby reindeer" o'z stili va yo'nalishi bilan boshqa seriallarga o'xshamaydi. U ba'zan kulguli, ba'zan dardchil, ba'zi joylari yengil, boshqasida esa og'ir epizodlarga ega. Bosh qahramon serial davomida o'z travmalari bilan kurashib, uni hatto san'atga aylantira oladi.

Serialning oxirida, nihoyat sud Martani 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgach, Donni Martani yaxshiroq tushunish uchun uning son-sanoqsiz audiolarini tinglashni boshlaydi. Hamma ishini yig'ishtirib, Martani motivlarini o'rganishni boshlaydi. U audiolarni emotsiyalarga ko'ra, tasniflab chiqadi va hayotda omadi kelmagan ayolni oz-moz tushuna boshlaydi. Mana shu yer serial kulminatsiyasi desak to'g'ri bo'ladi.

Serial nomi o'zbekchada "Kiyik bolasi" deb tarjima qilinadi. Qiziqarli nom. Marta Donnini erkalab shunday ataydi. Nega serial shunday nom olgan, uning ma'nosi nima, keyin ushbu serialdan keyin "Sent from my Iphone" iborasi nega mashhur bo'lganini uni tomosha qilib bilib olasiz. Barchaga tavsiya qilaman.

Sent from my Iphone

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

"Tinch joy: Birinchi Kun" filmining yangi treyleri taqdim etildi.

@boredpandablog
#kinonews

"Deadline" xabariga ko'ra, aktyor Xiroyuki Sanada "Shogun"ning 2-mavsumi uchun shartnoma imzolagan

Tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan nihoyatda iliq qarshi olingan va ushbu muvaffaqiyat to'lqinida bo'lgan FX kinokompaniyasi - yo katta xatoga yo'l qo'yadi yoki juda dadil harakat qilib, omadga erishadi –– chunki ular ushbu shouni ikkinchi mavsumga uzaytirishmoqchi.

Gap shundaki, "Shogun"ning birinchi mavsumi yozuvchi Jeyms Klavellning shu nomdagi roman-epopeyasi, ya'ni butun manbani moslashtirib bo'lgandi, endi mualliflar yangi ssenariyni o'zlari o'ylab topishlari kerak bo'ladi.

@boredpandablog
#haqida

Jabrdiyda pozitsiyasi

Hozirda Isroil bilan qiziq voqea yuz bermoqda. Bunday olib qaralsa, G'arbdagi butun so'l-liberal kun tartibining o'zagi, qoida tariqasida, yahudiylar edi. So'l-liberallar optikasida "jabrdiyda hamisha haq", shuning uchun ular BlackLivesMatter, Ukraina, metoo tomonida turishdi, feminizm va muhojirlarga nisbatan bag'rikenglik qadriyatlarini targ'ib qilishadi, ular hatto Islomni ham himoya qilishadi (barcha Liberallar hazm qilmasa ham) ular Islom radikal emas degan pozitsiya edilar.

2023-yil 7-oktabrdan keyin hammasi o'zgardi. U birdaniga o'zlari qo'ygan optikada Falastin ham qurbon ekanligini tushunishdi. Va ushbu so'l-liberal ritorika Isroilning axboriy urushiga xuddi chaqmoqdek zarba berdi. Bu mantiqqa ko'ra, isroillik yahudiylar tomonidan amalga oshirilgan dahshatli ishlar - zo'rlash, o'ldirish, garovga olish, fuqarolarni ochlikka mahkum etish - ya'ni ularning hukumati ham apriori zolim degan xulosaga kelishdi.
Yahudiylar butun tarixi davomida axboriy kurashda eng katta mag'lubiyatga uchradilar - endi ular ayblanuvchilarga aylanishdi.

Aslida, bu juda qiziq jarayon. Agar siz ularni chuqurroq tushunmoqchi bo'lsangiz, ajoyib sotsiolog Viktor Vaxshtaynning so'nggi chiqishlarini tomosha qiling/tinglang.

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seriallar tarixidagi eng buyuk sahnalardan biri shu bo'lsa kerak.

Tyrion one love!

@boredpandablog
#news

Ish paytida kino tomosha qilish mehnat unumdorligini oshiradi

Professor va samaradorlik bo'yicha ekspert Kel Nyuport muntazam ravishda "madaniy tanaffuslar" qilish, masalan, ish vaqtida kino yoki teleko'rsatuvlarni tomosha qilishni maslahat bermoqda.

"Bu nafaqat charchashni kamaytiradi, balki ijodiy fikrlashni ham rag'batlantiradi", - deydi Kel Nyuport.

Kimga jo'natishni bilasizlar:)

@boredpandablog
#premyera

Ertaga Kinopoisk va Rossiyada Gay Richining yangi filmi prokati boshlanadi.

@boredpandablog
#premyera

⚡️Entoni Xopkins "Shon-sharafga mahkum" nomli yirik tarixiy dramaning ilk posterida

Imperator Vespasian - qonli fuqarolar urushidan keyin taxtga o'tirgan tajribali sarkarda. Odamlarni tinchlantirish uchun u ularga nafaqat non, balki ko'ngilxushliklarni ham berishga qaror qiladi, arenalarda muntazam gladiator janglarini, aravalarda poygalarni va hatto ommaviy qatllar uyushtirishga buyuradi.

Film rejissyori Roland Emmerix ("Mustaqillik kuni", "Ertadan keyin" va "2012")dir.

Premyera yaqin vaqtlarda.

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Meni shuncha kreditim bor, butun umr to'lab o'tasan!
- To'layman, ne xavotirlanasan!

30 yoshdan keyingi zamonaviy sevgi izhori taxminan shunday bo'ladi😂

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #serial #QudratUzuklari

💥💥"Uzuklar hukmdori: Qudrat Uzuklari" seriali 2-mavsum ilk tizeri.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#HouseOfDragon #AjdarXonadoni

⚡️“Ajdar Xonadoni” seriali ikkinchi mavsumining yangi treyleri e'lon qilindi.

Premyera 16-iyun.

@boredpandablog
Qaysi fentezi serialni ko'proq kutayapsiz?

❤️ – "Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari"
🔥"Taxtlar o'yini: Ajdar Xonadoni"

@boredpandablog
#youtube_tavsiya

"Farg'ona Shveysariyasi"ga sayohat

Shohimardon — O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi. U Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumaniga qaraydi. Qishloq aholisi 6500 kishidan ziyodroq.

Shohimardon — Farg‘ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. Mahalliy aholi qishloqni «Farg‘ona Shveysariyasi», deb ham atashadi. Go‘zal qishloq Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo‘ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atab kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.

May boshida shu qishloqqa sayohat qildim va qisqacha videorolik tayyorladim.

👉 Youtubeda ko'rish

Ko'rib baho berasiz degan umiddaman!

@boredpandablog
Rashev shuni tavsiya qilibdi.

Netflixdagi Sovuq urushga bag'ishlangan hujjatli film. Ko'ramiz.

@boredpandablog
2024/06/02 23:19:33
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243