Telegram Web
Tungi Marg'ilon go'zal ekan!

@boredpandablog
"Boys" seriali yangi posterda.

Shu serialni haliyam boshlamadimda..

@boredpandablog
#kinonews

Zumerlarda kinodagi erotik sahnalar qiziqish past

Filmlardagi jinsiy aloqa sahnalari soni 2000-yildan beri 40% ga kamaydi, deb yozadi The Guardian.

Intim sahnalari bo'lmagan filmlar soni esa 18% dan 46 %ga oshdi. Ammo filmlarda so‘kinish va zo‘ravonlik 2000-yildagi kabi darajada qolgan.

Buning sabablaridan biri shundaki, zumerlar endi seksual hayotga ko'pam qiziqmaydi, deydi mutaxassislar.

@boredpandablog
Bored Panda
#kinonews Zumerlarda kinodagi erotik sahnalar qiziqish past Filmlardagi jinsiy aloqa sahnalari soni 2000-yildan beri 40% ga kamaydi, deb yozadi The Guardian. Intim sahnalari bo'lmagan filmlar soni esa 18% dan 46 %ga oshdi. Ammo filmlarda so‘kinish va zo‘ravonlik…
Ey oldlar, hozirgi yoshlarga biz yoshligimizda bozorning pana-pastqamlar joylaridan, tanishlar orqali videokassetaga yozilgan "kino"larni sotvolib, uyga opkelib, xonani ichidan berkitib tomosha qilganimizni aytamizmi?😄

@boredpandablog
Bored Panda
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#serial #premyera

"Boys" seriali 4-mavsum treyleri taqdim etildi.

Premyera 13-iyundan start oladi.

@boredpandablog
Bu haykalni faqat tarix darsligidagi rasmlarini ko'rgandim.

Farg'onada borishga joylar tavsiya qilinglar:)

@boredpandablog
Forwarded from Panda Books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seni Shohimardonda, tog' etaklarida sog'inyapman.

@panda_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#serial #premyera

Disney Xalqaro "Yulduzlar jangi" kunini yangi "Akolit" seriali treyleri bilan nishonladi

Ushbu mini-serial Eski Respublikaning oltin davri oxiri - "Yashirin xavf" davridan bir asr oldin sodir bo'lgan voqealar haqida hikoya qiladi. Loyiha Jeday tartibotining qorong'u tomonlarini ochib beradigan detektiv triller sifatida tasvirlangan.

Birinchi 2 ta qism premyerasi 4-iyun kuni Disney+’da bo‘lib o‘tadi.

@boredpandablog
#kinonews

Deni Vilnyov "Dyuna-3" (Dune) ni suratga olishdan oldin dam olishga va "kichikroq" film olishga qaror qildi

Warner Bros. Kinokompaniyasiga prokatda milliarddan ziyod mablag' keltirgan franshiza "pauza"ga qo'yiladigan bo'ldi.

Ehtimol, shu orqali rejissor o'ziga kelib, yana kuch to'plab olishga qaror qilgandur. Nima ham deymiz, bu ham yaxshilikka.

@boredpandablog
#kinonews

"Forsaj XI" filmining yakuniy qismi 2026-yilgacha chiqmaydi

Buni rejissyor Lui Leteryer tasdiqladi. Bu yozda rejissyor kichik qo'rqinchli film suratga oladi va yil oxiriga kelibgina u "Forsaj" filmining yakuniy qismi ustida ishlashni boshlaydi.

Yakuniy filmning 2026-yilda chiqishi ham ramziy ma'noga ega. O'shanda franshizaga 25 yil to'ladi.

@boredpandablog
Xayr Farg'ona, Salom Qo'qon!

@boredpandablog
#kinonews

“Uzuklar hukmdori” filmida Rohan qiroli Teoden rolini ijro etgan Bernard Xill vafot etibdi

Britaniyalik aktyor 79 yoshda edi. U Jeyms Kemeronning “Titanik” filmidagi kapitan Edvard Jon Smit roli bilan ham yodda qolgan. Ushbu loyihalar tufayli Xill tarixda rekord (11 ta) darajada Oskar mukofotini qo'lga kiritgan ikkita filmda ham rol ijro etgan yagona aktyor hisoblanadi.

@boredpandablog
Kecha kechqurun. Qo'qon. Hotel.

Resepshndagi bola:
- Assalomu aleykum!
- Valeykum assalom, xona keregiydi..
- Ha, mehmonmisiz?

Men: 😒😒
#premyera

Yangi "Supermen"dan ilk rasmiy kadr. Devid Korensvet mashhur super qahramon qiyofasida.

Premyera 2025-yil 11-iyul.
@boredpandablog
#review #pandametric

"Dead Boy Detectives", 2024

Netflixda yangi komedik detektiv mini-serial chiqibdi. Ikkita arvoh yigit bu dunyoga qaytib izquvarlik bilan shug'ullanishadi. Ularga bitta ekstrasens qiz yordam bera boshlaydi.

Kichik byudjet, komik sahnalar, ko'pgina ekshn va boy gotik taassurot. Serialga shunday ta'rif bersa bo'ladi. Shourannerlar Sherlok Xolms va Doktor Vatsondan ilhomlangani ko'rinib turibdi.

U qanaqadir shedevrga tortmaydi, ammo qora afsun va kechga yengil gotika xohlayotgan bo'lsangiz - serial siz uchun.

Pandametric'dan 5.5 🍊 /10🍊 qo'ygan bo'lardim.

@boredpandablog
#kinonews

“Taxtlar o‘yini” prikveli “Yetti qirollik ritsari”ning 1-fasli 6 ta qismdan iborat bo‘ladi

Mavsumning birinchi yarmini "Black Mirror" antologiyasidagi bir necha epizodlari bilan tanilgan Ouen Xarris boshqaradi.

Serial Jorj Martinning ritsar Dunkan Uzun va uning qurolbardori Egg laqabli 10 yoshli bolakay haqidagi qisqa hikoyalari asosida yaratiladi Aslida, Egg - yashirin sayohatga otlangan Aegon V Targariyen bo'ladi. Aegon - Westerosning bo'lajak qiroli, Aeris II ning bobosi (aqldan ozgan qirol), Vizeris va Deyenerisning bobokaloni va Jon Snouning katta bobosi. Hammasi bo'lib, ularning sayohatlari haqida uchta kitob nashr etilgan: "Oraliq ritsar" (birinchi mavsumning asosi bo'ladi), "Qasam ichgan ritsar" va "Sirli ritsar".

Dunkan rolini yosh aktyor Piter Kleffi, Egg rolini “Ochlik o‘yinlari: “Ilonlar va qushlar balladasi” filmida Koriolan Snowning bolaligi rolini ijro etgan Dekster Saul Ansell ijro etadi.

MAXda serial 2025-yilda chiqadi.

@boredpandablog
#kinonews

Jenna Ortega katta mashhurlikka erishgan "Wednesday" serialining ikkinchi mavsumini syomka ishlari boshlanganini e'lon qildi.

Kutamiz.

@boredpandablog
2024/05/08 02:01:13
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243