Katta kompaniyalarga ishga kirish unchalik ham qiyin emas
Edem ismli yigit Linkedinida Uzum Bankka dizayner bo'lib ishga kirgani haqida yozdi
Ishga kirish jarayoni unda biroz boshqacharoq kechgan. Ya'ni Edem o'z telegram kanalida bir necha kun oldin Uzum Bankda o'zi doimiy ishlatadigan bir xizmatda yetishmayotgan narsa haqida post yozadi (ha o'rtoqlar, katta kompaniyalarda ham shunday kamchiliklar kuzatiladi). Va bu post katta ehtimol bilan Uzumning ichki guruhigacha yetib boradi. Shundan so'ng Uzumning dizayn-lidi Edemga yozadi va shu tarzda ishga kirish jarayoni boshlanib ketadi.
Shu tarzda Edem ortiqcha qiyinchiliklarsiz Uzumga ishga joylashadi.
Qissadan hissa shuki, ba'zida imkoniyatlar siz kutmagan joydan kelib qoladi.

🔥14👍7❤2🎉2
Kanalimda dizaynerlarning rivojlanishi va bizning bozorimizdagi holatlar haqida yozib boraman. Ko’p holatda jarayonlarni boshqarish dizaynerning qo’lida emas.
Kecha Jaloliddin kanalida o’z kursini chiqarganini o’qidim. Shaxsan uni bizning bozordagi eng faol dizaynerlardan biri deb bilaman. Toshkentdaligi paytida ham boshqa dizaynerlar bilan ko’p uchrashib turardik.
Kurs kontentiga e’tibor beradigan bo’lsak, dizaynerlardagi asosiy muammolarga yechimlar berilgan. Xullas, “addushi” tavsiya qilaman ))
→ Kurs haqida batafsil

👍4👎3🤣2🤔1
Shanba kuni soat 17:00 da vaqt topib Product Community Uzbekistanning navbatdagi tadbiriga boringlar. Bu safar 3 ta juda tajribali dizaynerlar boshchiligida qizg'in davra suhbati bo'ladi. Tadbir elimiz ardog'idagi xushovoz xonandalarning kuy-qo'shiqlarga ulanib ketishi kutilmoqda )
Batafsil → https://www.tgoop.com/productcommunity_uz/30

Telegram
Product Community | Uzbekistan
Всем большой привет, друзья!
Мы рады сообщить о предстоящей панельной дискуссии на тему UX/UI сразу с тремя спикерами!
✅Шавкат Шарипов — Chief Design Officer в Alif Uzbekistan
✅Фарход Сайдуллаев — Lead Product Designer в Moneff
✅Лайло Гулямова — Lead…

🤣7🔥4❤1🤔1
Aloqa Venturesda ishlaydigan Davronbek aka bilan yaxshi podcast chiqibdi. Venchur qanaqa ishlashi, startaplar pul ko'tarishda nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqida zo'r gaplar aytilgan. Ko'rishni maslahat beraman
https://youtu.be/rMVs6buVzPc?si=1NP-l5txPGfPQBTf

YouTube
Bu sirni faqat katta kompaniya asoschilari biladi... | Davron Parmonov
Millat Umidi ko’rsatuvimizning galdagi mehmoni, O’zbekistonda Venture sohasida yetakchi vakillaridan biri, Aloqaventure direktor o’rinbosari, Davron Parmonov bo’ldilar.
16.000 ta inglizcha so'zlar ro'yxati: https://shorturl.at/prUY8
Davronbek Parmonov LinkedIn:…

👍6
Bugundan basseynga ertalab borishni boshladim.
Kechqurun ishdan keyin odam juda ko'payib ketadi. Bitta liniyada 5-6 kishilashib.
Ertalab bomdoddan keyin uxlab qolishlarim ko'payib ketgan edi. Kunni samaraliroq boshlash uchun basseyn yaxshi yo'l ekan. 1-1.5 soat maza qilib suzdim.
Basseyn: MDIST (Singapurskiy)ni basseyni.
1Fit obuna orqali.
Referral kod: PVHD0C

👍15🔥7
Forwarded from bakiroo
Йўқ, йўқ ва яна йўқ!
Ўзбекистонда АЭС қурилмаслиги керак, ҳар бир соғлом ақл эгаси, Ўзбекистонни ватаним деган ҳар бир ўзбекистонлик бу қандай кулфатлар яратишини англаб, тушуниб, ҳис қилиб турипти.
АЭС бу сиёсий хатар. Давлат мустақиллигини сўроқ остида қолдиради.
АЭС бу иқтисодий хатар. АЭС бу ижтимоий хатар. АЭС бу экологик хатар.
Ёлғон гапириладиган маконда, ҳукумат халққа ҳисобдор бўлмаган юртда АЭС қурилмаслиги керак. Қайси ақл дунёни ядровий шантаж билан қўрқитаётганларга, ўзлари қурган иккита АЭСни босиб олганларга АЭС қурилишини ишониб топшириши мумкин?
Бугун бор, эртага йўқ қанақадир Султоновлар, қанақадир Мирзамаҳмудовлар, қанақадир Аҳмедходжаевлар АЭС қуриб тажриба ўтказишмоқчи бўлишса, марҳамат, бунинг учун Ўзбекистондан бошқа макон танлашсин.
Мен рози эмасман, рози бўлмайман. Бизнинг Ўзбекистондан бошқа захира ватанимиз йўқ!

👍23🔥2👎1
Bobur Mavlonov | Blog
Bugundan basseynga ertalab borishni boshladim. Kechqurun ishdan keyin odam juda ko'payib ketadi. Bitta liniyada 5-6 kishilashib. Ertalab bomdoddan keyin uxlab qolishlarim ko'payib ketgan edi. Kunni samaraliroq boshlash uchun basseyn yaxshi yo'l ekan. 1-1.5…
Mana shu kuni basseynga borganimdan keyin qulog'im kasallanib to tuzalguncha shifokor basseynda suzishni taqiqlagan edi. O'tgan hafta vanihoyat quloq tuzaldi va bugun yana ertalab shu basseynga bordim 😁
Bu vaqt oralig'ida suzish bo'yicha yutubda ko'p darslar ko'rdim va bugun shularni natijasini ko'rdim.
1km dan ortiq suzdim va meter per stroke (qo'lni bitta tortganda necha metr suzish) ko'rsatkichim ham yaxshilandi. Bugungi ko'rsatkich 1.63m chiqdi (1025/626). Oldin 1.3, 1.4 atrofida edi.
P.S. Ertalab ham odam ko'payib ketibdi basseynda. Bekor aytibman )

👍8
When you turn 40 you'll see a divide between those who took care of their bodies & those who didn't.
👍10🔥5❤1
Smartbank
1. Dasturga kirgandan darrov identifikatsiya so’rar ekan. User dasturni avval ishlatib ko’rib qanaqaligini bilganidan keyin indentifikatsiyadan o’tgani ma’qulku. Bilmagan dasturiga o’zinj g shaxsiy ma’lumotlarini ulashishni istamaydi ko’pchilik
2. Identifikatsiyadan faqatgina mobil internet bilan o’tish mumkin ekan. Wifi orqali mumkinmas
3. Identifikatsiyadan o’tib kerakli ma’lumotlarni yuborganimdan keyin rasmdagi error xabarni ko’rdim. Na nima bo’gani aytilgan, na anov error code tushuntirilgan
Umid qilamanki, bu xatolarni to’g’rilashadi

👍11
Dizayner kerak
Alifda Alif Mobi proyekti uchun mid-level product designer qidiryapmiz.
Takliflar:
- 5 kunlik ish
- alohida dizayn jamoa (hozircha 4 kishi)
- dizaynni tushunadigan va qadrlaydigan menejment
- Tashkent Cityda qulay ofis (PS5, stol tennis bor)
Talablar:
- Kamida 2-3 yillik tajriba
- Dizayn sistemalar bilan ishlash tajribasi
- Rus va ingliz tillarini muloqot qila oladigan darajada bilish
- Yangi narsalarni o'rganishga kuchli ishtiyoq
- 3D ni bilish ustunlik beradi
Oylik maosh har bir nomzod bilan suhbat davomida nomzodning tajribasi va ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda kelishiladi
Agar siz yoki sizning tanishingiz shunday mutaxassis bo'lsa resumeni menga telegram orqali yuboring: @bob_mavlonov

🔥11👍1
Suzish bilan shug'ullanayotganimga 3 oydan oshdi. Shu vaqt davomida bu sport turi hayotimning bir qismiga aylanib ulgurdi.
Boshida juda qiynalar edim. 1-1.5 soat ichida chiranib-chiranib 300-400 metr suzardim. Kamiga juda qattiq charchardim
Murabbiysiz shug'ullanyapman. Ha bu qiyin lekin shunga majburman. Chunki meni suzishga boradigan paytga murabbiy topolmadim. Topganim ham menga qulay basseynda emas. Individual murabbiy olish esa men uchun qimmatlik qildi.
YouTubedan video ko'rib o'rganyapman. Hozircha progress yaxshi.
1000 metrga suzish bo'yicha kecha shaxsiy rekordimni o'rnatgan edim. Bugun uni yangiladim (~30 minut)
Har 200 metrda 1 minut dam olib suzyapman. Hozircha natijamdan qoniqyapman. Lekin bundanda yaxshilash niyatim bor.
Keyingi yil yozda nasib qilsa Nodir akalar bilan ochiq suvda suzishga chiqmoqchiman.

👍10🔥6
If you see someone in Alif campus today with the shirt of FC Ajax, it's me 😁
🔥4👍1
Rus dizaynerlarini kuzata turib bir idea keldi: o'zbek tilida dizayn keyslar haqida yoziladigan platforma qilishni o'ylayapman. U platformada o'zbekistonlik dizaynerlar o'zlari boshqalar uchun foydali deb bilgan boshidan o'tkazgan dizayn keyslar haqida yozishadi.
Boshlanishiga Framerda ko'taraman. CMS orqali kontentni boshida o'zim yuklayman (dizaynerlardan olgan holda). Kontent o'zbek, ingliz va rus tillarida bo'ladi.
Oktyabr oyida otpusk olib shuni qilib ko'rmoqchiman.

🔥22👍7
Shu yilning may oyidan boshlab tanam ustida ishlashni boshladim. Dieta va sport bilan shug'ullanishni boshladim.
Aslida o'tgan yili zalga chiqishni boshlagan edim (xonadoshlarim, ayniqsa Shuhrat biladi). Lekin, dieta qilmaganim sababli tanamda o'zgarish deyarli sezmadim va motivatsiyam tushib ketib zalni tashlab qo'ygandim.
Bu safar boshqacha ambitsiyalar bilan o'z ustimda ishlashni boshladim. Holatim achinarli ahvolga kelganini va allaqachon o'z ustimda ishlash vaqtim kelganini Ahad akaning tasodifan oldimdan chiqib qolgan intervyusi orqali bildim. Ahad akaning gaplari haqiqatda juda qattiq ta'sir qildi menga.
1Fit'dan yillik abonement sotib oldim. Haftada 3 kun zal, 3 kun suzish, 2 kun futbol bilan shug'ullanishni boshladim. Non, shirinliklar, gazli ichimliklar, yog'li ovqatlardan o'zimni tiydim. Oqsilli narsalarni ratsionimda ko'paytirdim. Natija 1-oydayoq bilindi. -8kg.
Asta-sekinlik bilan iyagimdagi, oyoqlarim, qornimdagi yog'lar ketishni boshladi. O'zimni tetikroq his qilishni boshladim. Eski kiyimlarim moslashib, kiyib yurgan kiyimlarim katta kelishni boshladi (to'yda kiygan kostyumim va kurtkam katta kelib qoldi).
Umuman aytganda, hayotim ancha o'zgardi. Yaxshi tomonga. Tanamdagi og'riqlar kamaydi, kasalliklar kamaydi, tetiklashdim, sog'lomlashdim.
Bu postni jismoniy holatini yaxshilash niyatida bo'lganlarga tirik misol bo'lishi uchun yozyapman. Bu jarayon aslida siz o'ylaganingizdan osonroq. Shuncha payt erk berib kelgan nafsimizni biroz tiyish va bu jarayondan zavqlanishni o'rgansak bo'ldi. Qolgani oson.
Doim sog'-salomat bo'linglar

🔥22👍4🎉1
UzumBankdagi meni juda noqulay holatga solgan UX xato
Odatda metroda plastik kartam bilan to’layman. Bugun ko’chaga chiqqanimda kartam uyda qolib ketibdi. Metroda boshqa usul bilan to’lashim kerak edi. Shunaqa holatlarda odatda Uzum orqali to’layman.
Uzumni ochdim va to’ladim. Hammasi yaxshi edi to ortga qaytishda ham metroga chiqqunimcha.
Qaytishda metroga yana Uzum orqali to’lamoqchi bo’ldim lekin QR kod ishlamadi. Ekranga yaxshilab qarasam to’lov usuli sifatida boshqa karta turibdi. Ma’lum bo’lishicha Uzum defolt holatida o’zining kartasini (ichida pul yo’q edi) tanlab qo’ygan.
Birinchi to’lov uchun ishlagan. Metroga to’lovda karta balansi tekshirilmaydi. So’rov-javob jarayoni vaqt olgani uchun kirishda odamlar kutib qolmasligi uchun shunaqa qilingan. Shu sababdan kartada pul bo’lmasa ham 1-martasi uchun o’tkazvoradi. Keyinroq Uzum ATTO dan success javob olganidan so’ng karta balansini tekshiradi va agar balans yetarli bo’lmasa shu kartani keyingi metro to’lovlari uchun bloklaydi. Mening holatimda boshqa kartalarimni ham blokladi chog’i.
Metro validatori oldida to’lov qilolmasdan turdim ancha vaqt. Uzumbankning o’zida karta sozlamalari qismida “ATTO ni blokdan ochish” degan funksiya bor. Shunday qilsam ham ishlamadi.
Shu joyda yechim sifatida Uzum metroga kirishda odamlar shoshilinch holatda bo’lishini hisobga olgan holda puli bor kartamni defolt tanlab qo’ysa bo’lardi. Yoki o’zi tanlab qo’ygan kartasida pul yo’qligini bilib error xabar ko’rsatishi kerak edi (ha, QR kod orqali nafaqat metroga to’lov qilish mumkin lekin bu kartani balansi 0 edi)
Edem, ishlayapsilarmi o’zi?)

👍5