Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1146 - Telegram Web
Telegram Web
18-sentabr. Toshkent-Baku reysi narxi $243. Xuddi shu kuni shu reys Bakuda peresadka qilib dalshe Istanbulga uchib ketadi va bilet narxi $146.

Istanbulga uchadigan reysga bilet olib Bakuga qo'nganida peresadka qilmasdan prosto tushib qolinorsayam bo'ladi. $97 foyda. Agar aslida maqsadiz Bakuga uchish bo'lsa-da albatta
🤣8🔥3
Nima deb o’ylaysiz bu ikonka nima ma’noni anglatadi?
🤣7
O'tgan hafta 1 yillik 1Fit abonementim tugab, Push30 servisidan 1 yillik abonement oldim. Menimcha, bu qaror to'g'ri bo'ldi.

1Fit'ning minuslari
1. Menga yaqin bo'lgan MDIST ning basseyni yopib qo'yilishi
2. Ko'pincha basseynlarda odam juda ko'p bo'ladi
3. Muayyan vaqtga yozilib shundan kechikmaslik kerak ko'p joylarda. Kechiksangiz kiritishmaydi. 2-3 marta shuni deb qolib kirolmay ketganman. Bu narsa ko'pincha yarim soat vaqt isrofiga sabab bo'ladi. Masalan, soat 18:00 bo'ldi. Boradigan joyingiz yarim soatlik yo'l. 18:30 da borsangiz kirgizishmaydi kechikding deb. 19:00 ga hali erta. Shuni deb 18:30 da uydan chiqish kerak. (push30 da istagan payt bororasiz yozilmasdanam)
4. Muhim joylarda tez joy tugab qoladi (push30 da bororasiz)

Push30 ning menga yoqqan tarafi menga kerak 50 metrlik qushbegidagi basseyn borligi, uyiming oldidagi Simma Fitning borligi (basseyn, zal, kardio zona, sauna bor) va ishxonamning oldidagi T7 zalining borligi.

Hozircha Push30 yoqyapti.
🔥14👍2
Hayotdan xursand bo'lib o'tirgan payting Farhod aka shunaqa post chiqaradi. O'zingda FOMO his qilasan. Xuddiki, zamondan orqada qolib ketayotganday.

Bir paytlar bir-ikki vaybkoding qilib ko'rgandim. Shuni davom ettirib bitta to'liq app chiqarishim kerak.
👍2
Bugun yugurish mashg'ulotlari doirasida 5km ga shaxsiy rekordimni yangiladim: 24 daqiqa, 49 soniya. 178 o'rtacha yurak urishi bilan. Eskisi 26 daqiqa, 23 soniya edi.

Bu mashg'ulot 26-oktabr kuni Turkistonda bo'lib o'tadigan marafon oldidan test edi. Turkistonda 10km yuguraman. Shaxsiy rekordni yangilash uchun. Maqsad 50 daqiqadan tezroq yugurib bo'lish. Bu 1 kilometrni 5 daqiqadan tezroq yugurib o'tish degani. Hozircha 10km ga shaxsiy rekordim 55 daqiqa, 6 soniya.

Murabbiyim analizlariga ko'ra men hozirgi holatimda buni qila olaman.

@boburjon_mavlonov
🔥5👍1
Shanba kuni kechasidan beri istimam chiqyapti. Negaligini bilmayman. Kechasi Garmin soatni taqib yotaman ko'pincha. U ham organizmda nimadir o'z o'rnida emasligini ko'rsatyapti. Resting heart rate (tinch paytdagi yurak urishi) va respiratory rate (1 daqiqada ichidagi nafas olish chastotasi) odatdagidan yuqori deb ko'rsatyapti.

Istima payti organizmda ortiqcha stress yuzaga keladi, tana yallig'lanish va infeksiyaga qarshi kurashadi. Shu sababdan ko'proq energiya talab qilinadi, bu puls balandroq bo'lishiga va tana suvsizlanishiga olib keladi. Bundan payti yugurish yoki boshqa jismoniy zo'riqishlardan tiyilib turgan foydali. Chunki tana o'zi stressda bo'lib turgan payti yana ortiqcha stress berish tiklanishni yanada kechiktiradi, puls odatdagidan baland bo'ladi va bunday jismoniy zo'riqishdan tana uchun foyda juda kam bo'ladi.

Bunday payti organizmga dam berish eng yaxshi yo'l hisoblanadi.
🔥1
Alifning menga yoqadigan yana bir jihati bu aktiv sportni doimiy qo'llab-quvvatlashi. Ishxonamiz yilda ikki marta (Toshkent va Samarqand marafonlari uchun) hamkasblarga marafon xarajatlarini to'liq qoplab beradi.

Bu yil ham, inshaalloh, 9-noyabr kuni Samarqandda yuguramiz. Taxminan 40-45 kishi atrofida odam boryapmiz.

Samarqand marafon mening bu yilgi eng muhim ikkita startimdan bittasi (bittasi Samaqand Challenge edi). Maqsad 1 soatu, 56 daqiqa atrofida yugurib bo'lish. Iyul oyidan beri Ulug'bek aka bilan bunga tayyorgarlik ko'rib kelyapmiz. Hozircha progress juda zo'r.
🔥6👍4
Ironmanda chempion bo'lgan Kristian Blummenfelt Ironmandan keyingi tiklanish(!) mashg'ulotlari haqida video qilibdi. Tiklanish mashg'ulotlarida u 400m lik trekni 60-70 soniyada yugurib bo'lyapti (30 ta takrorlash). Bu 2:55-2:30 temp degani.

Dahshat 🤯
Xullas, oylik tushadigan plastik kartamni ancha avval yo'qotgan edim (edik). Lekin bankka borib, kartani qayta chiqarishga ariza berishga erinib yuravergan edim. Oylik kartaga tushaverar edi, boshqa kartaga pulni o'tkazib ishlatib yuravergandim.

3-4 kun avval shu kartam bloklanganini bugun avans tushganida bildim. Kartaga pul tushgan, boshqa kartaga o'tkazaman desam xatolik beryapti hamma ilovalar. To'lov ham qilib bo'lmaydi. Bankka tel qildim, kartangiz aktiv, hammasi joyida deyishdi. Chuqurroq tekshirishlarini so'radim, keyin kartani qayta chiqarish uchun bankka borib ariza qoldirdim.

Keyinroq bankdan yozishdi. Aytishlaricha, Zarafshon shahar IIB arizasiga ko'ra kartam bank tomonidan bloklangan. Zarafshon shahar IIB bilan bog'lanishim kerakligini aytishdi.

Fintex ilovalardan biri kartamdagi bloklanish sababini "Karta yo'qotilgan" deb ko'rsatyapti.

Taxminimcha, zarafshonlik kimdir Toshkentda kartamni topib olgan va Zarafshon IIB ga topshirgan, ular bank-emitentga chiqishib kartani bloklatishgan.

IIBga tel qildim. Holatga aniqlik kiritib ertaga aloqaga chiqamiz deyishdi.

Hozir avans tushgan lekin ichidagi pulni ishlatolmay o'tiribman.

Xulosa: kartani (ayniqsa oylik tushadigani) yo'qotsangiz, darrov bankka borib boshqa ochtiring. Yo'qsa keyinchalik yanayam ko'proq ovoragarchilikka duch kelasiz.
👍8
Bobur Mavlonov | Blog
Xullas, oylik tushadigan plastik kartamni ancha avval yo'qotgan edim (edik). Lekin bankka borib, kartani qayta chiqarishga ariza berishga erinib yuravergan edim. Oylik kartaga tushaverar edi, boshqa kartaga pulni o'tkazib ishlatib yuravergandim. 3-4 kun…
Lekin topib olingan karta IIB ga topshirilsa, ular darrov bankka chiqib kartani bloklatvorishi jarayoni sal noto'g'riyov. O'zi kartasini yo'qotgan egasiga battar ovoragarchilik yuklaydi.

Undan ko'ra, bankdan shu karta egasini telefon raqamini olib aloqaga chiqib, pochta orqali bervorish (pochta xarajatlari karta egasi hisobidan) yoki bankka topshirish va qolgan jarayonni bankning o'ziga yuklab qo'yish yo'lini qilgan yaxshiroq bo'lardi
👍8
Bobur Mavlonov | Blog
Lekin topib olingan karta IIB ga topshirilsa, ular darrov bankka chiqib kartani bloklatvorishi jarayoni sal noto'g'riyov. O'zi kartasini yo'qotgan egasiga battar ovoragarchilik yuklaydi. Undan ko'ra, bankdan shu karta egasini telefon raqamini olib aloqaga…
Yo'q, kartani egasi shaxsan o'zi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan shu kartani chiqargan bankning ayni filialiga borsayu, bu bank kartani blokdan ochib berolmasa?

Qanaqa tizim bu? Nimaga xizmat qiladi? Sallani ol desa, kallani oladiku bular.
🤣10
Face-to-face muloqot onlayn muloqotdan ancha samaraliroq

Bugun shu narsaga yanada amin bo'ldim. Xullas, Alif ilovasida yangi funksiya ustida ishlayapmiz: valyutalar kursi (kalkulyatori bilan). Dizanni tayyor qilib frontendchiga yuborgandim. U ishni tayyorlab menga revyu uchun yubordi. Bitta joyida anglashilmovchilik ketgan (yoki men tushuntirolmaganman, yoki u tushunmangan).

Shu yuzasidan yozdim, u nega boshqacha qilganini aytdi. Muloqot toni sovuqlasha boshladi, agressiya qo'shildi. Bu muloqot 10-15 daqiqa davom etdi

Shu payt unga yonimga kelishini, kompyuterda aniqroq ko'rsatib tushuntirishimni aytdim. Keldi, salomlashdik, tushuntirdim, anglashilmovchilik bo'lganini angladik, to'g'ri tushundi, ketdi. 5 daqiqa ham vaqt ketgani yo'q lekin hech qanday sovuqliksiz, agressiya va toksik leksikalarsiz masala hal bo'ldi.

Onlayn muloqot oramizdagi iliqlikka rahna solmoqda, azizlar.
🔥12
Bugundan yana doimiy yugurish mashg'ulotlariga qaytamiz.

Bugun isitmadan tuzalgan organizmni test qilib ko'rdim. Menimcha hammasi joyida. Yakshanba kuni 5:30 tempda long run qilsak bo'ladi
🔥6
2025/10/19 18:43:36
Back to Top
HTML Embed Code: