Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Go‘zal Turkiston senga ne bo‘ldi?

Ishonchim komilki, ushbu satrlarni yozayotganida Cho‘lpon ham ho‘ng-ho‘ng yig‘lagan, aks holda ushbu soddagina so‘zlardan tashkil topgan misralar ko‘ngilni bu qadar larzaga solmagan bo‘lar edi. Chindan da "Go‘zal Turkiston, senga nima bo‘ldi?"

@birkunimen
Shanba kunlarining birida Farg‘onadan Rishtonga qaytish uchun vokzalga bordim. Har doimgi 10 minglik yo‘lkirani 15 ming qilib olishibdi. Taksistlarning kuni "tug‘ibdi".

Taksist odatdagi narxga olib ketishga rozi bo‘lmadi. Unga qaradimda:
- Yaxshi, 15 ming beraman, faqat 10 mingini rozi bo‘lib, qolganini norozi, - dedim.
Taksist g‘alati bo‘lib ro‘paramda qotib qoldi. Aniqki, bunaqa gap eshitishni kutmagandi.
- Nega hayron bo‘lasiz, qolgan yo‘lovchilaringiz ham shunday ketishmoqda, faqat men buni oldindan sizga aytib qo‘yyapman...

Taksist eski narxda olib ketishga rozi bo‘ldi.

@birkunimen
Kecha suhbat orasida bugun Toshkentga yo‘l olishimni aytgandim. Suhbatdoshim:
- Taksi qancha bo‘libdi?
- Bilmayman, samolyotda uchyapman.
- Ooo, endi sizni puliz ko‘pda, Toshkentga ham samolyotda borasiz!
- Aksincha, pulim ko‘p emasligi uchun ham samolyotda ketyapman. Ham yo‘lga ketadigan vaqtim tejaladi.
- Qanaqasiga?
- Biletni 76 ming so‘mga oldim, yana uyda turib, osongina internet orqali oldim.
- Yo‘g‘e, taksidan arzonku, taksi 100 mingdan tepa, qanaqa oldiz biletni, o‘rgating menga ham, kelasi hafta Toshkentga bormoqchi edim.

Unga internetdan samolyot va poyezdlarga qanday qilib bilet olishni, qachon olsa arzon bo‘lishini o‘rgatdim.

Gohida imkoniyatlar qo‘llarimiz ostida ekanligimizni sezmay qolamiz. Buning uchun ko‘pincha ozginagina izlanish kerak bo‘ladi xolos.

@birkunimen
Toshkentdan Farg‘onaga mashinada qaytyapman. So‘nggi marta Kamchiq dovoni orqali 2019-yil avgustida yurgan edim.

Yo‘lning ikkala tarafi bitibdi. Yo‘llar ravon, maza qilib mashina haydaydigan, tog‘ yam-yashil, ayrim daraxtlar endi gullabdi.

Yo‘lning uzoqligini hisobga olmasa ajoyib sayohat bo‘lmoqda.

@birkunimen
Avstraliyalik bir ixtiolog yigitning ishlarini kuzatar edim. Korall riflarida yashovchi baliqlar taksonomiyasi bo'yicha mutaxassis, 25 ga yaqin yangi baliq turini kashf qilgan. Sidneydagi universitetda professor bo'lib ishlaydi. Biologiya sohasidagi mashhur jurnallardan birida muharrirlik qiladi. Yaqinda korall riflari baliqlari haqidagi kattagina kitobi chop etildi. Shu yigit bugun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga "Bugun men 30 ga kirdim" deb yozdi. Bu xabarni o'qib, 33 ga kirib hali ham pichoqqa ilinadigan biror ishni qoyillatmaganimdan o'zimdan o'zim xafa bo'lib ketdim. Odam ham shunaqa dangasa bo'ladimi deb o'zimni koyidim 😒

@birkunimen
Zamon tezlashdi deyishganida jon bor ko‘rinadi. Ilgari 40 yildan qaytsa hozir 40 kunga ham bormayapti shekilli.

Bir oilani taniyman. Katta qizi o‘smirlik vaqtida uydagilari bilan urushib, bir necha marta uydan ketib qolgan. 1-2 kundan keyin topib kelishgan, bilishim bo‘yicha o‘rtoqlarinikiga ketganmi, xullas shunaqaroq. Qisqasi shu qiz keyinchalik ishga kiradi. Tabiiyki, hamkasblarining aksariyati qishloqdoshlari. Vaqt o‘tib qizga sovchi keladi. Qizni uyidagilari kuyov tomonga qizi o‘smirligida uydan ketib qolgani, lekin hech qanday yomon narsa yo‘qligini oldindan ogohlantirishadi. Kuyov tomon buni ahamiyatsiz deb topishadi. Unashtiriladi, to‘y kuni belgilanadi.

Buni qarangki to‘yga bir necha kun qolganda qizning hamkasblaridan biri katta yoshli xola kuyovning onasini izlab borib "Bekor bu qizni kelin qilyapsiz, onasi uni yoshligida fohishaxonadan ushlab kelgan bir necha marta, u qiz bola emas" deb keladi. Mingta qizga ko‘nmay, faqat shu qizni tanlab, uylanaman deb turib olgan o‘g‘lini o‘ylab ona ming hasratda bu gapni o‘g‘liga aytmaydi. To‘y bo‘ladi, qisqasi hammasi yaxshi o‘tadi. Qiz hozir bir bolaning onasi bo‘lib eri bilan tinch-totuv yashab kelmoqda.

Lekin buni qarangki, ana u ichi "oppoq" xolaning yaqinda uylantirgan o‘g‘li mahalladoshi bo‘lgan 7 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan bolani zo‘rlab, sudlanib, uzoq yilga qamalib ketibdi.

Bularni yaqinda menga qizning onasi aytib berdi. Qizimni shunaqa deganini keyinroq qudam aytib berganida rosa ichim og‘rib yig‘lagandim. Nega odamlar bunaqa tuhmatchi deb rosa kuyingandim. Qarangki, meni qizimni to‘yini buzmoqchi bo‘lganning o‘zini o‘g‘li shunaqa bo‘lib qamalib turibdi.

Qiz onasining gaplarini tinglar ekanman, har ikki oilani taniganim uchun g‘alati hissiyotni tuydim. Chindan ham nega odamlar bunaqa? Qo‘polroq bo‘lsa xalqimiz bekor gapirmagan ekan: "Qizi bor qisib gapirsin, o‘g‘li bor o‘ylab".

@birkunimen
Ahmoq, omi, johil, o‘rganishni istamaydigan, manqurt do‘stdan dono, aqlli, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, mantiqiy va tanqidiy fikrlashi mavjud bo‘lgan dushman ming, million hatto trillion marta yaxshi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

@birkunimen
Forwarded from hujayra.uz
Sababini (balki) keyinroq izohlarman, lekin kimgadir qiziq bo'lsa, men FB ga qaytdim.

https://www.facebook.com/bsheraliev
Qoraqalpog'iston voqeasi va uning atrofida bo'lgan holatdan barchangizning xabaringiz bor. Bu narsa hozir har bir o'zbekistonlikni o'ylantirmoqda. oyina.uz sayti muxbirlari FB da yozgan fikrlarimni chop etishibdi:

https://www.oyina.uz/kiril/article/931

@birkunimen
"Men fransuz tilini o'rganganman"

2013-yil. Farg'ona davlat universitetida biologiya yo'nalishi uchun qabul komissiyasida ishlayman. Abituriyent va abituristlardan hujjat qabul qilyapmiz. Qabul jarayonida maxsus daftarga ularning ma'lumotlari yozib boriladi. O'sha daftarda qaysi chet tilini o'qigan degan qismi bor edi. Odatda bu ingliz yoki nemis tili bo'lardi. Bir kuni bir abiturist yigit keldi. Hujjatlarini qabul qilib turibman. Diplom (kollej yoki litseyniki) ilovasining chet tili degan joyida qaysi tilni o'qigani yozilmagan ekan. O'zidan so'ray qoldim.

- Diplom ilovangizda qaysi chet tilini o'qiganingiz yozilmagan ekan. Qaysi tilni o'qigansiz?
- (Abiturist o'ylanib turdi-da) Men fransuz tilini o'rganganman, - dedi.
- Haa, shundaymi? - qitmirligim tutib qoldi meni ham, - yaxshi o'qiganmisiz?
- Ha, zo'r o'qiganman.

Sezib turibmanki u meni fransuzchani umuman bilmaydi deb o'ylayapti. O'zi chindan ham bilmayman, 5-6 ta so'zini bilaman, xolos. Lekin shunday bo'lsa-da, yoshligimizda bobom fransuz tilini o'rganayotgan tog'amni mazaxlab aytadigan gaplari yodimga kelib qoldi va men ham o'sha gapni bu yigitga aytishga qaror qildim.

- Bu juda yaxshi, bizga chet tilini biladigan talabalar kerak.
- (Tabassum qildi)
- Le po'g'i, le go'sfandiyon alaftiyon.
- Aaaa?!
- Fransuzchani bilaman demaganmidingiz?
- Eee men sizdaqa bunaqa gapira olmayman hali.
- (Ichimda kulaverib tamom bo'lay dedim) Ha mayli keyinroq yaxshiroq o'rganib olasiz.

Abituristning hujjatlarini qabul qilib tugatgach, yonimdagi sherigim:

- Baxtiyooor (ismimni ana shunaqa cho'zib aytar edi), siz fransuzchani ham bilasizmi?
- Yo'g'e, bu fransuzcha emas, tojikchada "bor, qo'ylarga o't berib kel" deganining fransuz talaffuzida aytilishi, xolos. Bobom fransuz tilini o'rganayotgan tog'amga qo'ylarga o't ber deyishni shunaqa qilib aytar edi.

😂😂😂

@birkunimen
Бенжамин Франклиннинг ўзини мукаммаллаштириш усуллари:

1. Тилни тий.
Олдингга қўйган таомни ҳаммасини ема, думалаб қолгунча ичма.

2. Сукут сақла.
Ўзинга ва бошқаларга фойда бўладиган гапни сўзла, фойда бўлмайдиган гапни гапиришдан сақлан.

3. Интизомга муҳаббат қўй.
Ҳамма буюмларингни қўйиш учун жой, керакли гапни гапириш учун керакли вақт бўлсин.

4. Уддасидан чиқ.
Бажарилиши керак бўлган ишни бажаришни ҳал қил. Ҳал қилдингми, ишни бажаришнинг уддасидан чиқ.

5. Бошқалар ҳақида қайғур.
Фақат ўзингга эмас, балки бошқаларга ҳам фойда келтирадиган нарсаларни харид қил. Ҳеч нарсани бекорчи жойларга ишлатма.

6. Меҳнатсеварлик.
Вақтни бекор ўтказма, ҳар доим фойдали иш билан машғул бўл, ҳар қандай бекорчи ишдан нари бўл.

7. Очиқкўнгиллик.
Тили бошқа, дили бошқа бўлишдан сақлан. Ҳар доим дилингда ўйлаганингни гапир.

8. Тўғрисўзлик.
Ҳеч қачон одамларга ёмонликни раво кўрма ва уларни хафа қилма.

9. Кечиримлилик.
Сенга етказилган озор учун ҳеч қачон кек сақлама, ҳаттоки улар хафа бўлишга арзисалар ҳам.

10. Озодаликка риоя қил.
Уйингда ҳам, либосингда ҳам кирлик бўлишига йўл қўйма.

11. Ҳотиржамлик.
Бўлар бўлмасга хавотирланаверма.

12. Ақл билан иш қил.
Кўп изланишдан тўхтама. Кўп китоб мутолаа қилиш, наслни соф табиатли инсонлар билан давом этишини таъминлайди.

****

Hozirgina facebookda shuni o‘qib qoldim. Menimcha amal qilishga arziydigan qoidalar, shunday emasmi?

@birkunimen
Chet ellik tanish professor Farg'onaga keldi. Uni ilmiy ekspeditsiya ishi bilan aylantirib yuribman. Tushdan so'ng universitetga boradigan bo'ldik. Binoga kirish oldida eski bir tanish opani uchratib qoldim.

- Assalomu alaykum, Baxtiyorjon, yaxshimisiz? Uydagilar yaxshimi? Ishlaringiz bo'lyaptimi? Mayli sog' bo'ling. Uyga aylanib o'tinglar kelin bilan.
- Vaalaykum assalom, Falonchixon opa, o'zingiz yaxshimisiz? Ishlaringiz yaxshimi? Rahmat, o'zingiz ham salomat bo'ling. Xudo xohlasa, sizlar ham o'tinglar aylanib.

Ikkimiz baravariga bir-birimizga qarab shu xilda salomlashdik. Bunga taxminan 6-7 soniya vaqt ketdi. Lekin yonimdagi chet ellik hayratdan yoqa ushlab qoldi.

- WoW! Juda uzundan uzoq so'rashar ekansizlar. Hozir nima dedingiz bir-biringizga? - deb so'radi.
- Shunchaki salomlashdik. Bizda shunaqa o'zidan tashqari, uning oila a'zolari, ishlari qanday ketayotgani haqida ham so'rashadi. Taomili shunaqa.
- Aha, tushunarli! 🙄

Rostdan ham, nega biz boloxonador qilib so'rashamiz? Shunchaki salomlashib qo'ya qolsak bo'lmaydimi?

@birkunimen
1/2

"Men o'zi ayolman, yanglishib erkak bo'lib tug'ilganman"

Lentamda shu mavzuda yozilgan bir necha postlarga ko'zim tushib qoldi. Shu bois biolog sifatida mana shu mavzuda o'z fikrimni bildirib o'tishni lozim topdim. Har doimgidek gapni biroz uzoqroqdan boshlayman.

O'rtoqlar, ayrim jinsli, ya'ni erkak va urg'ochisi boshqa-boshqa turlarda jins belgilanishining bir qancha yo'llari bor. Shulardan biri jinsiy xromosomalar orqali jinsning belgilanishi. Sutemizuvchilar, jumladan odamlarda jins aynan jinsiy xromosoma orqali belgilanadi. Odam organizmida 46 ta xromosoma mavjud, shulardan 44 tasi autosoma, ya'ni tana xromosomalari, 2 tasi esa jinsiy xromosomalar hisoblanadi. Erkak bilan ayol qo'shilganda ayol tuxumdonida yorilgan follikulalar (tuxum hujayra) har doim bitta X xromosomaga ega bo'ladi. Erkakdan chiqqan sperma ichida esa X va Y xromosomali spermatozoid hujayralar bo'ladi. Agar X xromosomali spermatozoid tuxum hujayraga birinchi yetib borsa va uning ichiga kirsa XX xromosomali zigota hosil bo'ladi yoki Y xromosomali yetib borsa XY xromosomali zigota hosil bo'ladi. XX bu ayol, XY esa erkak degani. Ya'ni odamda zigota hosil bo'lishi bilanoq jins aniq-tiniq belgilanib bo'linadi. Boshqa organlar yoki tana qismlari keyinchalik rivojlansa ham, jins bir hujayralik vaqtimizdayoq aniq bo'ladi.

Toshbaqalar, timsohlar kabi sudralib yuruvchilarda esa jins jinsiy xromosomaga bog'liq emas, balki haroratga bog'liq bo'ladi. Buning ham bir necha variantlari bor. Masalan, dengiz toshbaqalarida tuxum qo'yilgan qumning harorati 29-30 gradusdan baland bo'lsa urg'ochi, past bo'lsa erkak toshbaqa chiqadi. Ayrim baliqlar (masalan, Nemo multfilmidagi qahramon masxaraboz baliqlar) hayoti davomida jinsini o'zgartirishi mumkin, ya'ni avval erkak, keyinchalik urg'ochi organizmga aylanadi. Buning ham o'z mexanizmi bor. Lekin odamda jins hayoti davomida o'zgarmaydi.

Endi mavzuga yaqinlashamiz. Odam erkak bo'la turib o'zini ayol yoki ayol bo'la turib o'zini erkak his qilishi mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin bu normal holat emas, bu kasallik. Buni tibbiyotda "gender identifikatsiyasining buzilishi" deyiladi (МКБ-11; F64 blok).

Xo'p, mana shunaqa odamlar jinsini ayol yoki erkakka o'zgartirgani bilan muammo hal bo'ladimi? U o'zini endi baxtli his qiladimi? Erkak ayolga aylangach to'laqonli ayol bo'lib, yoki ayol erkakka aylangach to'laqonli erkak bo'lib yashay oladimi? Javob qisqa va lo'nda: YO'Q!!!

Nega?

Yuqorida aytganimdek bizning jinsimiz jinsiy xromosomamizga bog'liq. Odamda o'rtacha 37 trln dona hujayra bor. Har bir hujayramizda ana o'sha jinsiy xromosoma mavjud. Jins faqatqina ana u ishton ichidagi organdan iborat emas. Bizning jinsiy identifikatsiyamiz har bir hujayramizda mavjud. Har bir hujayrani almashtirishning esa umuman imkoni yo'q. Jinsni almashtirgan bilan (hozirgi kunda buni tibbiyot bemalol qila oladi) lekin organizm erkakligicha qoladi. Boisi ana u Y xromosomada 700 ga yaqin gen bor, shulardan 100 dan ortig'i oqsil kodlaydigan genlar va ular organizmning erkakligini belgilab turadi. Ularni hech qanaqasiga yo'qotib yoki to'xtatib bo'lmaydi.

Jins o'rgartirish odam organizmi uchun har tomonlama minusga yuradi. Birinchidan u umrbod gormon qabul qilib yuradi. Gormon ichishni to'xtatsa organizm yana uni erkakka yoki ayolga aylantirib olaveradi. Doimiy gormon qabul qilish esa organizmning ichki balansini rasvo qiladi. Saraton rivojlanish ehtimolini maksimal darajada orttiradi. Jins almashtirish bilan erkak ham, ayol ham o'zining nasl berish xususiyatini bir umrga yo'qotadi. Jinsiy qoniqish, ya'ni to'laqonli orgazm bilan bemalol xayrlashsa ham bo'laveradi. Bulardan ham eng dahshati bu ruhiy buzilish va doimiy depressiya.
2/2

Qolaversa jinsni almashtirish bioetikaga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Ustiga ustak bu tibbiyotning fundamental qoidalariga ham ziddir (tibbiy xodim bemorga zarar keltirmasligi kerak degan qoida bor. Jins almashtirilayotganda sog'lom organ va to'qimalar olib tashlanadi, zarar yetkaziladi, bu esa tibbiyotning oliy maqsadlariga to'g'ri kelmaydi). Men biolog sifatida jins almashtirish kabi amaliyotlarga, odam o'z jinsini o'zi tanlaydi va shunga o'xshash nonsenslarga juda ham skeptik qarayman. Bu barcha biologik qoidalar, eng muhimi bizning evolyutsion missiyamizga zid holat. Bizning asosiy missiyamiz - o'z biologik turimizni saqlab qolish! Jinsni almashtirish kabi ishlar esa turni saqlab qolish missiyasiga to'g'ri kelmaydi, ya'ni har kim o'z jinsini o'zi belgilaydi degan qarashning hech qanday ilmiy asosi yo'q, bu qip-qizil safsata.

Odamda ikkita jins bor - ayol va erkak, tamom. Erkak erkak bo'lib qolishi, ayol esa ayol bo'lib qolishi lozim. Buning uchun bolalarni yoshligidan o'z jinsi bilan tanishtirish va ularga o'z jinsiga xos bo'lgan jihatlarni tushuntirib borish kerak. Bola o'zi belgilashi kerak, katta bo'lganda o'zi qaror qiladi degan gaplar g'irt safsata. Bu insoniylikka to'g'ri kelmaydi deganlar qum yebdi. Chunki jamiyatda barcha qoidalarning asosida biologik qoidalar yotishi shart, biologik qoidalarga zid kelgan har qanday qoida, holat, keyslar safsata va ular insoniyatni halokatga yetaklaydi.

@birkunimen
Hozirgina Youtubedagi Chaq-chaq podkastda etnopsixolog olima Ziyodakhon Rasulova bilan bo'lgan suhbatni tomosha qildim. Men o'zim amaliy psixologiyani biroz o'rganganim bois olimamizning demoqchi bo'lganlarini deyarli yaqqol tushundim. Ular mentalitet shakllanishi, unga ta'sir qiluvchi omillar, mentalitetni o'zgarish yo'llari, xalq psixologiyasining omma va shaxs psixologiyasidan farqi, nima uchun siyosat iqtisoddan muhimligi kabi jihatlarni juda chiroyli, sodda va xalqchil tilda tushuntirib berganlar.

Miyamdagi ko'pgina tarqoq fikrlarni ipga marjon shaklida tizib berdilar desam ham bo'ladi. Faqat suhbat juda tez tugab qolgandek bo'ldi. Suhbatni tomosha qilishni tavsiya qilaman.

https://www.youtube.com/watch?v=1yNcZm8rG98

@birkunimen
Kishidagi eng muhim jihatlardan biri bu - iroda! Shu haqida ko'p o'ylayman, iroda nimalarga qodirligini tafakkur qilaman. Kimni irodali desa bo'ladi deb savolimga ham javob izlayman. Irodaning mezonlari bormi? Irodali bo'lish uchun nima qilish kerak? Iroda tug'ma bo'ladimi yoki hayotda orttiriladimi?

Kishi muvaffaqiyatining qanchadir qismini iroda tashkil etishiga shubha qilmayman, balki iroda intizom bilan egizakdir. Iroda va intizomli odam birinchi bo'lib tartibni o'z tanasidan boshlaydi. Negadir barcha kuzatuvlarim xulosasi shunga olib kelib taqalmoqda. O'z tanasi ustidan nazoratga ega kishi borki deyarli barchasi intizomli va irodali ekanligini ko'rganman. Shundan kelib chiqib o'zimga boqaman... O'zimni irodali va intizomli kishi deb o'ylasam ham lekin reallik boshqa narsani ko'rsatadi. Umid shuki, kishi tirik ekan hamma narsaning imkoni bor. Irodali bo'lishning ham, intizomli bo'lishning ham. Faqatgina ichki xohish va ehtiyoj bo'lsa kifoya.

Daniel Defo aytmoqchi ehtiyojlar ko'p narsaga qodir.

@birkunimen
"Xatolar mening eng katta uztoslarimdir" degan ekan bir kishi. Fikrimcha u haq bo'lgan. Lekin xatolardan o'rganishni o'rganish uchun ham kishi qaysidir darajaga yetib borishi kerak. Inson zoti borki xato qiladi, yanglishadi, qoqiladi. Lekin mana shundan xulosa qiladigan, ibrat oladigan, fikr qiladiganlar unchalik ham ko'p emas, har holda menga shunday tuyuladi.

Men ham ilgari xatolarimdan to'g'ri xulosa chiqarmaganman, hozir ham xulosa qilyapman deb juda bir maqtana olmayman, lekin avvalgidan biroz bo'lsa ham farq qiladi. Avvalgi xatolarimdan chiqargan eng katta xulosalarimdan biri shuki, rejalar, maqsadlar, orzular haqida hech kim bilan bo'lishmaslik kerak. Kimnidir ruhlantirish, kimnidir qoyil qoldirish, kimnidir og'zini ochirish, kimnidir havas yoki hasad qilishga majburlash uchun o'z rejalaringiz, istaklaringiz, maqsadlaringiz haqida aytmang.

Ilgari negadir mana shu narsaga unchalik e'tibor qilmas edim. Lekin hozir kuzatib, tahlil qilib shuni sezyapmanki, aytilgan, maqtanilgan rejam borki aksariyati aro yo'lda qolib ketgan. Hech kimga indamagan, o'z ichimda saqlab bajargan rejalarim borki aksariyati amalga oshgan. Shu bois ham hozir rejalarimni birov bilan bo'lishmaslikni o'rganmoqdaman.

Amalga oshganda o'zlari bilib olaverishadi, ungacha esa rejalar, maqsadlar, orzular mening ichimda yashab turaveradi.

@birkunimen
Tug‘ilgan kunga beeline dan bonus, zotan quruq tabrikdan ko‘ra harna 😄

@birkunimen
2024/04/30 16:25:11
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243