Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
52 - Telegram Web
Telegram Web
Bugun universitetimizning birinchi hamda ikkinchi talabalar turar joylarida mas’ul prorektor hamda bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda turar joylarda isitish tizimi faoliyati, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘rganish olib bordik.

Dastlab, talabalar bilan ularni qiynayotgan muammolar, mavjud sharoitlar hamda turar joy xodimlarining faoliyati haqida suhbatlashdik. Aniqlangan kamchiliklar, joyida bartaraf etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashib, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalarni belgilab oldik.

Bundan tashqari, turar joyning oshxona, sanitariya va ma’naviy hordiq chiqarish xonalarini ko‘zdan kechirdik, tartib hamda tozalik talablariga qanchalik amal qilinayotganini ham o‘rgandik.

Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsadimiz, talabalarga qulay sharoitlar va ijobiy muhit yaratishdan iborat.

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi yillarda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Men ham yoshlar muammolarini o‘rganish va hal qilishni faoliyatimning alohida bir muhim yo‘nalishi sifatida belgilab olganman.

Bugun universitetga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, "qizil" toifaga kiruvchi, yoshlar bilan uchrashish va ular holidan xabar olish maqsadida mas’ullar bilan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Mirzo Ulug‘bek hamda Mustaqillikning 15 yilligi MFYlariga tashrif buyurdik.
Mazkur MFYdagi 10 dan ortiq ana shunday toifadagi yoshlarning xonadonlarida bo'lib, ularni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladik.

Yoshlar va ularning yaqinlari bilan suhbat o‘tkazildi hamda o‘zaro fikr almashildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli masala yoki muammolar yuzaga kelsa, ixtiyoriy vaqtda murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi. Ushbu xonadon egalariga yangi yil bayram munosabati bilan kundalik ehtiyojlari uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Yangi O‘zbekistonimizga yangi – 2025-yil kirib kelmoqda.


Yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan barcha hamkasblarimizni, qadrli aka-ukalarimizni, mehribon opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni ushbu go‘zal ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Har gal yangi yilni kutib olar ekanmiz, beixtiyor vaqtning azim daryodek shiddat bilan o‘tishiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo‘yishni boshlaymiz. O‘tib borayotgan yilni sarhisob qilar ekanmiz, jonajon universitetimiz bir qator yutuqlarga erishganligini guvohi bo‘lamiz.

Bir so‘z bilan aytganda, tugallanib borayotgan yilimiz universitetimiz tarixida yorqin iz qoldirdi. Shu bois, eski yilimizni shukronalik bilan kuzatmoqdamiz.

Bizning umumiy maqsadimiz — bilim va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishish, yoshlarni yanada yaxshi kelajak uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, oliy maqsadlar, yuksak muvaffaqiyatlar ila yanada buyuk ishlar sari intilishdan to‘xtamaymiz.

Ushbu shukuhli kunda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, ijodiy faoliyatingizda omad va yutuqlar tilayman. Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 АДУ таътилдан қайтган талабаларни қабул қилишга тайёр

Андижон давлат университети ректори Бахтиёржон Акбаралиев бошчилигидаги масъуллар таътилдан қайтган талабаларни муносиб кутиб олиш ва талабаларнинг қулай шароитда жойлашиши ҳамда таълим жараёнига тайёрлигини таъминлаш мақсадида талабалар турар жойларида бўлди.

Университет ректори талабалар турар жойларининг ҳолати, иссиқлик тизимининг узлуксиз ишлаши, электр энергиянинг барқарорлигини кўздан кечирди.

Эслатиб ўтамиз, эртадан олий, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида дарс жараёнлари бошланади.

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://www.tgoop.com/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz ustozlar, jonkuyar xodimlar hamda universitetimizning mard va jasur o'g'lonlari!


Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan ado etayotgan minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Yurtimiz himoyachilari, bo'lajak yurt posbonlari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ilm berishdek sharafli kasbda faoliyat olib borayotgan aziz ustozlar, buyuk maqsadlar yo'lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!
Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo'lsin!

🌐 Facebook 🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Малайзия: ҳамкорлик янги имкониятларга йўл очади

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Малайзияга расмий ташрифи икки давлат ўртасидаги иқтисодий, савдо-сотиқ, маданий, таълим, илм-фан ва бошқа соҳалардаги ҳамкорлик алоқаларини мустаҳкамлашга, янада юқори босқичга кўтаришга хизмат қилади.

Батафсил: https://uza.uz/posts/684852

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
2025/06/16 19:28:08
Back to Top
HTML Embed Code: