Bugun universitetimizning birinchi hamda ikkinchi talabalar turar joylarida mas’ul prorektor hamda bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda turar joylarda isitish tizimi faoliyati, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida o‘rganish olib bordik.
Dastlab, talabalar bilan ularni qiynayotgan muammolar, mavjud sharoitlar hamda turar joy xodimlarining faoliyati haqida suhbatlashdik. Aniqlangan kamchiliklar, joyida bartaraf etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Boshqa masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashib, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalarni belgilab oldik.
Bundan tashqari, turar joyning oshxona, sanitariya va ma’naviy hordiq chiqarish xonalarini ko‘zdan kechirdik, tartib hamda tozalik talablariga qanchalik amal qilinayotganini ham o‘rgandik.
Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsadimiz, talabalarga qulay sharoitlar va ijobiy muhit yaratishdan iborat.
🌐 Facebook 🌐 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi yillarda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Men ham yoshlar muammolarini o‘rganish va hal qilishni faoliyatimning alohida bir muhim yo‘nalishi sifatida belgilab olganman.
Bugun universitetga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, "qizil" toifaga kiruvchi, yoshlar bilan uchrashish va ular holidan xabar olish maqsadida mas’ullar bilan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Mirzo Ulug‘bek hamda Mustaqillikning 15 yilligi MFYlariga tashrif buyurdik.
Mazkur MFYdagi 10 dan ortiq ana shunday toifadagi yoshlarning xonadonlarida bo'lib, ularni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutladik.
Yoshlar va ularning yaqinlari bilan suhbat o‘tkazildi hamda o‘zaro fikr almashildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli masala yoki muammolar yuzaga kelsa, ixtiyoriy vaqtda murojaat qilishlari mumkinligi tushuntirildi. Ushbu xonadon egalariga yangi yil bayram munosabati bilan kundalik ehtiyojlari uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari taqdim qilindi.