Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
🚖 Real Time Database tanlash 🚀

1 mln haydovchi va 10 mln foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan tizim qanday ishlashini ko‘rishni xohlaysizmi?
Haydovchilarni real vaqtda kuzatish, zakaz taklif qilish, radius bo‘yicha qidirish va GeoHash yordamida tezkor qidiruv – bularning barchasini ushbu videoda ko‘rib chiqamiz.

📌 Video davomida:
• Yozish va o‘qish operatsiyalarining bosim hisob-kitobi
• Qaysi database texnologiyasi mos kelishi mumkinligi
• Redis optimizatsiyasi va indexing
• Benchmark test qilish

🎥 To‘liq videoni bu yerdan ko‘ring: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=1tAClL-YrvQ
🔥9👍21
🇹🇷 Istanbulga bormoqchi bo‘lganlarga kichik maslahatlar

O‘tgan hafta Istanbulda bo‘ldim. Tajribamdan kelib chiqib, sizlarga bir nechta foydali maslahatlar:

• Boring! Juda ajoyib shahar — tarix, tabiat va turli madaniyatlar bir joyda uyg‘unlashgan.
• Mehmonxona tanlash: Agar mehmonxonani Sultonahmed (Sultanahmet)'dan olsangiz, dengizga ham, asosiy sayyohlik joylariga ham juda yaqin bo‘ladi.
• Transport: Taksilar juda qimmat. Shahar jamoat transporti esa juda yaxshi rivojlangan — tramvay, metro, metrobüs va paromlar orqali bemalol harakatlanish mumkin.
• Mahalliy hayot: Haqiqiy turk hayotini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Osiyo tomoni yoki Sariyer taraflarga borib keling — tinchroq va mahalliy ruhni his qilasiz.
• Bosfor sayohati: Qimmat “Bosfor trip”larga pul to‘lab xato qilmang (menga o‘xshab 😅). Shunchaki oddiy kemaga chiqing va bir bandargohdan boshqalariga Bosfor orqali o‘ting — hamma manzaralarni ko‘rasiz, narxi esa kamida 5 baravar arzon.
• Pul masalasi: Pulni oldindan naqd dollarda olib boring. Bankomatlardan yechishda kurs past va taxminan 8% komissiya olib qoladi.
• Narxlar: O‘zbekiston bilan solishtirganda, Istanbul ancha qimmat — hatto Osiyo tomoni ham.
🔥7👍43🤝1
Aziz Architect
🚖 Real Time Database tanlash 🚀 1 mln haydovchi va 10 mln foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan tizim qanday ishlashini ko‘rishni xohlaysizmi? Haydovchilarni real vaqtda kuzatish, zakaz taklif qilish, radius bo‘yicha qidirish va GeoHash yordamida tezkor qidiruv…
Videoda redisni keyingi leveli yani horizontal scaling haqida ham video olaman degan edim. Lekin yozishga qaror qildim.

Scale qilishdan oldin qo'yidagilar orqali ham optimize qilsa bo'ladi.
- Yozish operationlarni pipeline qilish. Men qilib ko'rgan edim "6mln write operations/minute"ga erishdim.
- Read operationlarni ham iloji bo'lsa pipeline qilish.

Replica qilish:
- Replicada nisbatan osonroq yani ma'lumotlarni nusxalari bir nechta redis instancelarda saqlanadi.
- Replica qilish yozish operationlarini tezlashtirmaydi, aksincha ozroq sekinlashtirishi mumkin. Chunki har bir operatsiyani replicalarga yozib chiqishga to'g'ri keladi.
- Read operationlarda throughputni oshirishda yordam beradi.

Cluster qilish:
- Manage qilish juda qiyin, men qiynalib ketganimdan 2-marta qilmaslikka vada berdim, o'zimga. Redis enterprise'ni sotib olsin deb qiyin qilib qo'ygan deb tushundim, chunki redis enterprise'da muommo bo'lmas ekan o'zlari tax qilib berar ekan.
- Ma'lumotlarni shard qilib joylashtiradi. Clusterni yaxshi manage qilmasangiz ma'lumotlaringizni yo'qotib yoki adashtirib qo'yishingiz hech gap emas.
👍4🌚3🆒2
🚀 Redis’ni masshtablash

Redis’ni qanday qilib barqaror, tez va kengaytiriladigan qilish mumkin?
Ushbu videoda Redis scaling mavzusini amaliy tarzda ko‘rsatdim 👇

🔁 Redis Replication — o‘qish yuklamasini taqsimlash
🛡️ Redis Sentinel — avtomatik failover va monitoring
⚙️ Redis Cluster — katta hajmdagi ma’lumotlarni bo‘lish va tezkor ishlash

Demo davomida load test o‘tkazdim va natijalar qo'yidagicha:
📈 3 million o'qish operatsiyalari/minute
✍️ 1 million yozish operatsiyalari/minute

Bu natijalar Redis’ni to‘g‘ri sozlash orqali qanchalik kuchli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi 🔥

🎥 Videoni tomosha qiling YouTube’da: https://youtu.be/WbleQvvCUgY
💬 Fikringizni izohlarda qoldiring — sizning tajribangiz boshqalar uchun ham foydali bo‘ladi!
2🔥2👍1
Redis yoki Apache Cassandra?

Faqat primary key indexlangan xolatda load test natijalari. 2mlnta yozish operatsiyasi, 50%i yaratish qolgani yangilash. Ikkalasi ham cluster yoki replication qilinmagan.

- Umumiy sarflangan vaqt:
Cassandra: 47.5s
Redis: 14.8s

- CPU sarfi:
Cassandra: 57-240% orasida o'ynab turdi.
Redis: 44-56% orasida o'ynab turdi.

- RAM sarfi:
Cassandra: ~5GiB
Redis: ~424MiB

Xo'sh, Redis shunchalik zo'r ekan nega Cassandra hali ham turibdi?
- Ikkalasining ham ustunlik jihatlari bor. O'zim bilgancha qaysi birini qachon ishlatishni tushuntirib ketaman.
- Redis'da limit bor, yani CPU'ni 100%'dan oshirib yubora olmaydi, sababi u bitta threadda ishlaydi.

1. Agar loyihangiz startup bo'lsa yoki tushadigan bosim redisni cheklovidan oshib ketmaydigan darajada bo'lsa redis qo'llanganingiz yaxshi
2. Agar ma'lumotlar juda ko'p va katta hajmda bo'lsa yani sharding va replication kerak deb hisoblasangiz cassandra yaxshiroq.


Cassandrani load test qilgan code: https://github.com/golanguzb70/cassandra-load-test
Redisni videoda load test qilgan edik shuni codebasini sal o'zgaritirib ishlatdim: https://youtu.be/WbleQvvCUgY?si=PUBYv1kpmwPityPV
🔥6👍4
Channel photo updated
Nega startaplarga Redisni maslahat beraman?

Redis — bu startaplar uchun haqiqiy “multi-tool”. Uni turli yo‘nalishlarda ishlatish mumkin:

🔧 Asosiy yo‘nalishlar:
• Cache sifatida — tezkor ma’lumot saqlash va qayta olish uchun
• Message broker sifatida — servislar orasida xabar almashish uchun
• Keyspace notifications — ma’lum bir kalitning qiymati o‘zgarsa, Redis avtomatik xabar yuboradi

💡 Redis bir nechta funksiyalarni bajara oladi:
• Cache database
• Realtime database
• Time series database
• Search engine
• Pub/Sub tizimi
• Queue / Stream tizimi

🚀 Nima uchun bu foydali?

Bularning barchasini bitta Redis deploy qilish orqali amalga oshirish mumkin.
Bu esa ikki xil resursni tejaydi:
1. Inson resursi — bir nechta texnologiyalarni o‘rganishga hojat yo‘q.
Bitta Redis’ni yaxshi biladigan dasturchi topish yoki tayyorlash osonroq.
2. Kompyuter resursi — har xil tizimlarni alohida ishga tushirish o‘rniga bitta Redis bilan ishlash kifoya.


✍️ @azizbekhojimurodov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍136🤝3
Hech o'zingizni databazangizni yozib ko'rganmisiz?
3👍3
Professionallikdanmi yoki omadmikan?
Playing with some toys )
6
Hussein Nasseir brat aygtanlaridek.

1. Texnologiyani tushunasan.
2. Uni qanday ishlashini yaxshiroq tushunasan.
3. Uni kamchiliklarini topasan
4. Yaxshirog'ini quirishni xoxlaysan.
5. Sen qurganingni ham kamchiliklari borligini anglaysan.
6. Oldingi texnologiyani boricha qadriga yetasan.

Men ham database yozib ko'rdim va memory bilan ishlash xususiyati men o'ylagandek zo'r bo'lmadi.

Hussein akani videosiga link: https://www.youtube.com/watch?v=OoXN1wY2LrI
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz Architect
Video message
Let’s meet here
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Aziz Architect
Video message
Let’s try jules.
2👎2🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏3
2025/12/12 10:47:04
Back to Top
HTML Embed Code: