Telegram Web
Korrupsiya rivojlanishga to'siq

📍 Urganch tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiya va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, barcha xodimlar ichki mehnat tartibi hamda odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya etishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.

📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#markirovka

Raqamli markirovka yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar savdosini cheklaydi

O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizatsiyasini cheklaydi.
👉PQ-296 06.10.2025 y.

Quyidagi mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalanishi shart:
👉 alkogol va tamaki mahsulotlari;
👉 pivo mahsulotlari;
👉 maishiy texnikalar;
👉 dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar
;
👉 suv va salqin ichimliklar.

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar har bir mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni “Asl belgisi” avtomatlashtirilgan tizimiga (“CRPT Turon” MChJ) kiritgan holda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarga Data Matrix maxsus markirovka kodlarini qo‘llaydi:
- mahsulot nomi,
- miqdori,
- hajmi,
- ishlab chiqarish sanasi,
- yaroqlilik muddati va boshqalar.

Sotuvchi 2D skaner yordamida mahsulotning raqamli markirovka kodini skanerlaganda, tizim avtomatik ravishda “Asl belgisi” AISdan markirovka kodini tekshiradi. Agarda mahsulotning yaroqlilik muddati o'tganligi aniqlansa, Onlayn-NKT ekranida “mahsulot yaroqli muddati o‘tgan” mazmunida ogohlantirish xabari aks etadi va chek shakllanmaydi.

Shu tariqa muddati o'tgan tovarlar realizatsiyasi sotuvchining ishtirokisiz avtomatik ravishda bloklanadi.

“Asl belgisi” tizimida bloklangan mahsulotlar yaroqsiz deb topiladi va qonun talablariga muvofiq balansdan chiqarilishi kerak.
____________
#маркировка

Цифровая маркировка ограничит продажу просроченных товаров


Внедряемая в Узбекистане система цифровой маркировки служит повышению прозрачности оборота высоколиквидной продукции. С 1 марта 2026 года благодаря цифровой маркировке будет ограничена реализация товаров с истекшим сроком годности.
👉№ПП-296 от 06.10.2025 г.

Обязательной цифровой маркировке подлежат:
👉 табачные изделия и алкогольная продукция;
👉 пивоваренная продукция;
👉 бытовая техника;
👉 лекарственные средства и медицинские изделия
;
👉 вода и прохладительные напитки.

Производители и импортеры наносят на производимую и импортируемую продукцию специальные коды маркировки Data matrix, внося в автоматизированную систему "Asl belgisi" (ООО "CRPT Turon") подробную информацию о каждом товаре:
- наименование,
- количество,
- объем,
- дата производства,
- срок годности и другое.

Когда при продаже продавец сканирует через 2D-сканер нанесенную на товар цифровую маркировку, то система автоматически сверяет код маркировки с АИС "Asl belgisi". В случае обнаружения истекшего срока годности товара на экране онлайн контрольно-кассовой техники выводится уведомление "срок годности товара истек", и чек не формируется.

Таким образом, реализация просроченного товара блокируется в автоматическом режиме, без участия продавца.

Заблокированные в системе "Asl belgisi" товары признаются непригодными и подлежат списанию с баланса в соответствии с требованиями законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📍 Xiva tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiya va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.


📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi va ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#soliq_qarzi

Soliq qarzini o‘z vaqtida to‘lamaganlar soliqlar summasidan tashqari hisoblangan penyalar va jarimalarni ham to‘laydilar

Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

▫️soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.

👉Soliq kodeksi 55-modda

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Korxona birgina ishchi bilan 5 kunda qariyb 46 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajargan va 58 mlrd so'mlik oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilgan

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan “Gold” MChJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 1 mln so‘mni tashkil etgan.

Shunga qaramay, korxona 2025-yil 8–13-oktabr kunlari (atigi 5 kunda) faqat bitta xodim bilan 103,9 mlrd so‘mlik, shu jumladan 11,1 mlrd so‘m QQS miqdoridagi qurilish-montaj xizmatlari va oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiyasi bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

❗️Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
_________
#разве_такое_возможно?

Предприятие с одним работником за 5 дней выполнило строительные работы на 46 млрд сумов и реализовало продукты питания на 58 млрд сумов

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, ООО «Gold» (название изменено) было создано для осуществления оптовой деятельности с уставным фондом 1 млн сумов.

За 5 дней в период с 8 по 13 октября 2025 года предприятие, имея всего одного сотрудника, оформило ЭСФ по выполнению строительно-монтажных работ и реализации продовольственных товаров на сумму 103,9 млрд сумов, в том числе 11,1 млрд сумов НДС.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

❗️Данная система будет внедрена с 1 января 2026 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📍 Navbatdagi profilaktik yig‘ilish Tuproqql'a tumani soliq inspeksiyasida bo'lib o'tdi. Unda Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirok qildi.

Yig'ilishda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.


📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi va ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#mulk_soligi #yer_soligi

Muddatida toʻlanmagan soliqlar uchun qanday javobgarliklar belgilangan?

Soliqlar muddatida to‘lanmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-modda

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshsa, sud orqali mol-mulki hisobidan undiriladi.
👉Soliq kodeksi 125-modda

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hisobga_olish

Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?


Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qadring_baland_bolsin_ona_tilim

Xorazm viloyati soliq boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36-yilligi munosabati bilan "O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Shahnoza Alimova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Begi Do'st hamda Jurnalistlar uyushmasi a'zosi Ikrom Xudayberganov ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida mavqeini oshirish, uning nufuzini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida so'z yuritishdi.

O'z navbatida tadbir qatnashchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar ham olishdi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/10/17 14:23:59
Back to Top
HTML Embed Code: