Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya yoshlar nigohida

Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya – Biz uchun, Biz esa Yurt uchun” mavzusi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv barcha talabalar uchun qonun ustuvorligi va fuqarolik mas’uliyati haqida kengroq tasavvur berishga xizmat qildi.

Uchrashuvda Bosh qomusimizda belgilangan huquq va kafolatlar, soliq sohasidagi konstitutsion normalar hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida amaliy misollar asosida tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘ngida faolligi bilan ajralib turgan yoshlar Soliq qo‘mitasi Raisining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ortiqcha soliq to‘lab qo‘ydingizmi? Uni qaytarish yoki kelgusi to‘lovlarga hisoblash tartibi borligini bilasizmi?

💡 Aslida esa jarayon unchalik murakkab emas.

🎥 Batafsil tushuntirish aynan ushbu videoda 👆


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#barqarorlik_reytingi #elon

Tadbirkorlar diqqatiga – barqarorlik reytingiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

2025-yil 5-dekabrdan boshlab
26 ta shundan, 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan soliq intizomi va moliyaviy barqarorlik mezonlari asosida tadbirkorlik faoliyatini baholashning yangi elektron tizimi ishga tushadi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Reyting baholash koʻrsatkichlari boʻyicha umumiy ball oxirgi 30 kalendar kunda amalda boʻlgan koʻrsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yigʻindisining oʻrtachasidan kelib chiqib belgilanadi.

Mezonlar asosida shakllantiriladigan 100 ballik baholash tizimidan kelib chiqqan holda yuqori, oʻrta, qoniqarli va quyi reyting koʻrsatkichlari belgilanadi.

👉 Barqarorlik reytingi bo‘yicha qo‘llanma

🔫Barqarorlik reytingi toifalari va ballari soliq to'lovchining shaxsiy kabineti hamda Soliq mobil ilovasi Soliq biznes xizmatida mavjud.

Shuningdek
, Savdo-sanoat palatasi veb-saytida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi ko'rish mumkin:
➡️ https://chamber.uz/contractor-rating
_________
#рейтинг_устойчивости #объявление

Вниманию предпринимателей – в рейтинг устойчивости вносятся изменения

С 5 декабря 2025 года деятельность бизнеса начнет оценивать обновленная электронная система по 26 критериям налоговой дисциплины и финансовой стабильности – из них 5 новых и 11 усовершенствованных.

Согласно изменениям общий балл по показателям оценки деятельности субъектов предпринимательства определяется исходя из среднего значения суммы баллов, начисленных по фактическим показателям за последние 30 календарных дней.

На основе критериев формируется также 100-балльная система оценки, исходя из которой устанавливаются показатели высокого, среднего, удовлетворительного и низкого рейтинга.

👉 Инструкция по рейтингу устойчивости

🔫Категории и баллы рейтинга устойчивости доступны в персональном кабинете налогоплательщиков, а также в разделе Soliq biznes мобильного приложения Soliq.

Рейтинг устойчивости предпринимателей
также можно посмотреть на сайте Торгово-промышленной палаты
➡️ https://chamber.uz/contractor-rating

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
70 yosh muborak!

Uzoq yillar davomida Soliq qo‘mitasi Raisi sifatida fidokorona mehnat qilgan Sayfuddinov Jamshid Badriddinovichning bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Jamshid Badriddinovichga Soliq qo‘mitasi Raisining tabrigi yo‘llandi. Tabrikda quyidagi iliq tilaklar bildirildi:

"Yurt ravnaqi, iqtisodiyot taraqqiyoti, xususan soliq tizimiga qo‘shgan beqiyos hissangizni barcha yurtdoshlarimiz katta hurmat va minnatdorlik bilan eslaydi. Bugungi kunda ham ulkan tajriba, hayotiy zakovat va keng dunyoqarashingiz bilan yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularga ibrat bo‘lib kelayotganingiz tahsinga sazovordir".

Yubiley donishmandlikning, barqarorlikning, xalqona hurmatning ramzidir!

Jamshid Badriddinovichni yana bir bor muborak yoshlari bilan tabriklaymiz! Ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz!


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Men donorman”: Soliq qo‘mitasida xayrli ishga bag‘ishlangan qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qon quyish markazi tomonidan joriy yilning 1–5 dekabr kunlari “Men donorman” xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Bugun mazkur aksiya Soliq qo‘mitasi Raisining tashabbusi bilan qo‘mita binosining o‘zida, barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etildi.

Xayriya tadbirida 100 dan ortiq soliq xizmati xodimlari yurak amri, sof insoniy tuyg‘ular va yuksak mas’uliyat bilan ishtirok etdi.

Bu ezgu tashabbus kimlar uchundir kechiktirilmas umid, kimlar uchundir hayotga yangi imkoniyat demakdir. Bu yuzlab dardmand bolajonlarning sog‘ayishiga turtki bo‘lishi, ularga yana bir bor hayot in’om etishi mumkin.

Ezgu maqsadlarga qaratilgan aksiya jamiyatda hamjihatlik va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini
va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning
oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 20.11.2024-yildagi 3577 raqamli nizomning 6-
bandi
)
____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 декабря 2025 года - последний день

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.6 Положения, рег. № 3577 от 20.11.2024 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni

Konstitutsiya – farovon hayotimiz asosidir


🇺🇿Konstitutsiyaga hurmat, qonun ustuvorligini taʼminlash va jamiyat farovonligini mustahkamlashda davlat organlarining oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

🎥Soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan rolik shu haqida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Rasmiy ishlash afzalliklari haqida bilasizmi?

▶️ Ushbu videoda rasmiy ishlashning qanday real foyda berishi, qanday imtiyozlar yaratishi va nima uchun aynan bugundan boshlash kerakligi batafsil ko‘rsatilgan.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_eshiklar_kuni

Soliq boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi

Xorazm viloyati soliq boshqarmasida 8-dekabr—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 9-dekabr—Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan soliq xizmati organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari taklif etildilar.
Boshqarmaga tashrif buyurgan mehmonlarga soliq organlarida xizmat qilishning naqadar sharafli ekanligi, soliq tushumlarining davlatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni eslatib o‘tildi. Shuningdek, talabalarga boshqarmadagi bo‘limlar faoliyati, soliq tizimida ishlatilayotgan turli dasturlar, xodimlarga yuklatilgan vazifalar yuzasidan zarur axborotlar va tushuntirishlar berilib, soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish borasidagi olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtaldi.


Tadbir davomida talabalar kelajakda yetuk kadr bo‘lish uchun qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi bo‘yicha zarur maslahatlar oldilar.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mening_konstitutsiyam

Mening solig‘im – yurtim iqboli

Urganch shahridagi Amir Temur istirohat bog'ida 8-dekabr—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Mening solig‘im – yurtim iqboli" mavzusida PR-aksiya o'tkazildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/12/06 01:18:49
Back to Top
HTML Embed Code: