Telegram Web
#uchrashuv #etirof #antikorrupsiya

Kasbga sadoqat, burch va masʼuliyat – muvaffaqiyat garovi!


Viloyat soliq bosharmasida tizimda mehnat qilib, yuqori natijalarga erishgan yosh xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.

Tadbirda soliq toʻlovchilarga shaffof va namunali xizmat koʻrsatish bosh vazifa ekanligiga eʼtibor qaratilib, davlat xizmatchisiga bildirilgan ishonch, eng muhimi, jamiyatning davlatga boʻlgan ishonchi, oila va farzandlar taqdiri har bir insonning tafakkurida, qalbida doim mustahkam boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.


Shuningdek, davra suhbatida soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʼmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi va savollarga javoblar berildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 80-moddasi yaʼni “Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamhoʻrlik qilishga majburdirlar” degan normaga taʼrif beradigan boʻlsak:

Farzand voyaga yetib, oʻzini taʼminlashga qodir boʻlganidan keyin, oʻz ota-onalarining salomatligi, ehtiyojlari va farovonligi haqida qaygʻuradi, ularga yordam beradi. Bu uning nafaqat axloqiy, balki qonun bilan belgilangan majburiyati hisoblanadi.

Qisqacha aytganda, bu norma ota-onaga hurmat va ularni qoʻllab-quvvatlash – har bir voyaga yetgan farzandning huquqiy burchi ekanini belgilaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni

Shaxsning erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir

Hech kim qonunda belgilangan tartibdan tashqari hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi yoki ozodligidan mahrum qilinishi mumkin emas. Fuqaro hayoti, erkin harakatlanishi va shaxsiy xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Ushbu modda insonning eng asosiy huquqlaridan biri — erkin yashash, o‘z sha’nini himoya qilish va asossiz cheklovlardan xoli bo‘lish – konstitutsiyaviy asosda muhofaza qilinishini belgilaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil_pochtasi

Raisga yangi yil maktubi – qalbdan chiqqan samimiyat va moʻjizaga ishonch bilan!


Soliq qoʻmitasi «Raisga Yangi yil maktubi» deb nomlangan ezgu aksiya start olganini maʼlum qiladi.

Aksiyada soliq organlari xodimlarining 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan farzandlari ishtirok etishlari mumkin.

Yosh ijodkorlarni Soliq qoʻmitasi Raisiga samimiy maktub yozishga chorlaymiz.

Maktubda bolajonlar quyidagilarni yoritishi lozim:
🏆 ushbu yil davomida qoʻlga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlari;
👨‍💼👩🏻‍💼 soliq xizmatida ishlovchi ota-onasining kasbini oʻzi qanday tushunishi va tasavvur qilishi;
🎁 Yangi yilda qanday sovgʻa olishni orzu qilishi.

✍🏻Maktub albatta qoʻlda yozilgan boʻlishi kerak.
🎨 Rasmlar, bezaklar yoki kichik qoʻl mehnati buyumlari orqali ijodiy bezatishga ruxsat etiladi.

Maktublarni yuborish tartibi

📪Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ishtirok etuvchi bolalar oʻz ishlarini dushanba–juma kunlari soat 11:00 dan 13:00 gacha quyidagi manzilga qogʻoz shaklida topshirishlari mumkin:
Toshkent shahri, 100011, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 13-a uy.

📧 Hududlardan yuboriladigan maktublar skaner qilib, [email protected] elektron manziliga yuboriladi.

📅 Maktublar 20-noyabrdan 1-dekabrgacha (soat 13:00) gacha qabul qilinadi.

Qabul yakunlanganidan soʻng ijodiy ishlar maxsus tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

🎁 Natijalar va taqdirlash

20-dekabr kuni eng samimiy va ijodkorona yozilgan maktublar mualliflari tantanali ravishda taqdirlanadi.

⚠️ Komissiya qarori yakuniy hisoblanib, muhokama qilinmaydi va qayta koʻrib chiqilmaydi.

Barcha ishtirokchilarni ushbu aksiyada faol qatnashib, bayramga iliqlik, ijod va quvonch bagʻishlashga taklif qilamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni

Har bir insonning ijtimoiy ta’minot olish huquqi kafolatlanadi

Shaxs qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda yoki qonunda belgilangan boshqa og‘ir holatlarda davlat tomonidan moddiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Belgilanadigan pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlar insonning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan eng kam darajadan past bo‘lishi mumkin emas.

Ushbu modda jamiyatning har bir a’zosini hayotning turli sinovlarida yolg‘iz qoldirmaslikni ta’minlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

Qo‘l uzat — hayotni qutqar


1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. Shu bois, jamoatchilikni OITSdan himoya qilish, kasallik haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va stigmani kamaytirish borasida umumiy sa’y-harakatlarimiz muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, har bir insonning o‘z salomatligi uchun mas’uliyatli bo‘lishi, xavf omillarini bilishi va o‘zini hamda atrofidagilarni asrashga qaratilgan amaliy qadamlar qo‘yishi juda muhim. VICH infeksiyasini erta aniqlash, profilaktik tekshiruvlardan muntazam o‘tish va zamonaviy davolash usullaridan foydalanish kasallikni nazorat ostida ushlashga imkon beradi.

Bugungi kunda VICH bilan yashovchi insonlar to‘liq hayot kechirishlari mumkin. Ularga nisbatan hurmat va qo‘llab-quvvatlash jamiyatning madaniyati va insoniylik darajasini ko‘rsatadi. OITSga qarshi kurash faqat tibbiy yo‘nalish emas — u har birimizning bilimli, ogoh va mehribon bo‘lishimizga bog‘liqdir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi


2026-yil 1-yanvardan “Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. Bunda gʻoliblar uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi:

- tashabbusli byudjet doirasida ketma-ket 2 marotaba gʻolib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi 2 ta mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qoʻllanmaydi;

- loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirishda ushbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalashtirilgan taqdirda, loyiha gʻolib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladi;

- belgilangan mezonlar asosida har yili birinchi 100 talikka kirgan eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarning har biriga Davlat byudjetidan 2 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ tegishlicha Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga ajratiladi.


👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi raisi vodiy viloyatlarida soliq organlari faoliyati bilan tanishmoqda


Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif buyurib, soliq organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Tashrifning asosiy maqsadi – soliq ma’murchiligida yangi bosqichga o‘tish, tizim samaradorligini oshirish va raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq organlari oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilishda sun’iy intellekt va raqamli tahlil texnologiyalaridan faol foydalanish orqali nazorat-tahlil jarayonlarini tubdan yangilash va soliq organlari faoliyatini yanada tezkor, aniq va xavfsiz platformalar asosida modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida, soliq bazasini kengaytirishda manzilli yondashuvni joriy etish, tartib-intizomni mustahkamlash, tushumlarni oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

Ba’zan biz hayotdagi hamma narsani o‘zgartira olmasligimiz mumkin.

Ba’zan kimningdir taqdirini boshqatdan yozish qo‘limizdan kelmas.

Ammo biz to‘laydigan soliqlar – kimningdir orzusini ro‘yobga chiqarishi, hayotida yangi sahifa va imkoniyat eshigini ochishi mumkin.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni!


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.


Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
▫️Call-markaz – 1253

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected] aloqa kanallari orqali murojaat qilish yetkazildi.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/12/02 02:04:36
Back to Top
HTML Embed Code: