Telegram Web
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o'tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlik subyektlariga qator soliq imtiyozlarini berish taklifi ilgari surildi.

Jumladan, shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash – o'zimiz yashab turgan mahalla ravnaqi uchun hissa qo‘shish demakdir!


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 15-oktabr

sentabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksi 389-moddasi 1-qismi
👉Soliq kodeksi
407-moddasi 4- va 5-qismlari

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi

IV chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 октября 2025 года - последний день

за сентябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога;
👉ч.1 ст.389 Налогового кодекса
👉ч.4-5
ст.407 Налогового кодекса

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота;
👉ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса

за IV квартал:

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале.
👉ч.11 ст.340 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#matbuot_anjumani #EHF

Elektron hisobvaraq-fakturalarda xavf darajasini baholash: yangi yondashuv

Soliq qo‘mitasida elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik baholashning yangi tizimini tushuntirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tizim 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy etilmoqda hamda EHF rasmiylashtirish jarayonida qonunbuzilish ehtimolini baholash imkonini beruvchi kompleks mezonlar tahliliga asoslanadi.

Yangi tizim har bir EHFni yaratish jarayonidayoq avtomatik tahlil qiladi va unga xavf darajasini belgilaydi. Agar yuqori xavf belgilari aniqlansa, EHFning maqomi xaridorga koʻrsatiladi.

Yangi yondashuv soliq oqibatlarini baholash va hamkor tanlashda ehtiyotkorlikni taʼminlaydi.

Soliq organlari tomonidan xufiyona iqtisodiyotning oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash, shu bilan birga insofli, soliqlarni oʻz vaqtida, vijdonan toʻlaydigan soliq toʻlovchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida shubhali operatsiyalarni aniqlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
__________
#пресс_конференция #ЭСФ

Оценка уровня риска электронных счетов-фактур: новый подход

В Налоговом комитете состоялась пресс-конференция, посвященная разъяснению новой системы автоматической оценки риска ЭСФ в режиме реального времени.

Данная система внедряется с 1 января 2026 года в целях исполнения Указа Президента Республики Узбекистан и основывается на комплексном анализе критериев, позволяющих оценить вероятность нарушений при оформлении ЭСФ.

Новая система автоматически анализирует каждый формируемый ЭСФ уже на этапе его создания и присваивает ему уровень риска. При выявлении признаков повышенного риска соответствующий статус поставщика будет отображен покупателю.

Новый подход позволит заранее оценить возможные налоговые последствия сделки и проявить должную осмотрительность при выборе контрагента.

Налоговые органы ведут системную работу по выявлению сомнительных операций с целью предупреждения теневой экономики, обеспечения верховенства закона, а также защиты интересов добросовестных налогоплательщиков, которые своевременно и честно уплачивают налоги.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

‼️ Jismoniy shaxslar 👨🏻💼👩🔧to‘lashi kerak bo‘lgan soliqlarga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i kiradi.

💢 Unutmang! 15 oktabr mol-mulk 🏠 va yer 🏕 solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Soliq mobil ilovasi📱yordamida xohlagan manzil va istalgan paytda o`z fuqarolik burchingizni bajaring!

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
Korrupsiya rivojlanishga to'siq

📍 Urganch tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiya va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, barcha xodimlar ichki mehnat tartibi hamda odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya etishlari, har qanday ko‘rinishdagi salbiy holatlarni sodir qilmasliklari, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.

📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilib, soliq majburiyatlarini bajarish davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#markirovka

Raqamli markirovka yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar savdosini cheklaydi

O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizatsiyasini cheklaydi.
👉PQ-296 06.10.2025 y.

Quyidagi mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalanishi shart:
👉 alkogol va tamaki mahsulotlari;
👉 pivo mahsulotlari;
👉 maishiy texnikalar;
👉 dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar
;
👉 suv va salqin ichimliklar.

Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar har bir mahsulot haqida batafsil ma’lumotlarni “Asl belgisi” avtomatlashtirilgan tizimiga (“CRPT Turon” MChJ) kiritgan holda ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarga Data Matrix maxsus markirovka kodlarini qo‘llaydi:
- mahsulot nomi,
- miqdori,
- hajmi,
- ishlab chiqarish sanasi,
- yaroqlilik muddati va boshqalar.

Sotuvchi 2D skaner yordamida mahsulotning raqamli markirovka kodini skanerlaganda, tizim avtomatik ravishda “Asl belgisi” AISdan markirovka kodini tekshiradi. Agarda mahsulotning yaroqlilik muddati o'tganligi aniqlansa, Onlayn-NKT ekranida “mahsulot yaroqli muddati o‘tgan” mazmunida ogohlantirish xabari aks etadi va chek shakllanmaydi.

Shu tariqa muddati o'tgan tovarlar realizatsiyasi sotuvchining ishtirokisiz avtomatik ravishda bloklanadi.

“Asl belgisi” tizimida bloklangan mahsulotlar yaroqsiz deb topiladi va qonun talablariga muvofiq balansdan chiqarilishi kerak.
____________
#маркировка

Цифровая маркировка ограничит продажу просроченных товаров


Внедряемая в Узбекистане система цифровой маркировки служит повышению прозрачности оборота высоколиквидной продукции. С 1 марта 2026 года благодаря цифровой маркировке будет ограничена реализация товаров с истекшим сроком годности.
👉№ПП-296 от 06.10.2025 г.

Обязательной цифровой маркировке подлежат:
👉 табачные изделия и алкогольная продукция;
👉 пивоваренная продукция;
👉 бытовая техника;
👉 лекарственные средства и медицинские изделия
;
👉 вода и прохладительные напитки.

Производители и импортеры наносят на производимую и импортируемую продукцию специальные коды маркировки Data matrix, внося в автоматизированную систему "Asl belgisi" (ООО "CRPT Turon") подробную информацию о каждом товаре:
- наименование,
- количество,
- объем,
- дата производства,
- срок годности и другое.

Когда при продаже продавец сканирует через 2D-сканер нанесенную на товар цифровую маркировку, то система автоматически сверяет код маркировки с АИС "Asl belgisi". В случае обнаружения истекшего срока годности товара на экране онлайн контрольно-кассовой техники выводится уведомление "срок годности товара истек", и чек не формируется.

Таким образом, реализация просроченного товара блокируется в автоматическом режиме, без участия продавца.

Заблокированные в системе "Asl belgisi" товары признаются непригодными и подлежат списанию с баланса в соответствии с требованиями законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

📍 Xiva tumani soliq inspeksiyasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda korrupsiya va har qanday salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar, yurtimizda unga qarshi kurash borasida olib borilayotgan izchil ishlar, jamoatchilik nazoratining ahamiyati va korrupsion holatlarning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berilib, soliq to‘lovchilarga namunali xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berishlari ta’kidlandi.


📌 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi va ishonch telefon raqamlari va telegram bot kanallarini o‘zida aks ettirgan buklet va broshuralar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#soliq_qarzi

Soliq qarzini o‘z vaqtida to‘lamaganlar soliqlar summasidan tashqari hisoblangan penyalar va jarimalarni ham to‘laydilar

Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

▫️soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.

👉Soliq kodeksi 55-modda

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/10/16 13:03:22
Back to Top
HTML Embed Code: