Telegram Web
#lozim_darajada_ehtiyotkorlik

O'z biznesingizni nomaqbul hamkorlardan asrang!

Soliq to‘lovchilar o'z kontragentlarini tanlashda lozim darajada ehtiyotkor bo'lishlari zarur.

Biznes hamkorlarning ishonchliligini norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 7 522 ta subyektlar roʻyxati keltirilgan Soliq qoʻmitasi sayti orqali tekshirish mumkin. Ushbu ro'yxati muntazam ravishda yangilanib boriladi.

Joriy yilning o‘zida faoliyatida shubhali holatlar kuzatilgan va naqdlashtirish faoliyati bilan shug‘ullangan 902 ta subyekt aniqlangan.

Faqatgina ishonchli tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik o'rnatish, norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritgan subyektlar bilan moliyaviy aloqada bo‘lmaslik — bu tadbirkorlik subyektining ishbilarmonlik obro‘yi asosidir.

Kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda:

✔️Moliyaviy hisobotlarni so‘rash va tekshirish. Hisobotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish holatlari shubha uyg‘otishi lozim — ishonchli tadbirkorlik subyektlari o‘zining moliyaviy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yashirmaydi;

✔️Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sahifasida reestrida mavjudligini tekshirish;

✔️Subyektning ko‘rsatilgan manzilda hamda ofis va omborlarning mavjudligiga ishonch hosil qilish;

✔️Onlayn tahlil o'tkazish: kontragentning ijtimoiy tarmoqda mavjudligi, ular to‘g‘risidagi mulohazalar va reytingi hamda faoliyati haqidagi boshqa mavjud ma’lumotlarni olish.

Agar kontragentda norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritganlik holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari ayrim operatsiyalarni eʼtiborga olmaslikka hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini oʻzgartirishga haqli.

Bunday subyektlar bilan hamkorlik qilish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida qaralishi mumkin.

Ishonchli hamkorlarni tanlash soliq tekshiruvlarining oldini olish va biznesning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
__________
#должная_осмотрительность

Берегите свой бизнес от недобросовестных контрагентов!

Налогоплательщики обязаны проявлять должную осмотрительность при выборе контрагентов.

Проверить надежность деловых партнеров можно через сайт Налогового комитета, где размещен перечень 7 522 субъектов, ведущих неофициальную экономическую деятельность и совершающих сомнительные операции. Этот перечень регулярно обновляется.

Только в текущем году выявлено 902 субъекта, которые осуществляли подозрительные операции, которые не соответствуют их действительному экономическому содержанию.

Сотрудничество только с надёжными партнёрами и отказ от финансовых отношений с предприятиями, действующими не в рамках закона — это основа деловой репутации бизнеса.

При проверке контрагентов рекомендуется:

✔️запрашивать и проверять финансовую отчётность. Отсутствие отчётов или предоставление недостоверных данных должно вызывать настороженность — добросовестные субъекты предпринимательства не скрывают информацию о своей деятельности;

✔️проверять наличие или отсутствие субъекта в реестре на сайте Налогового комитета;

✔️убедиться в фактическом наличии субъекта по заявленному адресу, наличии офиса и складских помещений;

✔️проводить онлайн-анализ: изучать присутствие контрагента в социальных сетях, отзывы, рейтинг и другую доступную информацию о его деятельности.

Если у контрагента выявлена неформальная экономическая деятельность, налоговые органы вправе не принимать во внимание отдельные операции и корректировать сумму подлежащих уплате налогов.

Сотрудничество с такими субъектами может рассматриваться как уклонение от уплаты налогов.

Выбор надёжных партнёров помогает предотвратить налоговые проверки и обеспечить стабильное развитие бизнеса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_yer_soligʻi

Xushovoz xonanda "Nihol" mukofoti sovrindori
Murodbek Qilichev: mol-mulk va yer soliqlarimni
Soliq mobil ilovasi orqali to'ladim.

Aziz vatandoshlar, sizga ham mol-mulk va yer soliqlaringizni mobil ilova orqali to'lashni tavsiya qilaman!

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads

#shunday_bolishi_mumkinmi?

1 kilogramm go‘sht va bodring 10 million so‘mdan – xatolikmi yoki soxta bitim?

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan qo‘pol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida ma’lumot berib borishni davom ettirmoqda.

Bunday holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali aniqlanmoqda. U mavjud raqamli ma’lumotlar tahlili asosida EHFlarning xavf darajasini real vaqt rejimida avtomatik tarzda belgilab beradi.

Misol uchun, 2023-yil mart oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida tashkil etilgan “Graf” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan)ning ustav jamg‘armasi 10 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur korxona uzoq vaqt faoliyat yuritmagan bo‘lsa-da, 2025-yil oktabr oyining 6–10-sanalari oralig‘ida ishchi kuchiga ega bo‘lmasdan, egaligida yoki ijarada hech qanday mulk va transport vositalari bo‘lmagan holda 38,5 mlrd so‘m (shundan QQS – 4,1 mlrd so‘m) miqdorida turli tovarlar hamda transport va logistika xizmatlari bo‘yicha EHF rasmiylashtirgan.

Rasmiylashtirilgan EHFlarda 1 kg go‘sht, 1 kg bodring, 1 dona izolenta yoki 1 dona podshipnikning har biri 10 mln so‘mdan realizatsiya qilinganligi ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus axborot tizimi hozirda test tartibida faoliyat yuritmoqda va aniqlangan holatlar bo‘yicha hozircha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan.
_____________
#разве_такое_возможно?

Мясо и огурцы по цене 10 млн сумов за килограмм: ошибка или фиктивная сделка?

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

Такие факты выявляются с помощью специальной информационно-аналитической системы, которая на основе анализа имеющихся цифровых данных автоматически определяет уровень риска ЭСФ в режиме реального времени.

Например, в марте 2023 года было создано ООО «Graf» (название изменено) с уставным фондом в размере 10 млн сумов, зарегистрированное с целью осуществления оптовой торговли.

Несмотря на то, что предприятие длительное время не осуществляло деятельность, в период с 6 по 10 октября 2025 года оно, не имея рабочей силы, имущества или транспортных средств ни в собственности, ни в аренде, оформило электронные счета-фактуры (ЭСФ) на 38,5 млрд сумов, из которых 4,1 млрд сумов НДС, по различным товарам, а также транспортным и логистическим услугам.

При этом в оформленных ЭСФ указаны завышенные цены — например, 1 кг мяса, 1 кг огурцов, 1 рулон изоленты или 1 подшипник были реализованы по цене 10 млн сумов за единицу.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Sanoat korxonalariga qoʻshimcha soliq imtiyozlari belgilanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
👉PQ-295-son, 4.10.2025-yil.

Unga asosan, 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

🔹mazkur qarorda nazarda tutilgan sanoat korxonalarining ishchilarini tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlari har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanishi belgilanmoqda.
Bunda ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi kerak.

🔹o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanilishi belgilanmoqda.

❗️Mazkur o‘zgarishlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#e_ijara

Tadbirkorlar endi mavsumiy faoliyat uchun tutash yer uchastkalarini E-ijara tizimi orqali ijaraga olishlari mumkin

2025-yil 1-oktabrdan boshlab, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun umumiy foydalanishga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish boʻyicha yangi tizim joriy etildi.
👉VMQ-478-son, 31.07.2025-yil.

Endilikda, ushbu biznes subyektlari mavsumiy tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun oʻz binolari, inshootlari yoki yer uchastkalari yaqinidagi tutash yer uchastkalarini, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarini rasmiy ravishda ijaraga olishlari mumkin.

Soliq qoʻmitasining Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyishE-ijara tizimida bunday turdagi yer uchastkalari ijara shartnomasini roʻyxatga olish imkoniyati yaratildi.

Ushbu tartib tibbiyot, taʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalariga tegishli yerlarga tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun: Shartnoma muddatidan qatʼi nazar har bir kvadrat metr yer uchastkalari uchun yer soligʻi stavkasining uch baravarigacha boʻlgan ijara toʻlovi belgilanadi.

Shu bilan birga, yer soligʻi asosida hisoblangan summa Soliq kodeksida belgilangan koʻpaytirish va kamaytirish koeffitsiyentlari qoʻllanilgan holda, soliq imtiyozlarisiz hisoblanadi.

Yer soligʻi stavkalari bilan 👉shu yerda tanishish mumkin.
_______________________
#e_ijara

Предприниматели теперь могут арендовать прилегающие участки для сезонной деятельности через E-ijara

С 1 октября 2025 года введена новая система аренды земельных участков общего пользования для предпринимателей, работающих в сфере общественного питания, торговли и услуг.
👉ПКМ №478 от 31.07.2025 г.

Теперь эти субъекты бизнеса для ведения сезонной коммерческой деятельности могут официально арендовать прилегающие территории — участки земли рядом со своими зданиями, сооружениями или земельными участками, а также участки, предоставленные государственным органам и организациям в постоянное пользование.

В сервисе для учета договоров аренды недвижимого имущества Налогового комитета E-ijara создана возможность зарегистрировать договор аренды таких земельных участков.

Порядок не распространяется на земли, принадлежащие учреждениям здравоохранения, образования и дошкольного образования.

К сведению. За каждый квадратный метр земельных участков, независимо от срока договора, уплачивается арендная плата в размере до трехкратной ставки земельного налога.

При этом сумма земельного налога, принимаемая за основу, рассчитывается с применением повышающих и понижающих коэффициентов, установленных Налоговым кодексом РУз, и без применения налоговых льгот.

Ставки земельного налога можно посмотреть 👉тут.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Soliq madaniyati mahalladan boshlanadi

Shayxontohur tumanidagi "Janggoh" mahalla fuqarolar yig'inida aholi o'rtasida soliq madaniyatini yuksaltirish hamda soliq majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida soliq to'lovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Faol va hurmatli fuqarolar – har bir mahallaning yuzi va obro'sidir. Aholi ularga ergashadi, ularning fikriga quloq tutadi. Bunday fuqarolar yashayotgan hududiga befarq bo‘lmay, mahalla obodligi, tartib-intizomi hamda barcha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi. Jumladan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, boshqalarga ibrat bo‘ladi.

Tadbirda yig‘ilganlarga soliqlar davlat budjetini to‘ldirishning eng muhim manbai ekanligi, ayniqsa, ular hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta'kidlanganidek, yig'ilgan soliqlarning 10 foizi mahalla budjetiga qaytariladi. Bu muhim moliyaviy manba ichki muammolarni hal etish, jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish va aholining ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Ayni shu maqsadda mahalla fuqarolar yig‘inlariga biriktirilgan soliq inspektorlari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘lov muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, har kuni fuqarolarga to'lovning oxirgi muddati 15-oktabr ekanligi eslatib borilmoqda.

Mahalla aholisi pensionerlar uchun berilgan imtiyozlar, ularni qo'llash tartibi, bank to‘lov ilovalari va “Soliq” mobil ilovasi orqali soliqlarni to‘lashning zamonaviy usullari bilan qiziqishdi.

Mutaxassislar “Soliq” mobil ilovasi yordamida hisoblangan soliqlarni tezda tekshirish hamda onlayn to‘lovlarni qulay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.

Uchrashuv yakunida soliq organlari xodimlari fuqarolarning savollariga batafsil javob qaytarib, aholi o‘rtasida soliq savodxonligini oshirish soliq to‘lovchi va davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, shuningdek, har bir mahalla taraqqiyotiga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.
_________
#встреча

Налоговая культура начинается с махалли

В махаллинском сходе граждан «Жангох» Шайхантахурского района состоялась открытая встреча с налогоплательщиками, посвященная вопросам налоговой культуры и своевременного исполнения налоговых обязательств.

Активные и уважаемые жители - это лицо и авторитет каждой махалли. На них равняются, к ним прислушиваются. Такие граждане не равнодушны к месту, в котором проживают, они следят за благоустройством, порядком и своевременно исполняют все обязательства. В том числе - платят налоги.

На встречу с представителями налоговых органов отозвались именно такие жители.

Присутствующим разъяснили, что налоги являются важнейшим источником пополнения государственного бюджета и направляются на развитие местной социальной инфраструктуры, улучшение условий жизни населения.

Отмечено, что 10% собранных налогов возвращаются в бюджет самой махалли. Это способствует решению локальных вопросов — ремонту дорог, благоустройству дворов и поддержке социально значимых инициатив жителей.

Прикрепленные к махаллинским сходам граждан налоговые инспекторы именно по этой причине особое внимание уделяют срокам уплаты налогов на имущество и землю. Ежедневно гражданам напоминают, что последний срок уплаты — до 15 октября текущего года.

Жители махалли интересовались о льготах для пенсионеров, каков порядок применения, а также о современных способах оплаты налогов через платёжные приложения банков и мобильное приложение Soliq.

Специалисты подробно рассказали о возможностях мобильного приложения Soliq, с помощью которого можно удобно и быстро проверить начисления и произвести оплату онлайн.

В завершение встречи представители налоговых органов ответили на вопросы граждан и подчеркнули, что повышение налоговой грамотности населения способствует укреплению доверия между налогоплательщиками и государством, а также развитию каждой махалли.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/24 12:53:52
Back to Top
HTML Embed Code: