#universitet
Kecha juda tig’iz kun bo’ldi. Ertalabdan “Yangi O’zbekiston” universitetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 16-umumta’lim maktabida bo’ldik. Suhbatlashgan o’quvchilarimiz asosan 10-11 sinf bo’lganliklari uchun tabiiyki asosiy mavzu oliy ta’limga kirish, o’z yo’nalishlarini to’g’ri tanlash, imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish bo’ldi. Shu bilan birgalikda, universitetimiz xodimlari o’quvchilar bilan turli interaktiv o’yinlar, suhbatlarni olish borishdi. O’quvchilar va maktab kutubxonasiga 10 dan ortiq turli badiiy adabiyotlar sovg’a qilindi.
Maktabda chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Azim bilan uchrashdik. Ikki ziyoli uchrashganda albatta asosiy mavzu kitobxonlik, mutolaa madaniyati, sifatli tarjima kabi masalalarga boy bo’ladi. So’ngra suhbatimiz davomi “1000 Kitob” loyihasining katta taqdimotiga ulanib ketdi. Bir yil avval ushbu loyihaga saralab olingan 100 ekspertning ichida edim, kecha ana shu loyihaning ilk sarhisobi bo’lib o’tdi. Tadbir tadbirga ulanib ketgani uchun “Wikistipendia” loyihasiga qololmadik.
Xuddi shu kuni, soat 15:00 da Respublika oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining turli yo’nalishlari bo’yicha Final bahslari bo’lishi kerak edi. Bunda “Yangi O’zbekiston” universiteti jamoasi Breyn-ring o’yinining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi bilan finalchilar bo’lishgandi. Men esa soat 16:00 da yetib bora oldim. Ungacha onlayn translyatsiya orqali kuzatib bordim.
Jamoamiz juda yaxshi ishtirok etdi. Hali endi birinchi bitiruvchilarini kuzatayotgan yangi universitet uchun Respublikaning TOP 5 talik reytingiga kirish alohida faxr tuyg’usini uyg’otdi.
Qo’shimchasiga, Shaxsiy o’yin yo’nalishida universitetimiz talabasi Nurbek Xo’jayev faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Ushbu yutuqlar umumiy hisobda 70 million so’mni tashkil qiladi (Breyn-ring uchun 60 million, Shaxsiy o’yin uchun 10 million).
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi 3 yildan beri g’oliblik ostonasidan qaytgan bo’lgan va so’ngida o’zlari ko’zlagan maqsadga erishdi. “Yangi O’zbekiston” universiteti jamoasi esa hali ilk urinishlardayoq yaxshi va esda qolarli natijaga erishgani tahsinga sazovor. Ijod maktabida direktor bo’lgan vaqtlarimda “Abdulla Qodiriy ijod maktabi direktori kubogi” nomli Zakovat intellektual musobaqalari muntazam o’tkazilardi. Kechagi o’yinlardan keyin ham universitetda shunday turnirlarni o’tkazishni niyat qilib qaytdim.
@Uzbekxonim

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing
11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.
U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.
U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.
Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.
Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.
Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.
@hilola_umarova

Forwarded from Туркистон кутубхонаси | Туркестанская библиотека | Turkestan library | تورکستان كتبخانەسی
Сталин даври қатағон қурбонлари ва уларнинг оқланиши
Азим Маликовнинг мақоласи шу ҳақида. Пост-совет Ўзбекистони, Каримов ва Мирзиёев даврларида қатағон қурбонларининг хотирланиши, реабилитация қилиниши кўрилган.
Мақолада урғуланган жойларидан - реабилитация ишларининг ҳудудийлик тамойили асосида кетиши. Ўзбекистон ичида, ўзбеклардан ташқари бошқа миллат вакилларининг ҳам давлат расмий нарративларида тилга олиниши, ишларининг кўрилиши. Айни пайтда, Ўзбекистон ташқаридаги ўзбеклар (ЎЗССР ташқарисда яшаган; колхозлаштириш, қулоқлаштириш, "катта қирғин" йиллари қурбонлари, сургун қилинганлар ва дунёнинг турли бурчакларига муҳожирликка кетган ўзбеклар)га ўрин берилмаслиги.
Эътибор берилган яна бир томони (балки энг муҳими ҳам) Сталин қатағонлари (умуман совет даври бўйича ҳам) қурбонларининг ишлари кўрилишида, дискуссияларда фақат бир ёндашув, расмий ҳокимият кўзқарашларининг бошқа фикр, тортишмаларга ўрин бермаслигидир.
Зотан, маълум бир қисқа даврларни айтмаса, қатағон ишлари бўйича расмий архив манбаларига эришиш чекланган. Совет хавфсизлик органлари архивлари ҳам тор доирагагина очиқдир. Сўнгги йилларда амалга оширилаётган оқлов судларига материаллар ҳам "Қатағон қурбонлари хотираси давлат музейи" томонидан тайёрланади (музейнинг ўзи ВМ/ҳокимият қошидаги тузилма).
Мақолада тўхталинмаган, мустақил Ўзбекистонда икки президент даври қатағон қурбонлари хотирасига ёндашувда кўзга ташланадиган жиҳат - совет даври Ўзбекистон бюрократлари, раҳбарияти (қатағон қурбони бўлсин, бўлмасин)га нисбатан Ш.Мирзиёв даври давлат расмий қарашларида, тарихчилик ва медиада очиқлик келганлиги.
Мавзу бўйича кўпроқ фикрлар мақолада.
@turkiston_kutubxonasi

#ilm
Bir yili akademik Ubaydulla Karimov konferensiyasining toʻplamini nashrga tayyorlash jarayonida muqovasiga rasm tanlayotgandik. Shunda Fargʻona shahrining Loʻmbitepa yodgorligidan topilgan 7-8 asrga oid koʻzadagi yozuvning rasmini bergan edik. Yozuvni professor f.f.d Qosimjon Sodiqov: “ikki umr kechir (uzoq umrli boʻl), ikki kishilik umr yasha, narigi dunyoying ham rohatli boʻlsin” ,deya oʻqigan edilar. Shu kunlarda Andrey Kubatinning kitobini varaqlab, olimning ikkinchi umri uning kitob va maqolalari ekanligiga amin boʻlmoqdaman.
Hurmatli ilm yoʻliga kirgan yoshlar, ikkinchi umringiz uzun boʻlishini istasangiz, birinchi umringizda soxtalik qilmang.
Feruza Djumaniyazova:
“Andreyning ikkinchi umri uzoq yillarga xizmat qilgay. U har bir maqolasini alohida mehr bilan yozardi”.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabriklaymiz!
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari ayni vaqtda BAA boʻlib oʻtayotgan Zayed Sustainability Prize sovrindori boʻldi!
BAA ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami hisobda 150 ming AQSh dollari miqdorida pul mablagʻlarini taqdim etadi.
Videoda Oʻzbekiston Prezidenti jamoamiz vakilini qutlamoqda. Taʼsirli va faxrlantiradigan daqiqalar🇺🇿❤️

Bundan bir hafta avval O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasidan telefon qilishib, kelib ketishim zarurligini aytishgandi. Bir tarafdan o’sha kutganim uyushma a’zoligi berilarmikan deb o’yladim, ikkinchi tarafdan Ijodkor ayollar maslahat kengashi sabab degan xayol ham o’tdi. Qo’shimcha o’rnida aytib o’tsam, 9-yanvar kuni O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi qoshida Ijodkor ayollar maslahat kengashi tashkil etildi va men ham unda kengash a’zosi bo’ldim. Kengash adabiyotda, san’atda va ilmda ilg’or bo’lgan o’zbek ayollaridan tarkib topgan, O’zbekiston xalq shoirasi Fariza Afro’z boshchiligida tuzildi.
15-yanvar sanasida esa 1518-raqam ostida O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi bo’ldim. Domla Sirojiddin Sayyid ta’kidlaganidek, bu a’zolikka Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov kabi adabiyotimizning katta figuralari qabul qilingan. Endi ularning safida bo’lish yelkamga yanada ulkan mas’uliyatlar yuklaydi. Soham tarixiy manbashunoslik bo’lishiga qaramasdan, adabiyotga bo’lgan mehrim o’z yo’nalishimga bo’lgan mehrdan oz emas. O’sha kuni uyushmaga qabul qilingan eng yosh a’zo o’zim edim, tadbirda tilshunoslarning katta ustozi Nasimxon Rahmonov domlaning ham uyushmaga a’zolikka qabul qilinganlari, ular bilan turkiy malikalar, Turkon xotin haqidagi subbatimiz qisqa esa-da, juda mazmunli bo’ldi.
Tadbirdan chiqib yo’lda yozuvchimiz Ma’mura Zohidova, dilbar shoira Farida Afro’z va yosh ijodkor Shohsanam Nishonovalarni uchratdim, Farida opa shunda uyushmaga a’zo bo’lgan ayol ijodkorlar soni 411 taga yetganini aytdilar. Bu safning yaqin yillarda kengayishiga ishonchimiz komil.
Uyushmaga a’zo bo’lishga ariza va hujjatlarni ijod maktabida direktor bo’lgan vaqtlarimda topshirgandim. Roppa-rosa 15 oy o’tib, haqiqiy guvohnomani qabul qilib oldim. Va a’zolik ilmga va faol ilmiy ijodga qaytishim kerakligini yana bir bor esimga soldi.

#Alisher_Navoiy_tavalludining_584_yilligi
Birovkim qilsa olimlarg’a ta’zim
Qilur go’yoki payg’ambarga ta’zim
Bugun qoldirgan ijodiy merosi cheksiz ummonga qiyoslanadigan, bu ummondan butun dunyo ahli bahramand bo’lishda davom etayotgan Mir Alisher Navoiy hazratlarining tavallud kuni.
Ikki kundan buyon Navoiy shahrida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” nomli IV xalqaro simpoziumi bo’lib o’tmoqda.
Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti ijodkor talaba va xodimi bilan birga ishtirok etmoqdamiz. Ushbu simpoziumga chet el va respublikamizning turli chekkalaridan 350 dan ortiq navoiyshunos, adabiyotshunos, jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlar, olimlar tashrif buyurishgan.
Ushbu simpoziumda ma’ruza qilingan maqolalar alohida mavzu. Turli mavzudagi maqolalarni eshitarkansiz, Navoiy ijodini o’rganish hech qachon tugamasligiga, uning asarlari zamon va makon tanlamasligiga amin bo’lasiz.
Xususan, ushbu simpoziumga 1500 dan ortiq maqola kelib tushgan bo’lib, ularning ichidan eng saralari III jildli kitobga kiritilibdi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning kecha simpozium ishtirokchilariga shaxsan o’zlari tabrik yo’llaganlari ham bugungi kunda adabiyotga, ilm-fanga berilayotgan e’tiborning yuksak darajada ekanini ko’rsatadi.
2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilingan. Bugungi ayyom munosabati bilan Navoiy viloyatining bir qator hokimlari hazrat g’azallari ijrosida noan’anaviy mushoira qilishibdi. Bu adabiyotning xalqqa, xalqning esa adabiyotga yanada yaqinlashganini ko’rsatadi.

Forwarded from SAIDA_AZIZ IJODI
#Бугун
БМТ Бош Ассамблеясининг 2015 йил 22 декабрдаги 70-сессиясида 11 февраль – “Илм-фан соҳасидаги аёллар ва қизлар халқаро куни” сифатида расман эълон қилиниб, 2016 йилдан бошлаб мазкур сана дунёнинг кўплаб давлатларида кенг нишонланиб келинмоқда.
"Илм йўлидаги инсон фаришталар қанотида бораркан. Уларга ҳатто сувдаги балиқлар ҳам саловот айтиб тураркан", деганди устозим Юлдуз Ҳошимова. Илм йўли осон эмас...
Илм йўлида бардавом бўлган хотин-қизларимиз жуда кўп.
Шахсан ўзим таниган кўплаб аёллар орасида олималар бор.
Абдулла Қодирий мактабида раҳбарим бўлиб ишлаб, тарих фанлари бўйича PhD ёқлаган, мени илмга қизиқтирган Ҳилола Назирова,
Адабиётшуносликда фаол изланаётган устозим Муҳайё Йўлдошева,
айни пайтда Ҳиндистонда илмий тадқиқотини инглиз тилида олиб бораётган курсдошим Зуҳрахон,
Филология йўналишида DsC томон ҳаракат қилаётган Дилдора Баҳриддинова... санасам адоғи йўқ...
Аллоҳ барчаларининг илмларини зиёда қилсин!
Каналимиз аъзолари орасида ҳам олималаримиз бўлишса, ушбу кун барчангизга муборак бўлсин!
Илм осмонида қуёшдек порлайверинг, азиз Олималар!
@Saida_Aziz_Ijodi

Forwarded from OYINA.UZ
11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Oyina.uz shu munosabat bilan portalda e'lon qilingan olima ayollar haqidagi materiallarni eslatib o‘tadi.
▫️Moda, sport, ilm-fan: "eng birinchi" bo'lgan ayollar
▫️Nega ayol tarixda qolishi uchun faqat siyosiy faol bo‘lishi kerak?! AQShda o‘zbek shoiralari ijodini tanitayotgan olima bilan suhbat
◽️Islomshunos olima Dilsora Fozilova “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi
▫️Universitetga bilim bilan kirish kerak, imtiyoz bilan emas – Amerikada 72 maktabni boshqarayotgan Mavluda Oripova
▫️Manbashunos tarixchi Hilola Nazirova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi
▫️“O‘zbekistonning parlamentdagi ayollar ko‘rsatkichi Koreyanikidan ancha yuqori” – ilm izidan xorijga ketgan oila bilan suhbat
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube

Forwarded from New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti barcha adabiyot ixlosmandlarini she'riyat tadbiriga taklif qiladi
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
📖 Shoirlar, musiqiy chiqishlar va eksklyuziv auksiondan iborat tadbirimiz adabiyot va she’riyatga qiziquvchilar uchun unutilmas bo'lishiga ishonamiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
🗓 Tadbir vaqti: 15-fevral, 10:30 da.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
✅ Universitetimizda 15-fevral kuni “Fonus” she'riyat tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda zamonaviy adabiyot namunalarini iqtidorli ijodkorlarning xususan, “Izlam” toʻplami mualliflarining o'zidan jonli tarzda eshitishga muvaffaq bo’lasiz.
👉Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/SqacVHvov8Sr4xyq5
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Movarounnahr ko'chasi 1)
Men o’zimni sendan izladim…
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#izlam #adabiyot #shoirlar
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM