Telegram Web
🎙 Madaniyat vazirligi: “The Voice of Uzbekistan” musiqiy loyihasini boshladi

— Loyihaning eʼlon qilingan umumiy qiymati 1 989 120 000 soʻmni tashkil qilmoqda. Va bu narxlar QQS larsiz hisoblangan. Ushbu loyiha telekoʻrsatuvi koʻrinishida TV orqali namoyish etilishi kutilmoqda.

— Bunda ajratilgan mablagʻlar besh toifa boʻyicha ajratiladi va ular loyiha smetasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi:

1. Teleloyiha ishtirokchilari ustozlari uchun gonorar: 3 kishiga 6 oyga har biriga 228 000 000 soʻm, umumiy 684 000 000 soʻm.
2. Badiiy rahbarlik uchun gonorar: 1 kishiga 6 oy davomida jami 342 000 000 soʻm.
3. Musiqa direktori uchun gonarar: 1 kishiga 6 oy davomida jami 228 000 000 soʻm.
4. Teleloyiha ishtirok etadigan sozandalar uchun gonorar: 6 kishi uchun 6 oy davomida 522 000 000 soʻm.
5. Yagona ijtimoiy toʻlov uchun (12 foiz): 213 120 000 soʻm ajratiladi.

— Shuningdek, loyiha turli kompaniyalardan homiyliklar ham jalb qilinadi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
⚡️Super josuslik dasturi — "Pegas" haqida

Bir necha yillar oldin hech qanday ogohlantirishlarsiz telefon orqali 50 mingdan ortiq (prezidentlar, jurnalistlar va boshqalar) insonni kuzatib, telefondagi istalgan ma’lumotga egalik qilgan Isroil kompaniyasi(NSO Group )ga tegishli Pegas dasturi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Josuslikka ixtisoslashgan dastur telefon egasiga bildirmasdan telefon qo‘ng‘iroqlari, yozishmalar, joylashgan manzili, o‘rnatilgan parollari, rasmlar va boshqa barcha ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Dastur Meksikada narkokartel rahbari El Chaponi qo‘lga olishda ishlatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur anchayin qimmat turadi. 2016 yilda Pegasni 10 telefonga o‘rnatib berish $650 ming bo‘lgan. Unga qo‘shimcha tarzda yana $500 ming to‘lov talab etilgan.

Hisobotlarga ko‘ra, 40 ta davlat Pegas dasturidan foydalangan, 50 ta davlatda yashovchi fuqarolar uning yordamida kuzatilgan.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Biznes g'oya: Zamonaviy kitob do'koni ochish qanchaga tushadi?

Zamonaviy gadjetlar va texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, kitob ishlab chiqarish, sotish ancha ommabop va talabgir ekanligini tasdiqlaydi.

Dastlabki sarmoya miqdori 100 million so‘mni tashkil etadi. Zararsizlik nuqtasi ishning 3-oyida erishiladi.

Boshlangʼich xarajatlar: markaziy hududlar uchun taxminiy hisob-kitob:
— Do'konni roʼyxatdan oʼtkazish – $20
— Jixozlash – $1800
— Tovarlarning birinchi partiyasini sotib olish – $5000 - $6000
— Reklama – $300

Oylik xarajatlar:
— Ijara toʼlovlari – $500;
— Kommunal to'lovlar - $100;
— Xodimlar uchun ish haqi –$800;

Do'kon joylashgan joy va unversitet va tashkilotlar bilan kelishilgan kitob yarmarkalari do'kon daromadini oshiradi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eng ta'sirchan "Boycott"

2005-yil oxirida Daniyada Yevropa so'z erkinligi madaniy an'analari va musulmonlar o'rtasida kuchli ziddiyat yuzaga keldi. Buning sababi Jyllands-Posten gazetasi payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. haqidagi 12 ta aqilga sig'maydigan karikaturalarni chop etganligi edi.

Nashr musulmon mamlakatlari tomonidan juda salbiy reaktsiyaga sabab bo'ldi: Liviya Daniyadagi elchixonasini yopdi, Islom harakatlari esa daniyaliklar, shvedlar va norvegiyaliklarni Falastin avtonomiyasini darhol tark etishni talab qildi.

O'n bitta Islomiy davlat Daniya va gazetadan diniy tuyg'ularni nashr etish bilan haqorat qilgani uchun uzr so'rashni talab qildi va "Tolibon" harakati rasm mualliflarining boshlari uchun 100 kg oltin mukofot e'lon qildi.

Janjal butun dunyo bo'ylab siyosiy inqirozga aylandi. Natijada, musulmonlar Daniya tovarlariga boykott e'lon qilishdi, bu esa Daniyaga $170 million zarar yetkazdi. Namoyish davomida 139 kishi halok bo'ldi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Telegram asoschi Pavel Durovʼdagi @durov kanaliga biriktirilgan linklar haqida

— Pavel Durovʼda jami 7 dona @durov telegram kanaliga biriktirilgan (maxsus) qimmat linklar mavjud boʻlib, ularni oʻzi xarid qilgan va baʼzilari unga sovgʻa qilingan.

— Undagi linklar narxi quyidagicha boʻlishi mumkin: (24.04.2024 – 22:15:00 holatida)

1. “rove” linki – $111 199,99
2. “paul” linki – $55 999,99
3. “snow” linki – $44 799,99
4. “feed” linki – $40 896,79
5. “lean” linki – $35 296,79
6. “pavel” linki – $83 999,99

— “durov” linki haqida aniq narxlar mavjud emas, ammo Fragment saytida link uchun 10 000 TNC (Toncoin) yaʼni $56 000 atrofida narxlar taklif qilingan. Link narxi aslida esa $78 400 000 boʻlishi ham mumkin.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Silk Avia" aviakompaniyasida bilet narxlari

Silk Avia 2021-yilning 6-iyulida tashkil etilgan va Uzbekistan Airports AKning shoʻba korxonasi hisoblanadi. Aviakompaniya parki ATR 72-600 tipidagi tejamkor mintaqaviy havo kemalaridan iborat.

Aviakompaniya ichki reyslarni amalga oshirish bilan shug'ilangan.

Quyida kompaniyaning Toshkentdan boshqa hududlarga eng arzon reyslar narxini ko'rib chiqamiz:
— Zomin (iyun oyida) 110 ming so'm;
— Qo'qon (aprel oyida) 192 771 so'm;
— Buxoro (aprel) 220 ming so'm;
— Farg'ona (aprel) 192 ming so'm;
— Namangan (aprel) 192 ming so'm;
— Navoiy (aprel) 220 ming so'm;
— Qarshi (aprel) 192 ming so'm;
— Samarqand (aprel) 206 ming so'm;
— Termiz (aprel) 302 ming so'm;
— Urganch (aprel) 302 ming so'm;

Negadr kompaniya saytida Toshkentdan Nukusga reyslar uchun bilet sotib olish ishlamayapdi. Yuqorida ko'rsatilgan narxlar eng arzoni bo'lib, uchish kuni yaqin qolganiga qarab narx oshib boradi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turkiya davlatida maoshlar qancha?

— Turkiya eng rivojlangan va iqtisodiy jihatdan dunyoda katta hissaga ega boʻlsa ham, undagi maoshlar unchalik baland emas...

1. Taʼlim tizimida: $220 – $500
2. IT soha xodimlari: $300 – $730
3. Dizayn kasbi egalari: $360 – $480
4. Marketing mutaxassisi: $220 – $340
5. Bugʻalteriya xodimlari: $330 – $630
6. Huquq sohasidagilar: $220 – $2 120
7. Meditsina tizimida: $240 – $690

— Shuningdek, quyida siz kasbsiz holda quyidagicha maosh olishingiz mumkin:
1. Yirik kompaniyalarda – $320
2. Oʻrta kompaniyalarda – $250
3. Kichik kompaniyalarda – $210
4. Mikro korxonalarda – $140
5. Jamoat korxonalarida $180

— Yuqoridagi maoshlar xususiy va xalqaro sektorda 100 foizgacha farq qilishi mumkin.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
🇸🇦 Saudiya Arabistonida quriladigan ulkan turistik loyihalar haqida bilasizmi?

— Saudiyada kelasi 10 yillikda qurib bitkazilishi kutilayotgan qiymati $8 mlrd miqdordagi Toshbaqa shaklidagi suvda suzuvchi layner turistlar uchun eng ulkan suvda suzuvchi inshoot boʻlishi, unda bir vaqtda 60 000 odam yashashi kutilmoqda.

— Toʻliq ishga tushganda 460 000 ishchi ishlaydigan, boshlangʻich $48 mlrd qiymatdagi dunyodagi eng uzun shahar ham Saudiyada qurilmoqda va bu 2030-yil yakunlanadi. Loyiha umumiy $500 mlrd pul ajratiladi va bu bilan shaharda 9 mln odam yashashi mumkin.

— Saudiya Arabistoni yana bir ajoyib boʻlgan, 400 metr balandlikdagi kub shaklidagi osmono'par bino qurmoqda. Inshoot 19 million kv/m ortiq maydonni oʻz ichiga oladi va 104 000 xonadonlarni oʻz ichiga oladi. Loyihaning taxminiy qiymati
$4 – $18 mlrd atrofida boʻladi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
⚡️Oʻrta Osiyo va Sobiq SSSR davlatlarida juda katta mashhurlikka erishgan «Слова пацана» haqida gaplashamiz

— Premyera 2023-yil 9-noyabrdan 21-dekabrgacha „Wink“ va „Start“ onlayn kinoteatrlarida boʻlib oʻtdi. Chiqarilganidan keyin serial Rossiyada ham, sobiq SSSR mamlakatlarida ham keng shuhrat qozondi. Serialga oʻsha vaqtda 100 mln rubl yoki
$1 315 000 ga yaqin pul sarflangan.

— Serialdagi mashhur aktyorlar 7 oylik ish davomida har oy uchun 142 000 rubldan oylik olishgan. Ammo ularga tashqaridan taklif qilingan reklama takliflari 220 000 dan 420 000 rublgacha boʻlgan.

— Shu yil, 24-yanvar holatiga koʻra serial ichki bozorda atiga $125 000 ishlagan. Ammo, serial chet davlatlarda $10 mln miqdordan koʻproq pul ishlab topgan.

— Serial ijodkorlari Rossiyaga berilayotgan sanksiyalariga qaramay yaqin kelajakda serialni Netflix platformasiga joylashga jiddiy harakat qilishmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yurtimizda qancha odam pensiya oladi va pensiya miqdori qancha?

Yurtimizda 2024-yil 1-yanvar xolatiga pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 million 930 ming 400 nafar bo'lib va bu aholining 10,7 foizini tashkil etadi.

Pensiya jamg‘armasi davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lamoqda. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi. O'rtacha har bir odamga 1 mln 145 ming so'mdan to'g'ri keladi.

Aprel oyi uchun naqdsiz shaklda 3,1 mln nafar pensiya oluvchilarga ( 77%) pensiya pullari to'liq o'tkazilib berilgan. Pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan yetkazib beriladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston doimiy aholisining 20,56 mln (56,8 foizi) nafari mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar hisoblanadi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dunyodagi eng yaxshi daromad ko'rgan aviakompaniyalari

2022-2023-yillarda dunyodagi eng ko'p daromad ko'rgan kompaniyalar ro'yxatini ko'rib chiqamiz:

1. 🇺🇲 American Airlines: $49 mlrd;
2. 🇺🇲 Delta Airlines: $45,6 mlrd;
3. 🇺🇲 United Airlines: $45 mlrd;
4. 🇦🇪 Emirates Airline: $29,2 mlrd
5. 🇫🇷 Air France: $27,5 mlrd
6. 🇩🇪 Lufthansa Group: $26,9 mlrd;
7. 🇬🇧 International Airlines Group: $24 mlrd;
8. 🇺🇲 Southwest Airlines: $23,8 mlrd;
9. 🇹🇷 Turkish Airlines Group: $18,4 mlrd;
10. 🇨🇳 China Southern Group: $13 mlrd.

Ma'lumotlarga ko'ra milliy aviakompaniyamiz Uzbekistan Airways 2022-yilda $1,09 mlrddan ortiq daromad ko'rgan.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eng yirik harbiy byudjetga ega davlatlar va Oʻzbekiston harbiy byudjeti haqida

1. AQSH – $801 mlrd
2. Xitoy – $293 mlrd
3. Hindiston – $76,6 mlrd
4. Buyuk Britaniya – $68,4 mlrd
5. Rossiya – $65,9 mlrd
6. Fransiya – $56,6 mlrd
7. Germaniya – $56 mlrd
8. Saudiya Arabistoni – $55,6 mlrd
9. Yaponiya – $54,1 mlrd
10. Shimoliy Koreya – $50,2 mlrd

— Dunyoning qolgan davlatlarining umumiy harbiy byudjeti miqdori $536 mlrd boʻlib, bu butun dunyo harbiy byudjetining 25,3 foizini tashkil etadi.

— Oʻzbekiston Respublikasi harbiy byudjeti miqdori 2023-yil maʼlumotlariga koʻra, $692,5 mln miqdorda boʻlishi mumkin.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlardagi pullik obunaning narxlari

Ijtimoiy tarmoqlar ichida eng qimmat obuna bu "Tinder" da bo'lib, har oyiga $500 ni tashkil etadi, agar siz yillik to'lov qilsangiz bir yiliga $6000 to'lashingiz kerak. Ushbu obunani foydalanuvchilarning 1 % dan kam qismi sotib olishgan.

Qolgan ijtimoiy tarmoqlardagi narxlar:
— Netflix (standart) $15,49;
— Aplle TV+ $9,99;
— Disney + $13,99;
— Telegram $3,99;
— Youtube $1,05 dan $18,35 gacha;
— Yandex Plyus $0.78 dan $3,23 gacha.

Obunalar mamlakatga va tariflarga qarab turlicha narxda bo'ladi. Masalan, YouTube Premiumning narxi Argentinada atigi $1.05 tashkil etsa, Shvetsariyada ushbu obuna $18.35 turadi.

@TheDailyUz - Biznes & SiyosiyJurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Asli O'zbekistonlik "Olmoslar qiroli"ning boyligi haqida

Lev (Levi) Leviev 1956-yil 30-iyulda Samarqanda tug'ilgan. 1971-yilda Isroilga ko'chib o'tgan va u yerdan 2007-yilda Londоnga ko'chib o'tgan. Uning ota-onasi Avner va Chana Levievlar Buxoro yahudiylari jamoasining taniqli vakillaridan boʻlishgan. Hozirda u Afrikadagi olmos konlariga egalik qiladi.

Isroilga koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Leviev olmosni tozalash zavodida ishlay boshladi va olmos kesish jarayonining 11 bosqichini oʻrgandi.

1977-yilda oʻzining olmos parmalash zavodini yaratdi. 1980-yilda olmos sanoatidagi tanazzul tufayli kredit tanqisligidan aziyat chekkan 12 ta raqobatdosh zavodni sotib oldi va qaynotasi yordamida rivojlantiradi. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Rossiyaning eng qadimgi zargarlik fabrikasi, Moskvadagi Ruis Diamonds Ltd. va Moskva zargarlik fabrikasini sotib oldi.

Uning boyligi 2012-yilda $1,7 mlrd bo'lgan bo'lsa, hozirda $1 mlrdni tashkil etadi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kaddafi davrida Liviyada oylik maoshlar qancha edi?

Muammar Kaddafi davrida Liviya ancha katta iqtisodiy taraqqiyotga erishdi. 2001—2005-yillarda Liviya inflatsiya darajasi pastligi bo‘yicha (-3,1%) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Uning davrida:
— Aholi jon boshiga YaIM $14 192;
— Oilaning har bir a'zosi uchun davlat yiliga $1000 subsidiya to'lagan;
— Ishsizlik nafaqasi $730;
— Hamshiraning maoshi $1000;
— Har bir yangi tug'ilgan chaqaloq uchun $7000 to'langan;
— Yosh oilaga uy sotib olish uchun $64000;
— Shaxsiy biznesni boshlash uchun bir martalik moddiy yordam $20 000;

Katta soliqlar va yig'imlar taqiqlanadi. Ta'lim va tibbiyot bepul, Chet elda ta'lim va amaliyot — davlat hisobidan. Dorixonalarning bir qismi dori-darmonlarni bepul tarqatish bilan. Dori — darmonlarni soxtalashtirish uchun-o'lim jazosi.
Aholi uchun elektr energiyasi uchun to'lov yo'q. Benzin suvdan arzonroq ($0,14).

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TBC Group 2024-yilning birinchi choragini qanday natijalar bilan yakunladi?

10-maydagi yig'ilishdan so'ng, TBC kompaniyasi yilning dastlabki uch oyida qanday natijalarga erishganini ma'lum qildi. Masalan, Payme va TBC UZ ilovalarida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni yil boshidan buyon 1,4 millionga oshib, jami 14,6 millionni tashkil etdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 13 foizi TBC Group mahsulotlaridan har oy davomida foydalanadi.

Shuningdek, omonatlar hajmi $244 milliongacha ko‘tarildi. TBC bankning kredit portfeli 2023-yilning shu davriga nisbatan 110 foizga oshib $345 millionga yetgan.

Markaziy bank statistikasini tahlili shuni ko‘rsatdiki, TBC Bank so‘nggi 6 oy ichida kredit berish toifasida eng yuqori o‘sishni qayd etdi.
Guruhning sof foydasi deyarli 1,5 barobar oshdi.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'zbekistonda bo'sh ish o'rinlari qancha?

Markaziy bankning Mehnat bozori sharhiga ko‘ra, O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari I chorakda 36,8 mingtaga yetgan.

“Vakansiya”larning asosiy qismi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi — 60 foiz. Keyin o‘rinlarda Samarqand (11 foiz) va Toshkent (9 foiz) viloyati.

Ish kuchiga talab yuqoriligi sabab savdo, IT va axborot sohasi xodimlari maoshi ko‘proq o‘sdi. Qurilish sohasida esa ish kuchi ko‘payib borayotgani ortidan maoshlar sekinroq o‘smoqda.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar soni yil boshidan beri qariyb 300 ming kishiga ko‘payib, 2,8 million nafarga yetgan.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni 48 mingtadan oshgan. Biroq qo‘yilgan professional talablar odamlarni chet elda yaxshi maosh evaziga ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonga 2024-yilning uch oyida qaysi davlatlardan eng ko'p turistlar tashrif buyurgan?

• Tojikiston — 536,5 ming nafar;
• Qirg‘iz Respublikasi — 442 ming nafar;
• Qozog‘iston — 262,6 ming nafar;
• Rossiya — 134,2 ming nafar;
• Turkmaniston — 31 ming nafar;
• Turkiya — 21,5 ming nafar;
• Hindiston — 11,6 ming nafar;
• Xitoy — 10 ming nafar;
• Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;
• Germaniya — 3,8 ming nafar;
• Boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Non-Food Asia Expo Uzbekistan
Toshkentda NON-FOOD ASIA EXPO-2024 ko'rgazmasida eng yangi mahsulotlar

Toshkentda 21-23 may kunlari "O'zekpomarkaz"da bo'lib o'tadigan non-FOOD ASIA EXPO-2024 xalqaro nooziq-ovqat mahsulotlari ko'rgazmasiga taklif etamiz.

Rossiya, Belorusiya, Xitoy va Qozog'istonning etakchi ishlab chiqaruvchilarining yangiliklari va premyeralari. Kategoriyalardagi yangi mahsulotlar bilan tanishing – idishlar, uy kimyoviy moddalari va kosmetika, uy-ro'zg'or buyumlari va boshqalar.
Bepul chipta
Reklama
⚡️Humo foydasi ko'tarilib bormoqda

Humo to‘lov tizimining I chorakdagi sof foydasi 37,4 mlrd so‘mni tashkil etgan edi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 87,6 foizga ko‘pdir.

To‘lov tizimi 2023-yilda ham foydasini 50 foizdan ko‘proq oshirib, 114,5 mlrd so‘mga yetkazgan edi. Kompaniyani xususiylashtirish reja qilinmoqda.

Shu maqsadda kecha, 13-may kuni to‘lov tizimi aksiyadorlik jamiyati sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Kompaniyaning “Milliy banklararo protesessing markazi" AJ sifatida aksiyalarini birlamchi chiqarish ishlari olib borilmoqda.

@TheDailyUz - Biznes & Siyosiy Jurnal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/19 12:46:15
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243