Telegram Web
30-may 2025-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, o‘zgaruvchan, ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🌬Shamol g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi
23-28° issiq bo‘ladi.

🔴 Kuchli magnit bo‘roni
kuzatiladi.

🌞Quyosh chiqishi:
4:54

 🪐Quyosh botishi:
19:52


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Makkajo‘xorini oziqlantirishga oid tavsiyalar

Zamonaviy duragaylar 1 tonna don hosil qilish uchun yerdan 24-32 kg azot, 10-14 kg fosfor, 25-35 kg kaliy, 6-10 kg magniy va kalsiy, 3-4 kg oltingugurt, 11 gr bor, 14 gr mis, 110 gr marganes, 0,9 gr molibden, 85 gr sink, 200 gr temir tortib oladi. Makkajo‘xori oziqlanish va rivojlanish davrini ikkita muhim bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiq: 5-7 barg va 9-10 barg chiqarish davridan to popuk chiqarishgacha bo‘lgan davr.

Batafsilda o‘qing
👉
*********
Маккажўхорини озиқлантиришга оид тавсиялар


Замонавий дурагайлар 1 тонна дон ҳосил қилиш учун ердан 24-32 кг азот, 10-14 кг фосфор, 25-35 кг калий, 6-10 кг магний ва кальций, 3-4 кг олтингугурт, 11 гр бор, 14 гр мис, 110 гр марганец, 0,9 гр молибден, 85 гр цинк, 200 гр темир тортиб олади. Маккажўхори озиқланиш ва ривожланиш даврини иккита муҳим босқичга бўлиш мақсадга мувофиқ: 5-7 барг ва 9-10 барг чиқариш давридан то попук чиқаришгача бўлган давр.

Батафсилда ўқинг👉



Telegram | Facebook | Instagram| telegraf |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘alladan bo‘shagan maydonlarda yong‘in sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang

G‘alla ekinlarini yig‘ib olish mavsumi boshlanganligi munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi g‘alladan bo‘shagan dalalarda o‘simlik qoldiqlarini yoqqanlik uchun javobgarlik borligini eslatadi.

Diqqat! Somonpoya qoldiqlarini yoqish atmosferaga inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu iqtisodiyotimizga ham zarar yetkazadi!

Somonpoyalar va ularning qoldiqlarini yoqish yer unumdorligining keskin pasayishi hamda tuproq strukturasi buzilishiga olib keladi.
Mazkur huquqbuzarlik uchun O‘z Res Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilishi hamda yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilangan.
🇺🇿🇹🇭Shu kunlarda “Tuproqsifattahlil” DUK mutaxassislaridan iborat delegatsiya Tailand Qirolligining Bangkok shahrida bo‘lib turgani haqida xabar bergandik.

Korxona mutaxassislarining navbatdagi tashrif manzili Kasetsart universitetining Bang Khen kampusidagi qishloq xo‘jaligi fakulteti tarkibidagi tuproqshunoslik bo‘limi bo‘ldi. Bu yerda Institutning tarkibiy tuzulishi hamda tailandlik talaba va magistrlarning ilmiy izlanish amalga oshirishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mutaxassislarimiz Tailand Qirolligining Qishloq xo‘jaligi va kooperatsiya vazirligi tarkibidagi Yerlarni rivojlantirish departamentining AFACI dasturi doirasida yaratilgan THAISIS Tailand tuproq ma‘lumotlari tizimining yaratilishi tajribasini bosqichma bosqich o‘rganishdi.

“INSII” - Tuproq ma‘lumotlari bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning xalqaro tarmog‘i va “CESRA” Centre exellence for soil research in ASIA ning raqamlashtirish dasturlari tajribasiga ham e'tibor qaratildi.

Tashrif davom etadi.
4 oyda 31,6 ming tonna quritilgan uzum eksport qilingan

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 41,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 31,6 ming tonna quritilgan uzum eksport qilgan.

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p quritilgan uzum eksport qilgan davlatlar:

🇰🇿 Qozog‘iston – 7 902 tonna

🇨🇳 Xitoy
– 6 059 tonna

🇷🇺 Rossiya – 2 543 tonna

🇹🇷 Turkiya – 1 543 tonna

🇬🇪 Gruziya –
1 256 tonna

🌐 Boshqa davlatlar
– 12 344 tonna


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
31-may 2025-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 13-18° issiq.

🌝 Kunduzi 25-30° issiq bo‘ladi.

🌞Quyosh chiqishi:
4:52

 🪐Quyosh botishi:
19:51

🔴 Kuchli magnit bo‘roni kuzatiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Qalampirning shilimshiq bakterioz kasalligiga qarshi kurash

🦠Dastlab o‘simlik barglarida och-sariq dog‘lar paydo bo‘lib, keyin ular kattalashadi va qo‘ng‘ir tusga kiradi hamda qurib to‘kilib ketadi. Barglarda paydo bo‘lgan ho‘l oq-qo‘ng‘ir tusli chirishlar tezda sog‘lom to‘qimalarga tarqala boshlaydi. Meva po‘sti butun saqlanib, uning eti suyuqlanib ketadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi esa tuproqda qishlaydi.

🩺Shilimshiq bakteriozning rivojlanishi uchun 20-25 С harorat va 50% havo namligi qulay sharoit hisoblanadi. Yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lgan yilda kasallik hosilning ko‘plab yo‘qotilishiga olib keladi va bu mevalar oziq-ovqat uchun yaroqsiz hisoblanadi.

📌Chora: Kasallikka qarshi profilaktik chora ko‘rish lozim. Ekinlarni almashlab ekish, chidamli navlarni tanlash, zararlangan o‘simlik va uning qoldiqlarini oyiga ikki marta tozalash va yo‘qotish, zararlangan tuproq qatlamini almashtirish kurash choralarini qo‘llash lozim.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
📊 4 oyda 3,8 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 3,8 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

Ushbu ko‘rsatkichning o‘tgan yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-aprel):

2023- yilda - 2,4 ming tonna

2024- yilda - 3,6 ming tonna

2025-yilda - 3,8 ming tonna tashkil etdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
2-iyun 2025-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi
15-20° issiq.

🌝 Kunduzi 30-35° issiq bo‘ladi.

🌞Quyosh chiqishi: 4:50

 🪐Quyosh botishi: 19:53


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
🍉 Tarvuz parvarishidagi xatoliklar

Haddan tashqari sernam tuproq tarvuz ekiniga salbiy taʼsir etadi. Sernam tuproqda mevadagi qand moddasi kamayadi, po‘sti qalinlashadi, har xil zamburug‘ kasalliklariga, jumladan, fuzarioz-so‘lish kasalligiga chalinadi.

Bo‘z tuproqli yerlarda o‘sish davrida har gal gektariga 400-500 m³ hisobidan 8-9 marta sug‘oriladi. Sizot suvi yuza joylashgan dalalarda esa bo‘z tuproqli yerlarga qaraganda kamroq, 4-5 marta sug‘oriladi.

Maysalar ko‘ringandan keyin birinchi chopiqqa qadar ekinlar 1-2 marta sug‘oriladi. Birinchi chopiq tugallangandan keyin ekin 20-25 kungacha suvdan qaytariladi. Bu davrda o‘simlik ildizining chuqurroq taralishiga zo‘r beradi, chopiqda ildizi kesilgan begona o‘tlar tezroq quriydi va nihoyat palakning naychalashi meva tugishi tezlashadi. Ikkinchi chopiq oldidan yana suv beriladi.

Shundan keyin tarvuz ekini hosil to‘plashga kirishadi va ularning suvga talabi oshadi. Binobarin, bu davrda har 10-12 kunda sug‘orib turish kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Tuproq pH muvozanati buzilsa, kasalliklar uchun eshik ochiladi

🌱 Tuproqdagi pH darajasi (kislotalilik yoki ishqoriylik) o‘simlik ildizidagi foydali va zararli mikroblar soniga ta‘sir qiladi.

📊 Rasmda ko‘rsatilganidek, har xil mikroorganizmlar har xil pH darajasini yaxshi ko‘radi:

🔹 Bakteriyalar ko‘p hollarda neytral (pH 6–8) tuproqda ko‘payadi. Kislota tuproqda ularning soni kamayadi.

🔸 Zamburug‘lar esa aksincha, kislota tuproqda (pH 4–6) ko‘proq uchraydi.

🧫 Foydali bakteriyalar, masalan, nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar (ammiakni o‘simliklar uchun foydali nitratga aylantiradi) faqat neytral yoki biroz ishqoriy tuproqda yaxshi ishlaydi.

🦠 Ammo pH muvozanati buzilsa, zararli mikroblar ustun bo‘lib, ildiz chirishi va boshqa kasalliklar rivojlanadi:

🔴 Fusarium (ildiz va tomirlarni quritadi) – pH 5.5–7.0 da faol

🟠 Rhizoctonia (ildiz chirishi) – pH 5.5–7.5 oralig‘ida kuchayadi

🔵 Phymatotrichopsis (ildiz chirishining og‘ir turi) – ishqoriy tuproqda ko‘p (pH >7.5)


Telegram | Facebook | Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu sizning ham qo‘lingizdan keladi. Ishonmasangiz urinib ko‘ring.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
3-iyun 2025-YILDA OB-HAVO MAʼLUMOTI

☀️Havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

🌬Shamol
g‘arbqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

🌙Harorat kechasi 15-20° issiq.

🌝 Kunduzi 30-35° issiq bo‘ladi.

🌞Quyosh chiqishi: 4:52

 🪐Quyosh botishi: 19:55


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Apelsin daraxtini parvarishlashdagi eʼtiborli jihatlar

Apelsin
shox-shabbali yoyiq daraxt bo‘lgani uchun yetishtirish davrida undagi zaif novdalarni muntazam kesib turish talab etiladi. Ba‘zi dehqonlar bu borada xatolikka yo‘l qo‘yib, kesish kerak bo‘lmagan sog‘lom shoxlarni tajribasizlik sabab o‘lik holatga keltirishadi. Apelsin hosil berar ekan, uning o‘rta qismidagi qurigan va zaif novdalarigina tozalanishi kerak.

Ushbu daraxt har yili mo‘l hosil beradi, mevalari asosan oktabr-noyabr oylarida pishadi. Biroq, daraxtni zararkunandalar, xususan, qizil o‘rgimchaklardan doimiy himoya qilinmasa mevalarga ziyon yetishi tayin. Chunki bu o‘rgimchaklar hosildorlik davrida daraxtni turli kasalliklarga yo‘liqtirishi mumkin.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/14 02:00:43
Back to Top
HTML Embed Code: