Telegram Web
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆
#dolzarb90kunlik

🏆 TDIU – Respublika chempioni!

“Munozara–2025” final bosqichida faxrli g‘alaba!

➡️ Xorazmda bo‘lib o‘tgan respublika miqyosidagi “Munozara–2025” turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqada o‘zining bilimi va nutq madaniyati bilan yurt bo‘ylab 750 dan ortiq jamoalardan saralangan 18 ta jamoa o‘rtasida final bahsi olib borildi. Ushbu finalda g‘alaba kubogi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Kritics” jamoasi qo‘lida baland ko‘tarildi! 🙌

Jamoa a’zolari:
🔹 1-spiker: Ibrohimjonov Shoxjaxon
🔹 2-spiker: Tojiboyeva Munisabonu
🔹 3-spiker: Ismoilov Islam

Ular har bir bosqichda teran fikrlar va jamoaviy uyg‘unlik orqali raqobatchilarni ortda qoldirib, respublika chempioni degan yuksak nomni qo‘lga kiritishdi!

➡️ Bu zafar — nafaqat “Kritics” jamoasining mashaqqatli mehnatining, balki TDIUda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq siyosatning samarasi!

🏅 G‘olib jamoani chin dildan tabriklaymiz va ularga kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bu yutuq – butun universitetimiz jamoasining g‘ururidir!

Talabalarimiz bergan so‘zlari ustidan chiqishdi
🔥

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 Telegram 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb90kunlik
#SummerCamp2025

“Summer Camp” – 1-kun – energiya va jamoaviy ruhga to‘la ajoyib kun!

🏕️ Tabiat bilan uyg‘un oromgohda turli mashg‘ulotlar, tanishuv o‘yinlari va interaktiv treninglar bilan birinchi kun unutilmas o‘tdi. Kimdir liderligini ko‘rsatdi, kimdir esa o‘z hazillari bilan barchaga kayfiyat ulashdi.

🎯 Birinchi kundanoq bir-biriga suyanch bo‘lgan jamoalar shakllandi. “Kim eng kuchli?” degan savolga esa bitta javob: JAMOA bo‘lsa, hamma kuchli! 💪

🚀 Bu hali faqat boshlanishi! Oldinda talabalarni motivatsion uchrashuvlar, qiziqarli bellashuvlar va turli qiziqarli ijodiy mashg‘ulotlar kutmoqda!

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 Telegram 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎤 “VoiceUp” yozgi oromgohi – har bir fikr qadrlanadi!

2025-yil 15–20-iyun kunlari Toshkent viloyatida 50 nafar faol talaba yoshlar ishtirokida “VoiceUp” yozgi oromgohi tashkil etildi.

➡️ Mazkur oromgoh inklyuziv yondashuv, ijodkorlik, ochiq muloqot va yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

Unda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan talabalar bilan bir qatorda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faol talabalari ham faol ishtirok etmoqda.

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 Telegram 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb90kunlik
#SummerCamp2025

TDIU yozgi oromgohida super bellashuv!


🏕 “Summer Camp” yozgi oromgohida ishtirokchilar navbatdagi qizg‘in sinov – “TDIU Klublari” intellektual va sport estafetasida kuch sinashdi! Bu safar jismoniy tayyorgarlik bilan birga, bilim va mantiq ham muhim rol o‘ynadi.

💥 Estafeta 4 jamoa – “Ko‘klar”, “Yashillar”, “Olovranglar” va “Oqlar” jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Unda TDIU Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublari tomonidan ishtirokchilarga turli shartlar taqdim etildi.

🏆 Yakunda “Olovranglar” jamoasi o‘zining jipsligi va chaqqonligi bilan estafetada g‘alaba qozondi!

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 Telegram 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kunlik
#SummerCamp2025

Yozgi oromgoh doirasida psixologiyaga oid trening tashkil etildi!

🔍”Summer camp” ning 2-kunida “Insonlarni samarali boshqarish — Insonlarda yaxshi taassurot qoldirish.” mavzusida o‘tkazilgan trening davomida ishtirokchilar inson psixologiyasining chuqur jihatlari, samarali jamoa qurish va boshqaruv tamoyillari bilan tanishishdi.

Treningni psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nuriddin Ubaydullayev tomonidan olib bordi.

📈 Bunday treninglar talabalar shaxsiy rivojlanishi va liderlik salohiyatini oshirishda katta ahamiyatga ega!

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 Telegram 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb90kunlik

Nogironligi bo’lgan 35 nafar bolajonlar uchun bayram tadbiri uyushtirildi !

✔️Ushbu tadbirdan Tomchi volontyorlar harakatining asosiy maqsadi ko’ngilochar tadbir dasturi uyushtirish orqali bolajonlarga hush kayfiyat ulashish edi.

🔥 Eng quvonarlisi tadbir universitetimiz piknik zonasida tashkil etildi. Jarayon davomida “Art club” hamda Iqtisodchi yulduzlar klublari bolalar uchun qiziqarli o’yinlar tashkil qilishdi. Universitet hududida tashkil qilingan mazali tushlikdan so’ng esa bolajonlarga sovg’alar ulashildi.

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/19 11:22:07
Back to Top
HTML Embed Code: