Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
“Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan Sirdaryoda samarali tadbirlar davom etmoqda.

Sirdaryo viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida joriy haftaning payshanba kuni “Profilaktika kuni” doirasida keng qamrovli kompleks tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir viloyat prokurori va Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish bilan boshlandi. Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davridagi jinoyatchilik holati tahlil qilinib, jamiyatda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Profilaktika kuni doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning qilmishlari sayyor sudlarda ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari viloyatning barcha tuman va shaharlarida profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalarda “uyma-uy” yurishlar tashkil etildi. Jinoyat sodir etishga moyil shaxslar, profilaktik ro‘yxatda turgan fuqarolar, muhtoj oilalar holati o‘rganilib, ular bilan manzilli suhbatlar olib borildi. Shuningdek, huquqbuzarliklarga moyil bo‘lgan yoshlar bilan psixologik va huquqiy maslahatlar tashkil etildi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul inspektorlar tomonidan zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar, nizoli oilalar, yolg‘iz onalar holati o‘rganildi. Ularga huquqiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash va zaruratga qarab ish bilan taʼminlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mahalla va taʼlim muassasalarida qizlar bilan “Oila muqaddasligi”, “Zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaylik” mavzularida uchrashuvlar tashkil etildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi gavjum joylar va taʼlim muassasalari atrofida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi yuzasidan reydlar o‘tkazildi. Haydovchilar va piyodalarga qoidalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Bolalarni maxsus o‘rindiqlarda tashish, svetofor va zebradan to‘g‘ri o‘tish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bozorlar, ko‘ngilochar maskanlar va jamoat joylarida nazorat kuchaytirildi. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida reydlar tashkil etildi. Yoshlar yig‘iladigan joylar, kafelar hamda bog‘lar alohida nazoratga olindi.

Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan mahallalarda xonadonlarni texnik vositalar orqali qo‘riqlovga ulash yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Fuqarolarga signalizatsiya va video kuzatuv vositalarini o‘rnatishning afzalliklari tushuntirildi.

Profilaktika kuni doirasida Probatsiya xizmati xodimlari ham faol ishtirok etdi. Nazoratda turgan shaxslar holati o‘rganilib, ular bilan yakka tartibdagi ish olib borildi. Joylarda sayyor sudlar o‘tkazildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Sirdaryo viloyatida “Payshanba – profilaktika kuni” faqatgina yakka chora-tadbir emas, balki aholi bilan samarali muloqot, jinoyatchilikka qarshi keng qamrovli harakatlar tizimining muhim bir bo‘g‘ini hisoblanadi. Bunday tashabbuslar orqali jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Sirdaryo tumanida profilaktik ishlar davom etmoqda...

📌,,2025-yilda Respublika mahallarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada  oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-1-son Qarorini ijrosini ta'minlash borasida Sirdaryo tumani IIB JXX XQMB katta inspektori tomonidan fuqaro L.Bning qarindoshi tomonidan zo'ravonlikka uchraganligi uchun 102 qisqa raqamiga yo'llagan murojaati o'rganildi. Holat bo'yicha oldi-berdi masalalarida fuqarolik sudlariga murojaat qilishi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i ishtirokida Oqoltin hamda Sardoba tumanlarida yashovchi, ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan “otaliqqa olingan” uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
———
Сирдарё вилояти ИИБ бошлиғи иштирокида Оқолтин ҳамда Сардоба туманларида яшовчи, ички ишлар органлари раҳбарларига бириктирилган “оталиққа олинган” уюшмаган ёшлар билан учрашув ташкил этилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farux Xaydarov viloyat Xalq qabulxonasida tasdiqlagan reja-grafik asosida fuqarolarni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda viloyat aholisining huquqiy muammolari, ijtimoiy masalalari va shaxsiy murojaatlari tinglandi.

Qabul jarayonida har bir fuqaroning murojaati alohida eʼtiborga olinib, tegishli choralar ko‘rish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Viloyat IIB boshlig‘i tomonidan bunday ochiq muloqotlar doimiy tarzda o‘tkazilib, joylarda aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlashga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Bunday qabullar aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning muammolarini yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
⚡️Yangiyer shahar IIB xodimlari tomonidan alohida toifaga kirivchi shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda.

⚡️ Yangier shahar IIB JXX HPB xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 26-mart kunidagi ko'rsatmasida nizolashayotgan oilalar tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirlar doirasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish va bu boradagi profilaktik ishlarni samaradorligini oshirish maqsadida Yangiyer shahrida alohida toifaga kiritilgan, nizoli oilada ro'yxatida turuvchi fuqarolarning oilaviy sharoitlari o'rganildi.
Davlatobod MFYda yashovchi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz xavfsizligiga eʼtiborli boʻling!
———
Фарзандингиз хавфсизлигига эътиборли бўлинг!

———
Позаботьтесь о безопасности вашего ребёнка!

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Forwarded from Sirdaryo.uz
Ayni paytda viloyat hokimi rahbarligida Xovos tumanida ommaviy sayyor qabul o'tkazilmoqda...

———

В настоящее время в Хавасском районе под руководством главы области проходит выездной прием граждан…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri tashkil etildi.
———
1-июн – "Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни" муносабати билан Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармаси тасарруфидаги мактабгача таълим ташкилотида байрам тадбири ташкил этилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gulistonda mintaqa bosqichida probatsiya nazoratidagi yoshlar o‘ratsida sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqasi o‘tkazildi.
———
Гулистонда минтақа босқичида пробация назоратидаги ёшлар ўратсида спортнинг волейбол тури бўйича Ички ишлар вазири кубоги учун мусобақаси ўтказилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Forwarded from SIRDARYO YHXB
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosbati bilan Guliston shahar hududidagi ayrim avtomobil yo'llarida transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi

👉 @SirdaryoYPX
2025/05/31 22:16:43
Back to Top
HTML Embed Code: