š¦ Turonbank Boshqaruv Raisi Samarqand viloyatida hududiy loyihalar bilan yaqindan tanishdi
Turonbank Boshqaruv Raisi Samarqand viloyatida xizmat safarida boālib, bank tomonidan moliyalashtirilayotgan yirik investitsion loyihalar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda. Safar doirasida u tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oātkazib, hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi imkoniyatlar yaratish va biznes tashabbuslarini qoāllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
Loyihalar bilan tanishish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, kelgusidagi istiqbollarga alohida eātibor qaratildi.
š«„ Xususan, Xoājamazgil hududida esa bank koāmagida barpo etilayotgan
250 gektar uzumzor loyihasi bilan tanishildi. Bu yerda ilgāor agrotexnik usullar asosida yuqori hosildorlikka ega navlari parvarish qilinmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida nafaqat ichki bozor uchun sifatli uzum yetkazib berish, balki eksport salohiyatini oshirish ham koāzda tutilgan.
š«„ Shuningdek, Bulungāur tumanidagi āAgroStarā faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur loyihada zamonaviy qishloq xoājaligi texnologiyalari joriy etilib, sifatli kartoshka yetishtirish, qayta ishlash va ichki bozorda realizatsiya qilish tizimi yoālga qoāyilgan. Turonbank tomonidan ajratilgan mablagālar evaziga ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, yangi ish oārinlari yaratish va mahsulot turlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
š«„ Turonbank Boshqaruv Raisi xizmat safari doirasida Samarqand shahrida ā
Farovon Turkman Cityā MChJ tomonidan zamonaviy istirohat bogāi barpo etish loyihasi bilan tanishildi. Mazkur tashabbus uchun
3,2 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan boālib, hozirda qurilish ishlari faol davom etmoqda.
š«„ āTUF AND GRASSā MChJ tomonidan esa zamonaviy gilam mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi yoālga qoāyilgan. Loyiha uchun
2,1 mln AQSh dollari miqdorida kredit mablagāi ajratilgan va hozirda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish boāyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
š«„ ā
NUR ECO STROY 12ā, āSAR HOUSE CITY BUILDā hamda
āComfort House Investā MChJlar tomonidan esa turar joy binolari barpo etish boāyicha bir qator yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu turar joylar zamonaviy uslubda bunyod etilayotgani bilan birga, ularning qurilishida sifatli va energiya tejamkor materiallardan foydalanishga alohida eātibor qaratilmoqda.
Turonbank nafaqat yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda, balki iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani modernizatsiya qilish va yangi ish oārinlarini yaratishda ham ishonchli hamkor sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
@SamTvr