Telegram Web
Kichkina maktabning kichkina bir sinfida boshlangan, kichkina bir loyiha – 'Smart Readers' - menga eng katta orzularimdan biri - Buyuk Britaniyada top universitetlardan birida magistraturada (100%lik grant bilan) o’qishim uchun zamin yaratmoqda.

Qilayotgan ishlaringiz kichkina bo’lishi mumkin, boshqalar bu ish vaqt sarflashga ham arzimaydi deyishar. Lekin shu kichkina ishlaringizdan ham insonlarga manfaat yetayotgan bo’lsa va o’zingiz shu ishni to’g’riligiga ishonsangiz, o’z yo’lingizda qat’iy davom etavering.
Ilmni sharaf va qunt bilan o'zlashtirish kerak!
Hayitov ELT | IELTS 8.0
🌟 Shunday natijalarni siz ham xohlaysizmi? 🌟 📚 O’quvchilarimiz YOZGI TA'TILNI mazmunli o’tkazishlari uchun Smart Nationdan XORIJIY TILLAR KURSLARI: 1️⃣ Ingliz tili va IELTS 2️⃣ Rus tili 3️⃣ Arab tili 4️⃣ Maktabgacha tayyorlov 👨‍🏫 Darslar malakali mutaxassislar…
Shu yozda e'tiborimni har doimgidanda ko'proq o'quvchilar bilan ishlashga qaratmoqchiman. Shaxsan o'zimda hozirda Starter darajadan boshlab, intermediate va IELTS darajagacha bo'lgan o'quvchilar guruhlarimda tahsil olishmoqda. Yozda ingliz tilini kuchaytirib kuzda CEFR va IELTS sertifikatlarini olaman deb ko'zi yonib turgan o'quvchilar bo'lsa marhamat qilib 'Smart Nation' ga qarab kelaverishsin.
Forwarded from Hayitov ELT | IELTS 8.0 (Hayitov Bekzod)
tenses-infographics.pdf
367.7 KB
🔰Ingliz tilidagi zamonlar infografika ko'rinishida sodda qilib misollar bilan tushuntirilgan. 👉@Insight_English
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
'O’ynab o’qisang ham, o’ylab o’qi!'
Darsda o’quvchilarimga ozgina tavsiyalar berdim. Ayniqsa ingliz tilini hali dastlabki bosqichlarida yurgan o’quvchilarga yuborib qo’ysangiz foydali bo’ladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚 O’quvchilarimiz YOZGI TA'TILNI mazmunli o’tkazishlari uchun Smart Nationdan XORIJIY TILLAR KURSLARI:

1️⃣ Ingliz tili va IELTS
2️⃣ Rus tili
3️⃣ Arab tili
4️⃣ Maktabgacha tayyorlov
5⃣ Matematika

👨‍🏫 Darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

📞 Murojaat uchun:
+99 897 771 97 76
+99 899 755 04 22

📍Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor ko’chasi 85 uy
Mo’ljal: Katta qozirobod masjidi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live_lessons #TeacherKhayitov

Group: Elementary

Grammar: Some va Any ishlatilishi va farqlari aniq misollar bilan tushuntirib berildi
IELTS Imtihonida Writing va Speaking Ko'nikmalarini Rivojlantirish: Asosiy Muammolar va Tavsiyalar
IELTS ko'nikmalarini o'rganish istagida kurslarda o'qiyotgan va mustaqil tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilarning asosiy muammolaridan biri writing va speaking ko'nikmalaridir. Ikkala ko'nikma ham o'ziga xos kriteriyalar bilan baholanadi. Masalan, writing 4 ta mezon bo'yicha bir xil 25% dan baholanadi. Bular:

1.Task response (Mavzuni qanchalik yoritib berilganligi)
2.Coherence and Cohesion (Fikrlar va paragraflar orasidagi mantiqiy bog'liqlik)
3.Lexical Resource (Lug'at boyligi - akademik va mavzuga oid maxsus so'zlarni aniq ishlata olish)
4.Grammar range and accuracy (Grammatikadagi xilma-xillik va aniqlik)

O'z tajribam va boshqa IELTS instruktorlari xulosalaridan kelib chiqib aytsam, o'quvchilarning writingdan yuqori ball ola olmasliklariga sabab 1 va 2 mezonlar ustida jiddiy ishlanmasligi. O'zbek o'rganuvchilari uchun 3 va 4 mezonlarga javob bera olish 1 va 2 chisiga qaraganda nisbatan osonroq. Bu o'quvchilarning aybi emas. Buning sababi, ko'p ingliz tili o'qituvchilari (IELTS instruktorlari ham) kurslarida ko'proq grammatika o'rgatish va so'z yodlatishga katta e'tibor berishadi, chunki bizni ko'proq miqdor qiziqtiradi. Ya'ni qisqa vaqt ichida 3000 yoki 5000 ta so'z o'rganish yoki grammatikadan 300 betli kitobni 1 oyda tugatish.

Bu raqamlar marketing da'volari va bizni tezda o'ziga jalb qiladi. Ammo muammo shundaki, yuqoridagi 3000 ta so'zni va 300 betli grammatika kitoblarini o'rganib chiqqan o'quvchilar endigina 6 yoshga kirgan, grammatika kitob u yoqda tursin, hali ismini to'liq yoza olmaydigan ingliz bolasi kabi o'z fikrlarini og'zaki aniq ifodalab bera olmaydilar. Yozishda ham ancha muammolar yuzaga keladi. Chunki aslida gap miqdorda emas, balki kamroq narsani o'rganib tez-tez amalda qo'llashda ko'proq samara bo'ladi.

Writingdagi Task response va Coherence and Cohesion qismini o'quvchilarda oshirish lug'at va grammatika o'rgatishdan ko'ra anchagina qiyin. Bu o'qituvchidan ham o'ziga xos yondashuv talab qilish bilan bir qatorda, o'quvchidan ham o'z writing ko'nikmalari ustida har jihatdan ishlashni talab qiladi. "It takes two to tango" degan maqol bor, ma'nosi "Qars ikki qo'ldan chiqadi". Ya'ni ustozingiz va sizning uyg'unlikdagi sa'y-harakatlaringiz yuqori natijalarga olib keladi. Ko'proq o'zingizga bog'liq.

Bugun sizlarga aynan Task response va Coherence and Cohesionni rivojlantirib olishingiz, writingda o'z pozitsiyalaringizni aniq, chalg'imasdan ko'rsata olishingizga yordam beradigan bir qator kitoblar ro'yxatini beraman. Bu kitoblar haqiqiy IELTS eksperti Pauline Cullin tomonidan tavsiya qilingan:

Black Box Thinking by Mathew Syed
•Bounce by Matthew Syed
•Bad Science by Ben Goldacre
•Blink by Malcolm Gladwell


Bir narsani yodda tuting, o'zi tabiatan ko'p kitob o'qiydigan (faqat o'zbek tilida o'qiyvermasdan, rus va ingliz tillarida birday o'qish ko'nikmalarini rivojlantiradigan) o'quvchilargina Reading va Writingdan yuqori ball ola olishadi. Siz qaysi tillarda va qanchalik ko'p o'qiyabsiz?!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚫Darsda dindan va siyosatdan gaplashmang.🇺🇿
🚫No religion, No politics in English classroom. 🇬🇧
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live_lessons #TeacherKhayitov

People sleep for relaxing and getting energy’ - Agar siz shu gapda grammatik xatoni ko’rmayotgan bo’lsangiz, unda bu videoni albatta tomosha qiling.

Group: Intermediate

Grammar: Expressing purpose
Hayitov ELT | IELTS 8.0
🚫Darsda dindan va siyosatdan gaplashmang.🇺🇿 🚫No religion, No politics in English classroom. 🇬🇧
Salla desa kallani tushunadigan odamlar bor. Ulug’bek Nur ustozga esa respect! Baribir ziyoli inson, pedagog. Chiroyli javob beribdilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Results #IELTS We have worked with Yahyo for a short period of time mainly focusing on improving his weaker parts of English skills and test techniques. He has done great job in his speaking. It is just a matter of time and practice for him to improve his other skills and hit overall 8.0+ target.
2024/06/15 12:54:14
Back to Top
HTML Embed Code: