Telegram Web
Абдусаттор Абдураҳимов фойдали линк канали обуначилари ҳақида ҳар гал маълумот берганда ҳавасим келар эди: 70 минг, 80 минг, 90 минг... Бу ҳақида кўпчиликка завқ билан гапирдим ҳам. Телеграм каналларга қизиқишим ортиб бораётганини кўрган бир яқиним: "Сиз телеграм каналларга ҳадеб қизиқаверманг, Абдусатторнинг иши шу. У китоб ёзмайди, сиз китобларингизни ўйланг" деган маънода насиҳат қилди. Шундан кейин мен китоб ва плакатларимнинг нашр этилган ададини ҳисоблаб борадиган бўлдим. Алҳамдулиллаҳ, бугунги кунга келиб улар 98 минг нусхада чоп қилинибди. Булар шахсий ижодий ишларим, тасҳиҳ (корректура) қилган китобларим адади эмас. Сизлар билан ушбу қувончли хабарни бўлишиб, дуоларингиздан умидвор бўлдим. Шу билан бирга, китоб ва плакатларим кириб борган юз мингга яқин хонадон аҳлларига раҳмат айтаман. Аллоҳ манфаатли қилсин!

Ғиёсиддин Юсуф
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
•Kelin tanlash
•Kuyov tanlash
•Nikoh shartlari
•Mahr haqidagi tushunchalar
•Taloq va uning turlari
•Idda haqida

Shu va shu kabi oilada er va xotin munosabatlari haqidagi bilimlarni @ShavkatHasan sahifasida kuzatib borishingiz mumkin boʻladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Madina munavvarada yomg'ir. Bomdod chog'i olingan video, yomg'ir hamon davom etmoqda.

@GiyosiddinYusuf
Suvga gul solsangiz, suvga gulning rangi chiqadi. Xuddi shunga o'xshab inson ham atrof-muhitdan ta'sirlanadi. Shuning uchun farzandlarimiz go'zal tarbiya topsin desak, avvalo oilada yaxshi muhit hosil qilishimiz, keyin yaxshi bolalarga qo'shishimiz, yaxshi ustozlarga berishimiz kerak.

Bolalar kunining bir qismi uyda o'tsa, bir qismi maktabda o'tadi. Shuning uchun ularni munosib maktabga berish kerak. Men yaqinda @Rahimovschool ga bordim va muhitni, ustozlar va o'quvchilarni o'rganishga harakat qildim. Aziz Rahimov boshchiligidagi tajribali jamoa yuritadigan ushbu maktabga ta'lim va tarbiyaga jiddiy e'tibor qilinganiga guvoh bo'ldim. Bolalarimizni shu kabi maktablarga bersak, muhitdan xotirjam bo'lamiz deb o'ylayman . Maktabda 1-sinfdan 11-sinfgacha qabul davom etmoqda, boshlang'ich sinflar uchun chegirma bor ekan.

Murojaat uchun: 78 113 0005

Ro'yxatdan o'tish uchun

@GiyosiddinYusuf | farzand tarbiyasi haqida
#Faxr_emas-ku

2019-yilning may oyida ilk kitobim nashr qilingan edi. Shundan buyon xalqimizga 12 ta kitob va uchta plakat taqdim qildim. Alhamdulillah, ularning deyarli barchasi qayta-qayta nashr qilinmoqda. Bugungi kunga kelib umumiy nashrlar adadi 200 mingga yetdi.

Har bir kitob o‘nlab yillar xizmat qilishi, bir necha kishi tomonidan o‘qilishini o‘ylasam, bu ne’matga yanada ko‘proq shukrona qilishim lozim bo‘lishini his qilyapman.

Shuning uchun, garchi yozuvchilik ortidan kun kechirmoq og‘ir bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda asosiy e’tiborimni ijodga qaratyapman. Hatto ko‘pchilik ishlashni orzu qiladigan dargoh — "Hilolnashr"dan ham 2021-yilda shu sababli iste’foga chiqdim.

Hozir ham bir necha yangi kitoblar, qayta nashrlar ustida ish olib boryapman. Qilayotgan ishlarim sadaqai joriya bo‘lib qolishidan umid qilaman. Meni bu yo‘lda qo‘llab-quvvatlab turgan ustozlar, oilam, do‘st-u yaqinlarimga tashakkur! Eng ko‘p rahmatlarim kitoblarimni o‘qiydigan kishilarga! Sizlar o‘qiysizki, men ijod qilaman!

Barcha hamdlar Allohga xosdir!

#Ijod

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, azizlar!

Sizlar bilan ushbu sahifa orqali qayta diydorlashishga bir sabab bo'ldi...

@GiyosiddinYusuf
Imomlar, voizlarning ma’ruzada diniy istilohlarni shoshilmay, to‘liq talaffuz qilishlarini qadrlayman. Chunki voizning o‘zi salavot yoki boshqa shu kabi istilohlarni aytishdan erinib/malollanib yarmini yutib yuborsa, ma’ruza tinglovchiga manfaatli bo‘larmidi?!

Salavot yoki ulug‘lar ortidan aytiladigan duo jumlalari samimiy, muhabbat bilan aytilishi kerak. Siz bir salavot aytib, 10 hasanani qo‘lga kiritib, 10 gunohingiz o‘chirilayotganidan xursand bo‘lib salavot aytasiz. Agar vaqt kamroq bo‘lsa, "alayhissalom" deya salavot aytilsa ham bo‘laveradi, lekin uzun salavot aytaman deb yarmini yutib yuborish juda xunuk holat, albatta.

Shuning uchun imom-voizlarimiz bunga juda e’tiborli, juda kam hollardan o‘zgasida ularda bunday kamchilik uchramaydi. Kimdir shunga o‘rganib qolgan bo‘lsa, xoli qolganda shoshilmasdan ko‘p-ko‘p takror qilish bilan talaffuzni yaxshilashi mumkin. Bunda kichik ko‘zgudan foydalanib, shunga qaragan holda aytsa ham bo‘ladi.

#Eslatma

@GiyosiddinYusuf
Ahmad Lutfiy Qozonchining "Qaynona", "O‘gay ona", "Bir vijdon uyg‘onur" kitoblarini o‘qiganman. O‘sha vaqtda o‘zim uchun bir miqdorda ma’naviy ozuqa olganman. Lekin hozir ayta olamanki, bu kitoblar badiiy jihatdan talabga javob beradigan darajada emas.

Shuningdek, sevimli shoiramiz Marhabo Karimovaning bir necha kitoblarini o‘qiganman. She’rlari ibratli, tarbiyaviy ahamiyatga ega, ammo badiiy jihatdan qoniqarli emas.

Omina Shanliko‘g‘lining "Nasroniy atirguli", "Ishqqa yengilmayman", "Mariya", "Dor ostidagi odam" va yana boshqa kitoblarini o‘qiganman. Bu kitoblar omma uchun yaroqli, mutaxassis yoki ko‘p kitob o‘qigan kishilar uchun mos emas deb bilaman.

Umuman olganda, har kimning saviyasi, didi har xil. Kimgadir manzur bo‘lgan narsa boshqaga yoqmasligi mumkin. Ba’zi o‘quvchilar uchun badiiylik birinchi o‘rinda bo‘lsa, boshqasi uchun ma’no muhim.

Hatto ko‘pchilik iliq qabul qilgan Akrom Malikning "Halqa" kitobida ham badiiy jihatdan biroz kamchilik bor. Vaholanki, bu kitob juda yuksak qadrlanadi. Ya’ni har bir ishda ham kamchilik bo‘ladi, uni kimdir ko‘ra oladi, kimdir ko‘ra olmaydi. Agar bundan boshqalarga zarar yetmasa, ommaga jar solishga hojat yo‘q deb bilaman.

"Oldin sen o‘zing o‘shalardek yozib ol" mavzusida hamda boshqa ba’zi mualliflarning kitoblari haqida alohida yozaman, inshaalloh.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Prezidentning raqami

Nashriyotning tahririyat qismida ishlagan vaqtimda ba'zida ishxona raqamiga bo'lgan qo'ng'iroqlarga ham javob berib turar edim. Shunday qo'ng'iroqlardan birida mijoz mendan prezidentning raqamini so'radi, maqsadi foizsiz kredit olish ekan.

Go'zal maqsad! Lekin raqamni to'g'ri joydan so'ramadi. Qolaversa, prezident ham bir fuqaro foizsiz kredit olishi bilan shug'ullanmasa kerak. Yana bilmasam...

Xuddi shuningdek, nimani kimdan so'rashni bilish juda muhim. Bu izlangan narsaning topilish ehtimolini oshiradi. Xususan, kamina faqat oila, farzand tarbiyasi va kitoblar mavzusida savollarga javob beraman. Savolni botga yo'llaysiz, javobini navbati bilan kanalda olasiz. Izohlarda berilgan savolga yoki botning o'zida odatda javob bermayman.

Eslatma: diniy savollarga javob bermayman. Yuqoridagi mavzularda batafsil gaplashiladigan masala bo'lsa, onlayn yoki oflayn tarzda konsultatsiya berishim mumkin.
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandlik shifokor Maqsud Aralov gepatitning eng og‘ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan.

U 1982-yil tug‘ilgan va yaqindagina bemorligidan xabar topgan. Oxirgi tashxis natijalariga ko‘ra, Hindistonga borib, jigar ko‘chirish amaliyoti bajarish zarurligi aytilgan.

Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 30 000$ miqdorida mablag‘ kerak ekan. Hozirda uch bolaning otasi boʻlgan Maqsud aka 12 000$ yiqqan, qolganiga saxovatli kishilar yordami zarur.

Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi  uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang.

“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir”.

UzCard💳 6262 5700 1066 9986
Aralov M.

Visacard💳 4187 8000 0105 2497
Aralov M.

Tel.shaxsiy: +998990760232
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

Bu yangilikni kutib ijoddan to'xtab qolgan edim, endi yana davom etaman, inshaalloh!

@GiyosiddinYusuf
"Turklarning Tursunoy Sodiqovasi"

Sema Marashli haqida "Turklarning Tursunoy Sodiqovasi" degan hazilomuz ta’rifni o‘qigan edim — adashmasam, Umida Adiz opadan.

Asosan oila, nikoh va ayollarning ijtimoiy roli mavzularida yozadigan ushbu turk yozuvchisi kitoblarida odatda diniy qadriyatlar, urf-odatlar va zamonaviy hayot o‘rtasidagi muvozanatga e’tibor qaratadi.

Uning yozganlari maqolalar yoki hikoyalardan iborat kitoblarga bo‘linadi. Har ikkisi ham soddaligi va aniq tili bilan ajralib turadi. U o‘quvchilarga murakkab mavzularni oddiy qilib tushuntira oladi, bu esa yangi kitobxonlar, oila qurish arafasida bo‘lganlar va oilaviy mavzularni endi o‘rganishga kirishayotganlar uchun ayni muddaodir. Ammo bu uslubda badiiy tasvir va tashbehlar yetishmaydi.

Kitoblarning mazmun-mohiyatini olqishlagan holda yozuvchi sifatida ba’zi bir kamchiliklar haqida to‘xtalmoqchiman. Boshqa bir qancha yozuvchilarda ham bu narsa uchrasa-da, takror faqat o‘quvchi uchun foyda keltirishi mumkin, yozuvchilar asarlarida bundan tiyilishga harakat qilishi kerak deb bilaman. Xususan, Sema Marashlining barcha kitoblarini o‘qiganingizda kitoblarda takror keladigan ba’zi xulosa va ko‘rsatmalar salbiy baholanishi mumkin.

Sema Marashli kitoblarida qahramonlar tabiatini ochib berishga, voqea-hodisalarni tasvirlashga badiiy adabiyot talab qiladigan darajada chuqur e’tibor bermaydi. Chunki u asarlarida ma’lum ma’naviy va tarbiyaviy g‘oyalarni yetkazishga urg‘u beradi. Ya’ni qahramonlar va voqea-hodisalardan asosan o‘quvchiga axloqiy saboq berish yoki oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilishni maqsad qiladi. Shuning uchun bu uslub o‘quvchining hissiy zavqini cheklaydi.

Sema Marashlining asarlari, sof badiiy jihatdan tahlil qilinganda, murakkab badiiy tuzilmalar kamligi uchun tanqid qilinishi mumkin. Hikoyalarida yuqori darajadagi badiiy tasvirlar deyarli uchramaydi. Lekin ma’no-mazmun sababli kamchiliklarga ko‘z yumiladi.

Har tomonlama talabga javob bera oladigan badiiy asar yozish juda qiyin, albatta. Ayniqsa, hikoya yozish. Bu haqida Baxtiyor Abdug‘afur domla "Hikoya yozish roman yozishdan qiyin" degan edilar. Kamina ham hikoyalar mashq qilib ko‘rganman, lekin yozganlarim o‘zim istagan talabga javob bera olmaydi. Ammo men ham Sema Marashli kabi yoza olaman va qachondir yozganlarimni kitob qilib chiqaraman, inshaalloh.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf
Yangi kitob boshladim...

#Ijod

@GiyosiddinYusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun "Orzudagi oila" onlayn kursimizning so'ngi darsi yuborildi. Ushbu kursda quyidagi mavzular bo'yicha 8 ta videodars taqdim qilindi:

— oila qurish: yigit-qizlar uchun tavsiya, maslahatlar;
— yangi kelin-kuyovlarga maslahat, yangi oilaga osonroq moslasis;
— qaynona kelin munosabatlari;
— er va xotinning burchlari;
— farzand tarbiyasida ota-onalardan talab qilinadigan 5 muhim jihat;
— sevimli kelin bo'lish uchun nimalar qilish kerak?

Har bir dars 20 daqiqa atrofida. Tez kunlarda kurs o'qivchilariga ovozli chat ham qilib beramiz, inshaalloh.

O'ylaymanki, yoshlar ushbu ko'rsatmalarga amal qilish bilan orzudagi oilaga erishadilar.
2024/09/22 01:26:06
Back to Top
HTML Embed Code: