Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
933 - Telegram Web
Telegram Web
Assalomu alaykum do‘stlar.

Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 36 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.

Shu o‘rinda ikki kundan beri o‘ylantirib kelayotgan bir savolni o‘rtaga tashlamoqchi edim.


Bilasiz, O‘zbek IT hamjamiyatida juda ham ko‘p dasturchilarimiz o‘zbek tilidagi ma’lumotlarni (kontent) ko‘paytirish ustida ishlashadi. Tarjima bo‘lsin, maqola yozish bo‘lsin, o‘zbek tilida tizimlar ishlab chiqish bo‘lsin, biror bir tizimni o‘zbekchaga tarjima qilish bo‘lsin, o‘zbek tilida muloqot qiladigan muhitlarni yaratish bo‘lsin.

Shu o‘rinda, bir vaqtlar, bundan 8 yil oldin, biz yordam.uz saytini ishga tushirgan edik. U yerda ko‘pgina dasturchilarimiz savollarga javob berib kelishar edi. Yosh dasturchilarimiz savol berishardi, ularning savollari yoki muammolariga yechimlarni mutaxassislar javob shaklida yozib kelishar edi. U yoqda muhandislik ham, dasturchilik ham, qiyin savollar ham, juda sayoz savollar ham bor edi. Lekin o‘zbek tilida bitta muhit qilingan edi.

Hozir ikki kundan beri o‘ylantirayotgan narsa, shu yordam.uz saytimiz. U 3 yil oldin to‘xtatilgan edi. Sababi, yangi texnologiyalar rivojlanib ketdi va odamlar ko‘proq ingliz tilida ma’lumot qidirishlari ko‘paygani saytimizga tashriflar soni kamaytirgani edi. Sun’iy intellekt hayotimizga kirib kelgani va Stack Overflow’ga o‘xshagan tizimlar "qulagani" esa, yana bir mavzu. Odamlar savollarni faqat sun’iy intellekt orqali qidirishni boshlashdi, foydali saytlarga kirish kamayib ketdi.

Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim.


⁉️ Savol: Agar yordam.uz sayti qayta tiklanadigan bo‘lsa, uni qaysi shaklda tiklanishini xohlagan bo‘lar edingiz?

Takliflaringizni izohda yozib qoldirsangiz, taklifingiz shu savol-javoblar portalini boshqa bir shaklda, ko‘pchilik uchun foydali bo‘ladigan shaklda qayta ishga tushirgan bo‘lar edik.

Kuninglar xayrli o‘tsin, bayramlar muborak bo‘lsin.

21.10.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍175🆒2🔥1
2025/10/24 07:10:21
Back to Top
HTML Embed Code: