Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3836 - Telegram Web
Telegram Web
⚡️Xitoyliklar dunyodagi eng kichkina SSD'ni namoyish etishdi — mittigina Twopan Nano SSD'ning og’irligi bor-yo’g’i 5 gramm.

Juda kichkina bo’lgani bilan unda 512 Gb xotira va barmoq izi skaneri mavjud. Shuningdek, ma’lumotlarni o’tkazish tezligi 450 MB/s gacha, IP65 himoyasiga ega va zarbalarga chidamlidir — 10 metrdan tushib ketsa ham hechnima qilmaydi.

Narxi — atigi 78 dollar. Sotuvlar iyuldan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥111👍4318🤯108👏5🎉2👨‍💻2🫡2💯1
📱Donald Tramp o’z kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan «Trump Mobile T1» smartfonini namoyish etdi. Uni «100% AQSh'da ishlab chiqarishga» va'da bermoqda.

Texnik xususiyatlari: Android, 6,8 dyuymli AMOLED displey, 12+256 GB xotira, 50+2+2 MP kameralar va 5000 mA/soat akkumulyator. Qanday protsessor o’rnatilishini aytishmadi.

Sotuvlar sentyabrdan boshlanadi, faqat oltin rangda mavjud bo’ladi. Narxi — 499 dollar.

Ko’rinishidan Xitoyda chiqariladigan arzon telefonlarga o’xshaydi :)

📟 DigiTech
😁24720👍126😨4💯3🔥2🤯2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fitnes bilan shug’ullanish bo’yicha eng tushunarli xarita paydo bo’ldi — kerakli mushaklarni tanlash kifoya va sayt mos keladigan mashqlarni ko’rsatadi.

Ushbu qo’llanma yordamida sport zalida yoki uyda mashq qilish mumkin. Barcha mashqlar uchun to’g’ri texnika ko’rsatilgan videolar mavjud.

👉 Sayt havolasi.

📟 DigiTech
🔥64👍1916🤯7👏5🫡21💯1
📲 Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Google'ning 1999-yildagi reklamasini topishdi.

Kompaniyaning o’sha vaqtdagi va'dasi:
Google — ob-havo, yangiliklar lentalari, homiylar havolalari, reklamalar, chalg'itadigan narsalar va boshqa axlatlarsiz sof qidiruv tizimidir. Faqat tezkor qidiruv tizimi.


O’ng tomondagi rasmda — Googleda hozirgi qidiruv natijalari. Ketma-ket to’rtta reklama, so’ng SI javobi yozilgan katta blok 😂

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁172👏1614👍9🔥7💯3🤝2🫡21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕹️ Bitta prompt (matnli so’rov) bilan o’yinlar yaratamiz — o’yinlar generatsiya qiluvchi bepul neyrotarmoq chiqdi.

Aicade neyron tarmog’i matnli tavsif asosida to’liq ishlaydigan o’yinlarni yaratib beradi, shunchaki g’oyani yozish kifoya.

• Tayyor o'yinni chatbot bilan yozishib o’zingiz istagandek o’zgartirishingiz mumkin.
• Dasturlashni biladiganlar uchun kod tahrirchisi mavjud.
• Generatsiya qilingan o’yinga havolani do’stingizga tashlab birga o’ynashingiz mumkin.
• Undan foydalanish bepul.


👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥3013👍4🤯43😁1🎉1
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
     Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site

Reklama
22👏4😢4🫡31👍1
🦷 Olimlar o’rnatilganidan keyin nervlar bilan birikib o’sadigan tish implantlarini ixtiro qilishdi.

«Aqlli» implant suyaklarni teshmasdan to’g’ridan-to’g’ri to’qimalarga joylashtirilishi mumkin va ildiz hujayralari, shuningdek, tarkibidagi maxsus oqsil tufayli u mavjud nervlar bilan birlashib, haqiqiy tish kabi oziq-ovqatni tuzilishi va haroratini his qilish imkonini beradi.

Implant kemiruvchilarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi va implantatsiyadan 6 hafta o’tgach to’liq ishladi.

📟 DigiTech
🔥87🤯18👍1611🫡4🤝3👏2💯21😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Tom Kruz'ga kino sanoati rivojiga qo’shgan hissasi va «kaskadyorlikka sodiqligi» uchun faxriy «Oskar» beriladi — bu 62 yoshli aktyorning karyerasidagi ilk haykalcha bo’ladi.

Yoshiga qaramay, aktyor barcha tryuklarni hali ham o’zi ijro etadi va yaqinda u hatto ketma-ket 16 marta yonayotgan parashyut bilan sakragani uchun Ginnessning rekordlar kitobiga ham kiritildi.

Shunday mukofotlar avvalroq Jeki Chan, Devid Linch, Samuel L. Jekson va boshqalarga ham topshirilgan.

📟 DigiTech
👏98👍292211🤯7💯3🥰1🎉1
⚡️ Endi saratonni tashxisdan uch yil oldin aniqlash mumkin — Johns Hopkins olimlari saraton to’qimalarini ularning paydo bo’lishidan ancha oldin aniqlaydigan qon analizini yaratishdi.

Tadqiqotchilar odam immunitet tizimi kasallikka endigina reaksiya bera boshlagan paytda oq qon hujayralari DNK'sida saratonning dastlabki izlarini topishni o’rganishdi.

Ushbu kashfiyot kasallikni eng erta bosqichlarida davolashni boshlash imkonini beradi — ya’ni saraton insonga jiddiy zarar yetkazishga ulgurmaydi. Texnologiya DNK tahlili va SI'ga asoslangan.

📟 DigiTech
👍6719👏165🫡3🤯2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Midjourney o’zining videolar generatsiya qiluvchi modeli V1 ni chiqardi — u chiroyli va realistik videolarni yaratadi.

Video yaratish uchun rasm kerak bo’ladi (Midjourney'da generatsiya qilingan yoki boshqa har qanday). Neyrotarmoq hozircha davomiyligi faqat 20 soniyagacha bo’lgan videolarni generatsiya qila oladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍2421👏43🔥3💯2
⚡️Internetga 16 MILLIARD parollar sizib chiqdi — ular orasida Apple, Google, Instagram, Facebook, GitHub va hatto Telegram akkauntlar maʼlumotlari mavjud. Bu tarixdagi eng yirik ma’lumotlar sizib chiqishidir.

Forbes xabar berishicha, sizib chiqqan ma’lumotlar login va parollardan iborat. Eng asosiysi — bu eski ma’lumotlar bazalari emas, balki yangi ma'lumotlardir.

Mutaxassislar barchaga parollarni zudlik bilan o’zgartirish va ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqishni maslahat berishmoqda.

📟 DigiTech
🤯110👍20🔥1611😨7😢3💯3😇32🤝1
📚Vaqt bo'ylab sayohat qilamiz: tarix muxlislari uchun dunyo xaritasi mavjud sayt chiqdi. Saytda so’nggi 4 ming yil ichidagi istalgan davrni o’rganishingiz mumkin.

Har yil uchun virtual muzey mavjud. Barcha hududlar tarixi, mashhur olimlar va boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar to’plangan.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍62🔥19147👏6🤯3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda sun’iy intellekt avatarlari o’zlarini haqiqiy odamdek ko’rsatib, olti soat uzluksiz onlayn strim o’tkazishdi va rekord darajada 7,65 million dollarlik mahsulotlarni sota olishdi.

Baidu neyron tarmog’i mamlakatdagi eng mashhur strimerlardan biri Luo Yunxao va uning do’sti (ularning roziligi bilan) xatti-harakatlarini nusxaladi va ularni haqiqiy emasligiga hech kim shubhalanmadi ham (ularni o’zlari tan olmagunicha).

Aytgancha, Xitoyda bunday strimlar juda mashhur: ularni doimiy ravishda mamlakatni 75% aholisi kuzatadi.

📟 DigiTech
🤯11418🔥18👍9😁8😨5👏42🤝2😡2💯1
🎥 Bryus Li va Jeki Chan ekranlarga qaytishadi: Xitoyda kung-fu haqidagi 100 ta mashhur filmlar SI yordamida qayta tiklanadi.

Ular «G’azab mushti» va «Sarhush ustoz» kabi klassik durdonalarni jonlantirishni rejalashtirishmoqda. Filmlarda tasvir va ovoz yaxshilanadi. Kinoteatrlarda chiqarilish sanalarini hali e’lon qilishmadi.

Yaqinda afsonaviy klassik filmlarni 4K sifatda ko’rish mumkin bo’ladi, sun’iy intellektlarni bu sohada ancha foydasi tegyapti.

📟 DigiTech
👍10124🤯9🔥7😁42
2025/07/12 12:53:44
Back to Top
HTML Embed Code: