Forwarded from TOSHKENT SHAHAR SOLIQ BOSHQARMASI rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligʻi
"Soliqlarni to'lash — bu nafaqat Konstitutsiyada belgilangan qonuniy burchimiz, balki halollik va ijtimoiy mas'uliyat yuki hamdir" — Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Doniyor G'aniyev soliq to'lovlari haqida munosabat bildiridi.
Hurmatli vatandoshlar!
15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram

Forwarded from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
#qonun_loyihasi_jamoatchilik_muhokamasida
☝️ Bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi.
🔹 Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
🔹 Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/87283) hamda Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga (https://parliament.gov.uz/oz/regulation/22) jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
☝️ Taklif va mulohazalarni qabul qilish muddati — 2023-yil 10-oktabrdan 24-oktabrgacha.
Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Аралаш сайлов тизими: бу – Ўзбекистонда партиялар ўртасидаги рақобатни пайдо қила оладими?
Ўзбекистон сайлов тизими ўзгариши мумкин. Унга кўра, Қонунчилик палатаси депутатлиги учун сайловларни аралаш (мажоритар ва пропорционал) тизим асосида ўтказиш таклиф этилмоқда.
Kun.uz мухбири 10 октябр куни Олий Мажлис қонунчилик палатасининг навбатдаги йиғинида муҳокама қилинган ушбу масала юзасидан таҳлилий суҳбат ташкил қилди. Суҳбат меҳмонлари сиёсий таҳлилчилар – Фарҳод Толипов, Камолиддин Раббимов ва Қонунчилик палатаси депутати Дониёр Ғаниев бўлди.
📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Men koʻp narsaga optimistik qarayman. Balki naivlik dersiz. Lekin oʻylaymanki, Oʻzbekistonda hali ham islohotlarni tezlashtirish uchun imkoniyat bor — bu kelasi yili boʻladigan parlament saylovlari.
Saylovlarni oʻtishi va adolatli tashkil qilinishidan, tabiiyki bu hokimiyat boʻgʻinini kelajagi va institutsional kuchini bashorat qilsa boʻladi. Agar adolatli saylov boʻlsa, tabiiyki kuchli va xalq ishongan parlament vujudga kelishi mumkin — agar kuchli va reprezentativ parlament tashkil etilsa — jamiyat uchun eng muhim qarorlar haqida mulohazalar kam sonli OAVlar, ehtiyotkorona yozilgan bloglar, choyxona yoki oshxonalarda emas, aynan parlament devorlarini ichida gaplashilinadi, mulohaza va munozara qilinadi. Koʻp qarorlarni qabul qilish qiyin va albatta treydoflardan iborat. Lekin shu bilan birga, ularni xalq vakillari — yaʼni saylangan deputatlar qabul qilsa, ularni adolati ham, samarasi ham, yuqori boʻladi. Masalan, qancha miqdorda ijtimoiy yordam berish kerak? Kimga ijtimoiy yordam qilish kerak? Qaysi tumandagi maktabni taʼmirlash kerak? Qayerga suv oʻtkazish kerak? Bir tumanga yopiq muz saroyi kerakmi yoki suv quvurini taʼminlash kerakmi? Evaziga nima quriladi, qurilish oʻzi kerakmi? Qachon qaysi qishloqda yoʻl yamalishi kerak? Bojlar qanday koʻrinishda boʻlishi kerak? Umuman olganda — eng muhim ikki qaror: “qanday qilib xalq pulini taqsimlash ” va “qanday qilib xalqdan soliqlarni yigʻib olish kerak” xalq vakillari tomonidan qabul qilinib hukumatga amalga oshirish uchun berilsa, shaffoflik ham, samaradorlik ham, xalqni ishtiroki ham oshadi. Bu ikki savol qonun ishlab chiqishni eng muhim oʻlchovlaridan. Bu narsalarni qila olish va kelajakdagi iqtisodiy oʻsish chambarchas bogʻliq narsalar. Demak shuning uchun bizga, ijro hokimiyatidan toʻliq mustaqil boʻlgan va qolgan ikki hokimiyat boʻgʻinini tiyib tura oladigan parlament zarur. Hozir parlamentimizni oʻrni va kuchi qanday desak, javob ham bor.
Xalqaro qonuniylik indeksi — yoki “qonun ustuvorligi indeksi” mavjud. Uning eng muhim oʻlchovlaridan biri bu mamlakatdagi tiyib turuvchi institutlarni kuchi. Inglizchadan “hukumatni tiyib turadigan chegaralar” deb tarjima qilsak boʻladi. Ularni asosiy koʻrsatkichlaridan biri — ravshanki — parlament qanchalik ijro hokimiyatini tiyib turuvchi kuchga egaligi. Shu koʻrsatkich boʻyicha biz 140ta davlatni ichidan 136-oʻrini egallaganmiz. Reytingda ishtirok etuvchi atigi 4tagina davlatda bizdan ham tishsizroq parlament mavjud. Mintaqa va daromad boʻyicha qarasak ham — eng oxirgi pogʻonalardamiz. Sud hukumati kuchi boʻyicha ham, 140 tadan 114-oʻrindamiz. Aytmoqchimanki, qonun ustuvorligini taʼminlash uchun va konstitutsiyada belgilangan uch boʻgʻinlar bir biridan mustaqil va bir birini samarali cheklaydigan boʻlishi — kelajakdagi farovonligimiz va rivojlanishimizga nafaqat bogʻliq, balki oʻsha boyish yoki boyimasligimizni belgilab beruvchi asosiy faktor.
Xullas, men optimistman. Kelasi yilda mustaqil va kuchli parlament tashkil etilishi — nazariy jihatdan albatta mumkin boʻlgan narsa. Bu bloq iqtisodiy rivojlanish haqida boʻlgani uchun ham, rivojlanishni asosiy ustuini haqida yozishni lozim topdim.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#sorovnoma #korrupsiya
Soliq qoʻmitasi korrupsiya holatlari boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda
Soliq organlari xodimlari o‘rtasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari qanchalik tez-tez uchrab turishi va bunga nima sabab bo‘layotganini bilish biz uchun muhim.
Bu korrupsiyani bartaraf etish uchun yana qanday choralar ko'rishimiz kerakligini aniqlashga yordam beradi.
👉 So'rovnomada anonim ishtirok etishingiz mumkin - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=uz
____________
#опрос #коррупция
Налоговый комитет проводит опрос о проявлениях коррупции
Нам важно знать, как часто среди сотрудников налоговых органов встречаются случаи злоупотребления своим служебным положением и что служит этому причиной.
Это поможет определить, какие дальнейшие шаги нам нужно предпринять для искоренения коррупции.
👉Принять участие в опросе можно анонимно - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=ru
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Kecha tvitterda bildirgan fikrlarim ijtimoiy tarmoqlarda, jamoatchilik orasida go'yoki viloyatliklar uchun Toshkent shahriga avtomobilda kirishni pullik qilish sifatida noto'g'ri talqin qilinibdi.
Aslida men bugun poytaxtda qiyinlashib borayotgan harakatlanish, kuzatilayotgan "mega" tirbandliklardan kelib chiqib, shaharning markaziy hududlarida tirbandlikni kamaytirish uchun "tirbandlik to'lov"ini joriy etishni taklif etgandim.
Bunday to'lovni joriy etilishi dunyoning ko'plab shaharlarida allaqachon o'z samarisini bergan. Qolaversa, to'lovdan tushgan daromadlar jamoat transportini yaxshilashga, piyoda va velosipedlar uchun qulay infratuzilma yaratishga xizmat qilishi mumkin.
Men toshkentlik emasman. Balki yana 1-2 yildan keyin bu shaharda yashamasman ham. Lekin men azim poytaxtimizni barcha uchun ochiq, havosi toza, ko'chalarida faqatgina avtomobillar emas, balki piyodalar, jamoat transporti yoki velosiped foydalanuvchilari ham qulay va xavfsiz harakatlana oladigan haqiqiy megapolis bo'lib qolishini chin dildan istayman.
@D_Ganiyev

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.
Кун тартибига ўтишдан олдин давлатимиз раҳбари ҳозирги кунда бутун дунёда катта ташвиш ва хавотир уйғотаётган масалага тўхталиб ўтди:
"Маълумки, Исроил армияси ва Хамас ҳаракати ўртасида давом этаётган қуролли тўқнашувлар гуманитар инқирозни чуқурлаштирмоқда, тинч, бегуноҳ аҳоли орасида кўп сонли қурбонларга олиб келмоқда.
Болалар ва аёллар ҳалок бўлмоқда, одамлар бошпанасидан айрилмоқда, ўз уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлмоқда.
Биз Фаластин ва Исроил томонидан қурбон бўлган барча инсонларнинг оилаларига чин дилдан таъзия ва ҳамдардлик изҳор этамиз.
Мен Ғазо сектори аҳолисига баҳоли қудрат ёрдам кўрсатиш учун Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Яқин Шарқ агентлигига 1 миллион 500 минг доллар ажратиш ҳақида қарор қабул қилдим.
Биз Фаластин халқи билан бирдам эканимизни қатъий билдирамиз ва унинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси ва Хавфсизлик Кенгашининг илгари қабул қилинган резолюцияларига мувофиқ ўз мустақил давлатини барпо этишга бўлган ҳуқуқини қўллаб-қувватлаймиз", - деди Президентимиз.
Facebook|Instagram|Twitter

Forwarded from Gazeta.uz - Ўзбекистон янгиликлари
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кучсиз парламент билан ҳам кучли иқтисодиёт қурса бўладими?
Мифономика лойиҳаси доирасида «Газета.uz» журналисти Баҳодир Абдуллаев ҳамда Қонунчилик палатаси депутати Дониёр Ғаниев кучли парламентсиз ҳам яхши иқтисодиёт қурса бўлади деган миф юзасидан фикр юритишди.
https://www.youtube.com/watch?v=nVepdOUOYQY
Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_uzb

Forwarded from bakiroo
Ҳурматли Элтуз!
Бугун каналингизда эълон қилинган пост бўйича қуйидагиларни иложи борича қисқа ва лўнда тарзда қайд этишни лозим деб топдим.
Биринчидан, сиз ва манбаларингиз эътибор қаратган ғалла нархи эркинлашиши, афсуски, жуда кечикиб амалга оширилди. Ғалла нархини эркинлаштириш кечикаётгани, ҳукумат ўз ҳаракатларида узвий ва тезроқ ҳаракат қилмаётгани тўғрисида 2019 йилдан буён бонг уриб келинган. Шу маънода ҳозир нимадан афсусдасан дейишса, ғалла нархини эркинлаштириш масаласи тўғрисида янада кўпроқ ёзмаганимдан афсусдаман. Худди шунингдек, тобора кечикаётган ва ярим чала қолаётган энергетика, транспорт, сув тарифларини эркинлаштириш ва бозорга ўтиш тўғрисида аслида кўпроқ ёзиш кераклигини англамоқдаман.
Иккинчидан, сиз ва сизнинг манбаларингизда Бош вазир ўринбосари Жамшид Қўчқоровдан гўеки "қалам ҳақи" олганим бўйича факт ва далилларингиз бўлса, ҳуқуқни ҳимоя қилувчи органларга шу бугуннинг ўзидаёқ мурожаат қилишингизни сўрайман. Қонун талаби шундай. Ёки ўзини ҳурмат қиладиган нашр ўлароқ куракда турмайдиган ҳақорат ва туҳматдан иборат мазкур иддаога раддия беринг.
Учинчидан, Марказий банк раиси Мамаризо Нурмуратовнинг гўёки "лобби-блогери" "эканим"дан ростдан ҳайратдаман. Мамаризо Бердимурадович билан умримда кўришиб гаплашмаганман. Агар шундай имконият бўлганида, масалан, каттароқ интервью олган бўлардим. Чунки ҳурматли ва банк тизимидаги ислоҳотлар мундарижасига жавобгар ушбу шахсга оғир саволларим жуда кўп. Айниқса, охирги йилларда мен учун ортга қайтишдек кўринаётган ҳаракатлар ва қарорлар борасида.
Ва ниҳоят, тўртинчидан, постингизда номлари келтирилган расмийлар раҳбарлигидаги муассасаларнинг ҳам сизга айтар сўзлари бўлиши керак, деб ўйлайман.
Отабек Бакиров

Ўзбекистонликлар демократияга тайёр эмасми?
Мазкур саволга «Мифономика» лойиҳаси доирасида «Газета.uz» журналисти Баҳодир Абдуллаев ва Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати Дониёр Ғаниев жавоб топишга уриниб кўрди.
Суҳбатнинг тўлиқ видеосини Youtube`даги каналимизда томоша қилинг ва ўзбекистонликлар демократияга тайёр ёки йўқлиги ҳақидаги шахсий фикрингизни ёзиб қолдиринг:
https://www.youtube.com/watch?v=ODDa4Cjumt8

Депутат Дониёр Ғаниев соғлиқни сақлаш вазири Амрилло Иноятовга: «Ота-оналарнинг дардини кўриб йиғладим. Улардан бири менинг ҳам фарзандим бўлиши мумкин эди... Ўтган ишдан қандай хулоса чиқардинглар? Мана шу қўпол хато қайта такрорланмайди деб ваъда бера оласизларми? Сиёсий жавобгарлик бўлмайдими?»
Амрилло Иноятов жавоби: «Эътирозни юз фоиз қабул қиламиз. Ҳеч қандай баҳона қилишга асосимиз йўқ. Шахсан мен ҳам вазирнинг биринчи ўринбосари сифатида кеч эшитганман, бу менинг ҳам катта хатом бўлади. Мен очиқ тан олиб айтяпман буни... Буёғига битта ҳам бундай ҳолатга йўл қўйишга ҳаққимиз йўқ».
Батафсил: www.gazeta.uz/uz/2023/11/14/dok-1-max/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Forwarded from QUDUQ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧐 O‘zbekiston DEMOKRATIYAGA tayyormi?
"Sen parlamentda muammolar haqida yonib gapirayotganingda yoningdagi odam tom ma'noda uxlayotgan bo‘ladi!..."
O‘zbekistonda qabul qilinayotgan hal qiluvchi qarorlarda, muhim jarayonlarda parlament - Oliy Majlisning o‘rni qanday? Parlament siyosiy institut sifatida shakllana oldimi? Xalq uchun harakat qiladigan deputatlar bormi?
Ushbu savollarga javob topish uchun QUDUQ loyihasining navbatdagi sonida Oliy Majlis deputati Doniyor G‘aniyev bilan suhbatlashdik.
Loyihamizni tomosha qiling, ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling va boshqalar bilan bo‘lishishni unutmang!
Suhbatni bugun soat 20:00 da YouTube kanalimiz orqali ko‘rishingiz mumkin.
🎥 To‘liq videoni ko‘rish uchun: https://youtu.be/1eAoIU1W15A
📌 Siz bilan istalgan mavzuni birgalikda muhokama qilamiz!
@quduq_media
YouTube | Instagram | Facebook

Forwarded from UzA | Расмий канал
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024 йилга қандай ном берган бўлардингиз?
Мазкур савол билан турли соҳа вакиллари ўртасида сўровнома ўтказдик. Сиз ҳам фикрингизни изоҳларда ёзиб қолдиринг.
Видеонинг батафсил шаклини бироздан сўнг ЎзАнинг барча ижтимоий тармоқларимизда томоша қилишингиз мумкин.
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе

Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#5 Rossiya bosqini, deputatlar oyligi va boshqalar haqida — Lolazor podcast
📲 https://youtu.be/hiM1SZqq5Ek
Ushbu sonda siyosiy mavzular – Zaxar Prilepinning fikri va unga Tashqi ishlar vazirligimiz bayonoti, shuningdek, armiya hamda davlat mudofaasi, axborot makonidagi holat, davlat budjeti va boshqa mavzular haqida suhbat qurdik.
Bu galgi mehmon — deputat Doniyor Gʻaniyev.
👉 @xushnudbek 👈

«Йил бестселлерлари 2023» рейтингини эълон қилинди.
Ундан йил давомида Asaxiy орқали Ўзбекистон бўйлаб энг кўп сотилган китоблар ўрин олган.
ТОП 20 рўйхат билан танишиш: asaxiy.uz/u/bestseller2023
Ушбу бестселлерларни фақат 31 декабргача Asaxiy орқали ягона тўпламда 1 059 000 Сўм ўрнига чегирма нархда 699 000 Сўмдан харид қилса бўлади.
Asaxiy буюртмани бутун Ўзбекистон бўйлаб бепул етказади.
Харид қилиш: asaxiy.uz/u/bestseller2023

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимизнинг олтита ҳудудида "яшил" энергия ишлаб чиқарувчи янги йирик қувватларни тармоққа улаш бўйича тантанали маросимда иштирок этмоқда.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в торжественной церемонии подключения к сети новых крупных мощностей "зеленой" энергетики в шести регионах страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Президент Шавкат Мирзиёев принимает участие в торжественной церемонии подключения к сети новых крупных мощностей "зеленой" энергетики в шести регионах страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида мудофаа қурилиши ва Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларини ривожлантириш масалаларига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.
—
Под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам оборонного строительства и развития Вооруженных Сил Республики Узбекистан.
#Mirziyoyev #yigilish #mudofaa #QurolliKuchlar