Telegram Web
Forwarded from SAMDCHTI | RASMIY KANALI
Ispaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Bugun, 12-oktabr kuni Ispaniyaning Kadiz universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Rafael Ximenez Kastanyeda hamda ushbu universitetning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha xalqaro markaz direktori Andres Santana Arribaslar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.

Unda ispaniyalik mehmonlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulovlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o’tkazildi va fikr-mulohazalar, takliflar almashinildi.

Shuningdek, jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar institutida Ispaniyaning Kadiz universiteti bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo’yicha Markaz tashkil etilib, ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Undan so’ng tomonlar o’rtasida hamkorlik ishlarini davom ettirish yuzasidan Shartnoma imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
Forwarded from SAMDCHTI | RASMIY KANALI
#Muhim

Biznes va xizmatlaringizni, shuningdek, tadbirkorligingizni keng ommaga tanitishda qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi?

Unda Media Team agentligi sizga yaqindan yordam beradi!

Murojaat uchun:
@media_agensy
Channel photo removed
#Qorasuv_massivi

Mas'uliyatsizlikmi yoki beparvolik?

Xalq tilida ''Motrid sity'' deyiladi. Manzara 118- va 119-domlar oldida.

👉
@Asilbek_Abduraimov
#2024_yil_nomi

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

👉
@Asilbek_Abduraimov
Forwarded from SAMDCHTI | RASMIY KANALI
#Tabrik

VATANNI HIMOYA QILISHDEK SHARAFLI ISHINGIZDA ULKAN MUVAFFAQIYATLAR TILAYMAN


Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt va omad, ona Vatanni himoya qilishdek sharafli ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. G‘ayrat va shijoat, mardlik va jasorat hech biringizni tark etmasin! Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Fazliddin Ro'ziqulov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b.

👉 Batafsil . . .
#Tezkor #Tarqating

❗️Telegramda firibgarlar tomonidan navbatdagi VIRUS tarqatilmoqda.

⚡️Firibgarlar tomonidan Telegram ijtimoiy tarmoqlarida banklar aksiya o‘tkazmoqda degan yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.

🙅🏻‍♂️ Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan keladi va soxta xabarga ishonib, pastdagi manzilga kirsangiz, Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib plastik kartangizdagi pullarni yechib olishadi, keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan kontaktingizdagi hammaga va siz ulangan barcha gruppalarga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz.

❗️OGOH BO‘LING VA BOSHQA BARCHA TANISHLARNI OGOHLANTIRING.

🌐 𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 | 🚀 𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 🎬 𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
Forwarded from SAMDCHTI | RASMIY KANALI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#INTERVYU

Asilbek Abduraimov,
SamDCHTI Axborot xizmati rahbari.

O‘zbekiston-Xitoy: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik

👉
@samdchtijamoasi
#Биласизми

Ишга қабул қилиш рад этилган тақдирда, иш берувчи ишга қабул қилиш ҳуқуқига эга бўлган мансабдор шахс томонидан имзоланган ишга қабул қилишни рад этиш сабабларининг ёзма асосини ишга қабул қилиниши рад этилган шахснинг талабига кўра 3 кунлик муддатда тақдим этиши
шарт.

📌 Ёзма асосни беришни рад этиш ишга қабул қилиш қонунга хилоф равишда рад этилганлиги устидан шикоят қилинишига монелик қилмайди.


👉 @Asilbek_Abduraimov
Уй субсидияси кимларга берилади?

✔️ Қонунчиликка кўра, уй-жой сотиб олиш ёки якка тартибдаги уй-жойларни қуриш ва реконструкция қилиш учун субсидия, даромади юқори бўлмаган ва уй-жой шароитларини яхшилашга муҳтож бўлган фуқароларга ажратилиши
белгиланган.

⚠️ Бунда, қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ аниқланиши мумкин бўлган ўртача ойлик даромадлар миқдори қуйидагича бўлганлар, даромади юқори бўлмаган фуқаро ёки оила деб ҳисобланади:

🔹Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда белгиланган меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 2,7 бараваридан 8 бараваригача (2 млн 835 минг сўмдан 8 млн 400 минг сўмгача);

🔹Тошкент шаҳрида белгиланган меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 2,7 бараваридан 9,2 бараваригача (2 млн 835 минг сўмдан 9 млн 660 минг сўмгача).

Маълумот учун: бугунги кунда меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам
миқдори 1.050.000 сўм

👉
@Asilbek_Abduraimov
Forwarded from JURNALIST QIZ (𝐌𝐬)
Шавкат Мирзиёев 8 май куни Мудофаа вазирлигининг Марказий ҳарбий клиник госпиталига бориб, уруш қатнашчилари ҳолидан хабар олди.

Манба
#Qabul_2024

Davlat grantiga oid o‘zgarishlar:

— yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi;

— grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

— ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va h.k.;

— stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi;

— turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar);

— grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

👉
@Asilbek_Abduraimov
#Qabul_2024

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men SamDUga topshirdim, men SamDCHTIga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

👉
@Asilbek_Abduraimov
#Qabul_2024

⚡️Abituriyentlar diqqatiga: hujjat topshirishda tanlanayotgan OTM faqat imtihon topshiradigan bino sifatida tanlanadi

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni
my.uzbmb.uz ro‘yxatga olish boshlandi.

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.


👉 @Asilbek_Abduraimov
#Муҳим

Қонунчиликка кўра, шахснинг яланғоч ҳолдаги фото- ва (ёки) видеотасвирини ўз ичига олган ахборотни унинг розилигисиз тарқатиш, шу жумладан ОАВда, телекоммуникация тармоқларида ёки интернетда тарқатиш ёхуд бундай ахборотни тарқатиш билан қўрқитиш БҲМнинг 400 бараваридан 600 бараваригача (136 млн сўмдан 204 млн сўмгача) миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан
жазоланади.

👉 @Asilbek_Abduraimov
2024/06/15 08:54:21
Back to Top
HTML Embed Code: