Telegram Web
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️

🧑‍🎓 Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli topshirolmagan 2025-yil bitiruvchilari diqqatiga!

Andijon davlat universitetida 2025-yil yakuniy davlat attestatsiya test sinovlarida turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan, shuningdek, to‘lov-shartnoma bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklidagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun qayta attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish belgilandi.

Eslatma: Mazkur toifadagi talabalar yakuniy attestatsiya sinovida ishtirok etishlari uchun Andijon davlat universiteti rektori nomiga ariza bilan murojaat etishlari so‘raladi. Arizalar 2025-yil 30-sentyabr sanasiga qadar tahsil olgan fakultet dekanati mas’ul xodimlariga topshirgan bo’lishlari lozim.

Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan mazkur toifadagi talabalar uchun imtihonlar 2025-yil 18-oktyabrda YOZMA SHAKLDA o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bino, auditoriya va vaqt haqida ma’lumotlar yaqin kunlarda Andijon davlat universitetining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi, talabalardan esa ushbu manbalarni diqqat bilan kuzatib borishlari so‘raladi.

🔗Imtihon sinovlari yozma shaklda o‘tkazilishi inobatga olib, quyidagi mezon asosida baholanadi: havola

➡️Majburiy fanlar bo‘yicha savollar banki hamda yakuniy davlat attestatsiya dasturi ta’lim yo‘nalishlari kesimida ishlab chiqilgan. Imtihonlar aynan ushbu hujjatlar asosida o‘tkaziladi:
📁 Ekologiya va atrof muhit muhofazasi;
📁 Amaliy matematika;
📁 Amaliy psixologiya;
📁 Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili;
📁 Arxivshunoslik;
📁 Kimyo;
📁 Biologiya;
📁 Boshlang‘ich ta‘lim;
📁 Maktabgacha ta‘lim;
📁 Geografiya;
📁 Kompyuter injiniringi;
📁 Kompyuter injiniringi: AT-servis;
📁 Matematika;
📁 Matematika va informatika;
📁 Mexanika va matematik modellashtirish;
📁 Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
📁 Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
📁 Musiqa ta’limi;
📁 Pedagogika va psixologiya;
📁 Jismoniy madaniyat;
📁 Sport faoliyati (boks);
📁 Sport faoliyati (futbol);
📁 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
📁 Tarix;
📁 Texnologik ta’lim;
📁 Turizm.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥1🔥1🤩1😍1🐳1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 📺📺🟢“Andijon MTRK” telekanali orqali efirga uzatilgan “Andijon nafasi” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Andijon davlat universitetining Sport va madaniyat fakulteti talaba-qizlari ishtirok etdi. Ular sportning qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi muhim ahamiyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

📺📺 📺📺🟢В очередном выпуске передачи “Andijon nafasi”, транслировавшейся по телеканалу “Andijon MTRK”, приняли участие студентки факультета спорта и культуры Андижанского государственного университета. Они высказали свои мнения о важной роли спорта в формировании здорового образа жизни среди девушек.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1🔥1🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿🟢Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev talabalarning oliygohda egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil hayotda samarali qo‘llashga tayyorlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi o‘rni va mas’uliyatini chuqur anglashlariga ko‘maklashish maqsadida bitiruvchlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

📹 Jarayondan videolavha


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇷🇺🟢Ректор Андижанского государственного университета Бахтиёржон Акбаралиев встретился с выпускниками и провел открытый диалог с ними, чтобы подготовить студентов к эффективному применению теоретических знаний и практических навыков, полученных в университете, в самостоятельной жизни, помочь им ориентироваться на профессиональную деятельность и помочь им глубоко понять свою роль и ответственность на рынке труда.

📹
Видео с процесса


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3😍2❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
🟦🟦

“Raqamli avlod qizlari” tanlovining kuzgi mavsumi boshlanish arafasida!


Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

Yashil iqtisodiyot;
Sun’iy intellekt;
Iqlim o‘zgarishi;
Ta’lim.

Tanlovda ikki yosh toifasida — 16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida aniqlanadi.

✈️ Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta‘lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.

👉 Tanlovda qatnashish uchun qizlar.raqamliavlod.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

#Digital_Generation_Girls

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11


🇺🇿🟢Andijon davlat universiteti mas’ullari tomonidan dual ta’lim jarayonining samaradorligi o‘rganilmoqda

Andijon davlat universiteti Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi tomonidan dual ta’lim jarayonining oliy ta’lim muassasasi va korxona o‘rtasida kelishilgan, tasdiqlangan o‘quv rejasi hamda o‘quv jarayoni jadvali asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zosi Xusanboy Umarov talabalar bilan suhbat o‘tkazib, ularga dual ta’limning mazmun-mohiyati, uning talabalarning kasbiy va ijodiy qiziqishlarini rivojlantirishdagi roli hamda bitiruvchilarning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan samarali ishlashi uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarni egallashdagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirdi.

Mazkur o‘rganishlar dual ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish hamda ta’lim sifati va natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇷🇺🟢Ответственные лица Андижанского государственного университета изучают эффективность процесса дуального образования

Отдел организации образовательного процесса Андижанского государственного университета изучает на месте правильность организации дуального образовательного процесса на основе согласованного, утвержденного учебного плана и графика учебного процесса между высшим учебным заведением и предприятием.

В ходе изучения член рабочей группы Хусанбой Умаров провел беседу со студентами и подробно разъяснил им суть дуального образования, его роль в развитии профессиональных и творческих интересов студентов, а также значение приобретения выпускниками практических навыков и умений, необходимых для эффективной работы с современной техникой и технологиями.

Данные исследования служат дальнейшему совершенствованию системы дуального образования, гармонизации учебного процесса с производственной практикой, а также повышению качества и результативности образования.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥3🤩2🔥1😍1
🇺🇿🟢Talabalar yashayotgan ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda

Bugun, 14-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Talantbek Madumarov boshchiligida Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti mas’ullari tomonidan universitetga yaqin hududlarda ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar xonadon egalari va talabalarga kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish maqsadida puxta tayyorgarlik ko‘rish, texnika xavfsizligi talablariga to‘liq amal qilish hamda yashashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini atroflicha tushuntirdi.

Shuningdek, barcha xonadon egalari va talabalar hushyorlik hamda mas’uliyat bilan harakat qilishga chaqirildi. Ta’kidlandiki, mazkur masala talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni talofatsiz o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.


🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍🤍

🇷🇺🟢Продолжается изучение арендных квартир, где проживают студенты

Сегодня, 14 октября, под руководством первого проректора Андижанского государственного университета Талантбека Мадумарова, должностные лица факультета истории и социальных наук провели очередной мониторинг, направленный на изучение условий жизни студентов, проживающих в съемных квартирах в районах, близких к университету.

В ходе изучения ответственные лица подробно разъяснили владельцам квартир и студентам необходимость тщательной подготовки к безопасному проведению осенне-зимнего сезона, полного соблюдения требований техники безопасности и строгого соблюдения правил гигиены при проживании.

Также всех домовладельцев и студентов призвали действовать бдительно и ответственно. Отмечалось, что данный вопрос имеет важное значение для улучшения условий проживания студентов, тщательной подготовки к осенне-зимнему сезону и его проведения без потерь.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥2👍1
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 15-oktyabr, chorshanba.

🌏Butunjahon qoʻllarni yuvish kuni.

🇺🇳Butunjahon qishloq ayollari bayrami.
🇿🇲Belarussiya - Farmatsevtika va mikrobiologiya sanoati xodimlari kuni.
🇮🇳Hindiston - Talabalar kuni.

Tarixiy voqealar:

🗺1570-yil - Pxenyan shahriga asos solingan.
🎞1940-yil - AQShda Charli Chaplinning “Buyuk diktator” filmi chiqdi.
🏢1992-yil -Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochildi.
📚2002-yil - Misrda Aleksandr kutubxonasi ochildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨🏻‍🎨1814-yil 15-oktyabr - rus shoiri, nasr yozuvchisi, dramaturg va rassom Mixail Lermontov.
🤵🏻‍♂️1915-yil 15-oktyabr - bolalar adibi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir.
🤵🏻1916-yil 15-oktyabr - taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim.
🧑🏻‍🔬 1929-yil 15-oktyabr - mikrobiolog, immunolog olim, O‘zbekiston FA akademigi Abdurahim Obidov.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2❤‍🔥11👍11
2025/10/15 04:27:35
Back to Top
HTML Embed Code: